“Elektrhisob” dasturiy kompleksining asosiy afzalligi shundaki, elektr energiyasi iste'molchilari uchun to’g’ridan-to’g’ri mobil telefonlari (SMS-xabar) va Internet tizimi (iste'molchi “Shaхsiy kabineti”) orqali elektr energiyasi iste'moli haqida barcha kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyatlari yaratilgan.
Iste'molchi mobil telefon raqamini dasturga biriktirishi uchun elektr ta'minoti korhonasiga murojaat etishi va to’lov tizimi orqali to’lovlar amalga oshirilishi jarayonida yoki hududga xizmat ko’rsatuvchi agent tomonidan SMS-xabar yuborilishi orqali amalga oshiriladi. Hozirda maishiy iste'molchilar uchun www.uzbekenergo.uz rasmiy veb-sayti orqali shaxsiy kabinetga kirish jarayonida telefon raqamini ro’yxatdan o’tkazish imkoniyati ham yaratilgan.
Mobil telefon raqamlari “Elektrhisob” dasturida ro’yxatdan o’tkazilishi natijasida iste'molchi mobil telefon orqali tushgan to’lovlar, kiritilgan hisoblagich ko’rsatgichlari, hamda hisob raqami holati haqidagi qisqa ma'lumotlarni ko’rish imkoniyati mavjud. Buning uchun iste'molchi 2100 qisqa raqamga «R» harfini jo’natish orqali shaxsiy kabinetga kirish uchun login va parol oladi, hamda «D» harfi yuborilishi orqali balans holati haqida ma'lumotni ko’radi.
Eng asosiysi 2100 qisqa raqamga yuborilgan barcha SMS so’rovlar va javob xabarlari uchun iste'molchilardan to’lov yechib olinmaydi.