AskInfo.uz - Maxfiylik siyosati

Maxfiylik siyosati

1. Umumiy qoidalar

1.1 Ushbu siyosat foydalanish shartlarining ajralmas qismi hisoblanadi va internetda https://askinfo.uz/maxfiylik-siyosati manzili bo'yicha saqlanadi

1.2 Foydalanish shartlarini qabul qilib, siz o'z ixtiyoringiz va o'z manfaatlaringizni ko'zlab Shaxsiy ma'lumotlarni quyidagi usullarda qayta ishlashga rozilik berasiz: yig'ish, yozib olish, tizimlash, saqlash, aniqlik kiritish (o'zgartirish va yangilash), ko'rish, ishlatish, uzatish (tarqatish, taqdim etish), bloklash, o'chirish, foydalanish shartlarida ko'rsatilgan va ko'rsatilmagan sabablarga ko'ra o'chirish.

2. Shaxsiy ma'lumotlar

2.1 Shaxsiy ma'lumot deyilganda mazkur Siyosatda quyidagilar tushuniladi:

  • 2.1.1.Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tish vaqti va saytdan foydalanish davomida o'zi haqida kiritgan ma'lumotlar.
  • 2.1.2. Dasturiy ta'minot sozamalariga ko'ra avtomatik tarzda yuboriladigan ma'lumotlar.

2.2 Sayt Foydalanuvchi Shaxsiy ma'lumotlari tarkibiga talablar qo'yish huquqiga ega, ular saytdan to'laqonli foydalanish uchun to'g'ri taqdim etilishi kerak. Agar so'raluvchi ma'lumot Sayt tomonidan majburiy deb belgilangan bo'lmasa, foydalanuvchi uni ko'rsatishi-ko'rsatmasligi o'zining xohishiga bog'liq.

2.3 Ro'yxatdan o'tish chog'ida foydalanuvchi ismi (login), elektron pochta manzili va parol kiritilishi majburiy talab etiladi. Ro'yxatdan o'tish yakunlangach, saytda foydalanuvchi akkaunti yaratiladi.

2.4 Foydalanuvchi o'z xohishiga binoan shaxsiy akkauntni to'ldirish uchun quyidagi shaxsiy ma'lumotlarni kiritishi mumkin: ism-familiyasi, yoshi, joylashuv viloyati, ixtisosligi, o'zi haqida boshqa ma'lumotlar. Kiritgandan so'ng, foydalanuvchi bu ma'lumotlar cheklanmagan shaxslar doirasiga oshkora etilishi bilan rozi bo'ladi

2.5 Sayt administratorlari foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumotlarning ishonchli ekanligini va uni kiritish huquqiga ega ekanligini tekshirmaydi, bunda foydalanuvchining insofli, to'g'ri yo'l tutishiga umid qilinadi

2.6 Foydalanuvchi saytda uchinchi shaxslarning dasturiy ta'minoti o'rnatilishini anglab yetadi va qabul qiladi, buning natijasida foydalanuvchilar 2.1.2 punktda ko'rsatilgan ma'lumotlarni ko'rinmas tarzda qabul qilishi va yuborishi mumkin.

Nazarda tutilgan uchinchi shaxslarning dasturiy ta'minotiga quyidagilar kiradi:

  • Tashriflar statistikasini yig'ish tizimlari: Google Analytics, LiveInternet;
  • Ba'zi reklama tizimlari.
Bunday ma'lumotlarni yig'ish shartlari va tarkibi bevosita uchinchi shaxslarning huquq egalari tomonidan belgilanadi va quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
  • brauzer ma'lumotlari (turi, versiyasi, cookie);
  • operatsion tizim ma'lumotlari (turi, versiyasi, ekran o'lchamlari);
  • so'rov ma'lumotlari (vaqti, so'rov manbai, turi, IP manzil);

2.7 Sayt foydalanuvchining saytdan foydalanish davomida uchinchi shaxslar tomonidan olingan shaxsiy ma'lumotlari ishlatilishi tartibi uchun javobgar hisoblanmaydi.

3. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari

3.1 Sayt ma'lumotlarni qayta ishlash, jumladan yig'ish va saqlashi maqsadlari foydalanuvchi bilan kelishuv tuzish va amalga oshirish, oshkora ma'lumotlarni esa foydalanuvchi haqida boshqalarda to'laroq tushuncha hosil bo'lishi kerakligidir

3.2 Sayt Shaxsiy ma'lumotlarni quyidagi maqsadlarda ishlatishga haqli:

  • 3.2.1 Foydalanuvchi profilini yaratish va ko'rsatish bo'yicha funktsional imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish. Foydalanuvchi kiritgan oshkora ma'lumotlar foydalanuvchi profilida barchaga aks ettiriladi;
  • 3.2.2. Foydalanuvchilar 2.5 punktga ko'ra saytda qancha vaqt sarflashganini, qaysi sahifalarni ko'proq ko'rganini bilish uchun;
  • 3.2.3. Qonunchilik talablarini bajarish uchun

4. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishga talablar

4.1 Sayt foydalanuvchilarning Shaxsi ma'lumotlarini saqlaydi va uning noqonuniy tarqatilishi va taqdim etilishidan ichki qonunlar va reglamentga muvofiq himoyalaydi.

4.2 Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotlariga nisbatan maxfiylik saqlanib qoladi, bunda mazkur Siyosatning 2.4 punktida ko'rsatilgan oshkora ma'lumotlar va saytning funktsionali ma'lumotlar oshkora ravishda saqlanishi nazarda tutilgan holatlar istisno sanaladi.

4.3 Sayt quyidagi hollarda Shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish huquqiga ega:

  • 4.3.1. Foydalanuvchi bunday amallarga o'z roziligini bildirsa, jumladan sayt sozlamalarida.
  • 4.3.2. Foydalanuvchi saytning funktsional imkoniyatlaridan foydanalishi uchun taqdim etilishi kerakli bo'lsa.
  • 4.3.3. Saytni boshqa shaxsga egalik qilish, boshqarishga yoki mulki qilib topshirishda.
  • 4.3.4. Qonunchilik doirasida sud talabi yoki boshqa vakolatli davlat organlari talabiga ko'ra.
  • 4.3.5 Foydalanuvchi bilan tuzilgan kelishuvlarning buzilishi holatida Saytning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun.

5. Shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish

5.1 Foydalanuvchi istalgan vaqtida shaxsiy kabinetida mustaqil ravishda ro'yxatdan o'tish chog'ida ko'rsatilgan Shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish huquqiga ega.

5.2 Foydalanuvchilar o'z profillarini o'chirib tashlashlari istagida bo'lishsa, sayt administratorlariga saytda mavjud bo'lgan qayta aloqa shakli yoki kontaktlar orqali bunday so'rov bayon etilgan maktub yo'llashlari talab etiladi.

5.3 Xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va sayt xavfsizligini ta'minlash maqsadida sayt foydalanuvchilar saytdan foydalanish doirasida bajargan amallari saqlanuvchi log-fayllarni 1 (bir) yil davomida saqlash huquqiga ega.

6. Maxfiylik siyosatiga o'zgartirish kiritish

6.1 Mazkur Siyosat Sayt tomonidan foydalanuvchilarni ogohlantirmagan holda bir tomonlama tartibda o'zgartirilishi yoki o'chirib tashlanishi mumkin. Siyosatning yangi nashri saytda chop etilgan muddatdan boshlab kuchga kiradi.

...