1xbet haqida tushuncha: bukmekerlar haqida to'liq ma'lumot

0
7.9K
Biznes va moliya 0 1
1xbet haqida tushuncha: bukmekerlar haqida to'liq ma'lumot

1 Javob

0
0

Juda bo'lmag'ur o'yin. Birinchidan xarom (shuni o'zi yetarli bo'lmaganlar uchun bitta telegram kanaldan "uxlatilgan" postni taqdim etaman)

«Swipe qil va pul ishla», «siz pul yutib oldingiz», «ставки на спорт? —1xbet!» kabi Instagramda video-reklama yoki internet bannerlarni ko’rgansiz. «Ichida puli bor Qiwi hamyon sotib ol» degan reklamani ko’rib kulaverib charchab ketdim. Hullas, bugun internet firibgarlari haqida gapirib bermoqchiman.

l. «Stavka», kapperlar(yohud «swipe qil va pul ishla»)

Maqola nomiga qarab pul tikishlar va kapperlar haqida bir zumda hulosa chiqarish mumkin

image

FAQAT QOPQONDA

Pul tikishlarni bukmekerlar qabul qiladi. Mashhur bukmerker kompaniya — «1 iks bet»(1xbet)

Va shu yerda eng muhim savolga javob bermoqchiman:

«Stavkalarda» pul ishlash mumkinmi? —Yo’q!

E’tibor bering — «pul ishlash» yani doimiy ravishda va doimiy daromad manbaiga aylantirish. Agarda omadingiz kelib yutuq ortidan yutuq bo’lgan taqdirda ham — bukmeker sizning hisob raqamingizni cheklab qo’yishi yoki umuman akkauntingizni bloklanishi mumkin(«ban». Bu yerda mashhur jumlani eslatib o’tish joyiz:

—Hech qaysi kazino o’zlariga zarar yetkazmaydi

Kazinoni bukmekerlarga qanaqa aloqasi bor deysizmi? Pul tikishning o’zi — bu kazino va yutasizmi yoki yo’q — siz aniq bilmaysiz. Faqat tahmin va tahmin.

Ha, to’g’ri. Pul tikib ancha-muncha yutib olganlar bor. Va bu soha — azartdir. Inson psixologiya va xarakteri turlicha bo’lishini inobatga olsak, kimdir o’zini vaqtida to’xtatib biladi kimdir esa o’zini tutib turolmaydi. U yanada ko’proq yutishni istaydi va natijada boridan ayiriladi.

Kimdir «1xbetdan falon pul yutubdi» degan xabarlarni ham eshitgan chiqarsiz. Yutgan bo’lsa yutgandir. Lekin yutgan puli yutqazganidan kam bo’lsa — bu yutuqmas.

KAPPERLAR

«Чистый» firibgar va afiristlar — bu kapperlar.

Kapper — pul tikishlar bo’yicha analitik va ekspert(xa-xa, shunchaki p)

Ha. Aynan o’sha Instagramda pullari va mashinalarini maqtab chiqgan va «svayp qilib meni Telegram kanalimga o’t va men bilan pul ishla» degan kapperlar. Bukmekerlarni «o’marishni» va’da qilgan kimsa. Va mening 3 savolim bor:

  1. Nega u bukmekerni aldab pul ishlash yo’lini bilsa, tinchgina o’tirib o’zi ishlayvermaydi?
  2. Nima qiladi u sizga «100000% o’tadigan stavkalarni» sotib? O’zi bor pulini tikib — «Forbes» jurnalining eng boy odamlar ro’yahtining birinchi o’rniga chiqmaydi?
  3. Agar u o’sha «stavkalarni» ommaga tarqatsa — buni ko’rgan bukmeker zudlik bilan olidni oladi. Chunki:

image

Eslab qoling! Faqat qopqonda

Javob oddiy — firibgarlik(«мошенник, мошенничество»).

Qayerdan oladi ular bu gaplarni? Pul ishlash sxemasini sotish? Qo’ysangizchi! Men agar yangi ficha topsam — hech kimga aytgim kelmasdi(t.me/fichauz ochilishidan avval), chunki o’zimcha «hacker; кулхацкер» bo’lib yurgim kelardi.

Bular esa pul ishlash sxemasini oshkor qilmoqchi? Nima bo’lgan taqdirda ham, kapperlar — firibgarlar! Buni aksi isbotlanmagancha men o’z fikrimni o’zgartirmayman va sizga maslahatim: «stavka» qilmang va umuman kapperlarga ishonmang.

Qiziqarli mini-hikoya:

Instagramda reklama ko’rdim. U yerda aytilishicha, siz 500 rubl to’lasangiz — ichida 5000 rubl bor Qiwi hamyon berisharkan. Men to’g’ri «lichkasiga» yozdim: "—Ты мошенник!" deb («—Sen firibgarsan!») va «menejer»(firibgar) meni so’kib-so’kib bloklab qo’ydi.

O'xshash savollar

0
0 ta javob 336
Inomjon so'radi 12 Dekabr, 21 Biznes va moliya
0
2 ta javob 32.2K
+1
2 ta javob 494
Maga so'radi 21 Sentyabr, 18 Sport
...