Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 1

Anonim
7 yil avval
Eng yaxshi javob

Dunyoda dastlab mikrofonlar ko'mir asosida ishlagan. Ko'mir sterjenlarda ishlaydigan birinchi mikrofon amerikalik ixtirochi Emil Berliner tomonidan 1877-yilda yaratilgan. Bir yil o'tgach, 1878-yilda boshqa amerikalik ixtirochi Devid Edvard Xyuz o'z vatandoshining qurilmasini biroz o'zgartirib, o'tkir ko'mir sterjenning bir uchiga membrana o'rnatdi.

Bir necha yil o'tgach, buyuk Tomas Edison Xyuz qurilmasini yanada yaxshilab, sterjen o'rniga kukundan foydalandi. Aynan ko'mir kukunli mikrofonlar hozirda ham analog telefonlarda ishlatilib kelmoqda.

Tomas Edisondan keyin injenerlar 25 yil davomida ko'mirli mikrofonni yaxshiroq qilib, boshqa, yanada yaxshiroq ishlaydigan ixtirolar qilishdan to'xtab qolishdi.

Faqatgina 1916-yilga kelib amerikaning Bell Labs kompaniyasi muhandisi Eduard Bente kondensatorli mikrofon ixtiro qilishga muvaffaq bo'ldi. 20-yillarning boshiga kelib esa yaponiyalik olim va muhandis Yoguti shunga o'xshash bo'lgan elktret mikrofon yaratdi. Bu orada nemis va rus olimlari ham bir-biridan farq qiladigan ixtirolar qilishgan.

1931-yilda amerikalik muhandislar Albert Teres va yuqorida tilga olingan Eduard Bente katushkali dinamik mikrofon yaratishdi. Bugungi kundagi mikrofonlar texnologiyasi aynan shu tarzda tuzilgan, ularning sifat ko'rsatkichi qolganlaridan ancha yaxshi hisoblanadi.

1
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 7 yil avval
QAYERDA, QAYSI DAVLATDA degan savolga javob berilmadiku
Anonim 7 yil avval
@:) Amerikalik muhandis ixtiro qilgan deyilgan bo'lsa amerikada ixtiro qilingandirda
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar