Demak, har qanday aylana uchun yuzani topish formulasi S = πr2, savolni javobini topish uchun radiusni aniqlab olish kerak.
Qoidaga ko'ra, ichki aylana chizish mumkin bo'lgan teng yonli trapetsiyaning yuzasi uning yon tomonining ichki chizilgan aylana radiusining ko'paytmasini ikkilanganiga (ikkiga ko'paytirilganiga) teng. Agar yon tomonlari AB = CD = c deb olinsa, unda trapetsiyani yuzasi quyidagi formula bo'yicha topiladi:
S = 2cr ; bu yerda S - yuza, c - yon tomon uzunligi, r - ichki aylana radiusi
Demak bu formula orqali radiusni topib olishimiz mumkin, radiusni x deb belgilab tenglama tuzamiz:
20dm2 = 2 * 5dm * x
20 = 10x
x = 2, ya'ni aylananing radiusi 2 dm, aylananing yuzi santimetrlarda so'ralgani uchun 2dm = 20sm qilib olamiz, so'ng aylana yuzasini topish formulasi bo'yicha:
S = 3,14 * 202 = 3,14 * 400 = 1256 sm2
Javob: 1256 sm2