1 yosh ekanku, shu ham gap bo'ldiyu. Kamida 10 kishini bilaman o'zidan 1 yosh kattani yoqtirib qolish u yoqda tursin uylanvorgan ham. Qizlar ko'p oshkorlik qilmaydi deydiyu, lekin u ham sizni yoqtirsa baribir bir-ikkita "signallar" beradi. Messenjerlarda yozishib ko'ring, agar har kuni yozgan xabarga javob bersa demak befarq emassiz, agar gapni qisqa qilib, ha-yo'q deb qo'ysa yoki harakat qilish kerak unga erishish uchun, yoki hoyu-havasni yig'ishtirib, salgina realist bo'lish.