Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari

+1
1.7K
Salomatlik va tibbiyot 1 1
Xotira nega pasayadi, ikkinchi kursda o'qiyman, lekin kitob o'qisam, umuman esda qolmaydi, qo'ygan narsalarni joyini ham eslolmayman. Shu sababli bitta mavzuni 5 martalab qayta-qayta o'qishga to'g'ri keladi. Bir do'stim esa dars boshlanishidan oldin kanspektni o'qib oladi, kamiga ikki haftadan keyin ham shu mavzuni qiynalmay aytadi, sababini so'rasam, gen deydi. Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish mumkin yoki gen bo'lsa, umuman foydasi yo'qmi?

1 Javob

+2
 
Eng yaxshi javob
2

Xotira pasayishi sabablari

  • Jismoniy va aqliy zo’riqish.
  • Haddan ortiq ko‘p aqliy mehnat qilish, charchoq.
  • Surunkali uyqusizlik.
  • Surunkali stress.
  • Kuchli stressni boshdan kechirish.
  • Tamaki mahsulotlari chekish.
  • Alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilish.
  • Narkotiklar qabul qilish.
  • Bosh miyadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar.
  • Insult.
  • Kalla suyagi jarohatlari (ochiq va yopiq).
  • Qalqonsimon bez kasalliklari.
  • Qon tomirlar kasalligi.
  • Yurak kasalliklari sababli miyada qon aylanishi buzilishi.
  • Muayyan dori preparatlarini qabul qilish.

Klimaks davri

Ayollarda hayz ko‘rishning butunlay to‘xtashi kuzatilayotgan bir davrda ayollar xotira funksiyasi va fikrni jamlash bilan bog‘liq talaygina muammolarni boshidan o‘tkazadi.

Gipertoniya

Qon bosimi yuqori bo‘lgan insonda, xotira pasayishi va ruhan og‘irlashish ehtimoli ko‘proq uchraydi.

Qandli diabet

Miyamizning anglash, tushunish, o‘rganish funksiyasini pasaytirishda mazkur kasallik yetakchilik qiladi. Bu holat, asosan, yoshi katta ayollar orasida ko‘proq uchraydi.

B12 vitamini yetishmasligi

Kunlik ovqat tarkibida yetarlicha B12 vitamini bo‘lmasa, xotira zo‘riqishlarni tez qabul qiladi.

Zaharlanish

Ba’zi zaharlovchi moddalar, inson miya funksiyasini susaytirib yuboradi.

Xotirani mustahkamlash uchun

  1. Ayollar uchun har hafta bir mil piyoda yurish xotiraning kuchayishini 13 foizga yaxshilaydi;
  2. Ovqatlanish tartibiga va ovqat tarkibiga e’tibor bering: inson miyasi tana og‘irligining atigi 2% ini tashkil qiladi, lekin qabul qilayotgan kislorod va ozuqalarining 20% ini iste’mol qiladi;
  3. Miya – tananing bir bo‘lagi. Shu bois, tanamiz uchun bajarayotgan jismoniy mashqlar miya faoliyati rivojlanishiga ham yaxshi yordam beradi.
  4. Miyani yangi g‘ayrat, faollik bilan harakatga undang O‘rganish orqali rivojlaning, zero miyamiz borligining sababi ham – yashab turgan muhitimizni o‘rganish, o‘zgartirish hisoblanadi;
  5. Miyangizni chetdagi odamlar fikrlari asosida emas, balki o‘z shaxsiy fikrlaringizga tayangan holda ishlating. Boshqalar fikri asosida qarorlar qabul qilish bora-bora miyani dangasa qilib qo‘yadi. Fikrlarni jamlab, tahlil qilish orqali so‘nggi xulosani faqat o‘zingiz chiqarishingiz lozim. Shu yo‘sinda o‘z miyangizni mashq qildirib borasiz;
  6. Yangiliklarga intiling. Tadqiqot olib borish, sayohat qilish, turar joyni o‘zgartirib turish foydali bo‘lib, insonni muhitga ko‘proq e’tibor berishga undaydi;
  7. Yangi til o‘rganishing. Olib borilgan izlanishlarga ko‘ra,, o‘z tilini ham yaxshi bilmaydiganlar yoki xorijiy tillarni bilmaydigan insonlar xotira susayishi kasaliga nisbatan ko‘proq duchor bo‘lishar ekan;
  8. Asabiylashish va xavotirlanish nafaqat nerv hujayralarini nobud qiladi, balki yangilarining yaralishiga to‘sqinlik qiladi. Miyadagi nerv hujayralarining qanchalik uzoq yashashi ulardan qanday foydalanishimizga bogliq. Kayfiyatingizni doimo yaxshi qilishga va jilmayib yurishga odatlaning.
  9. Hayotda zabt etishingiz mumkin bo‘lgan cho‘qqilarni tasavvur qiling, ilhomlantiruvchi, hissiyotlarni uyg‘otuvchi so‘zlar, nutqlarni tinglang, o‘qing. Maktab, kollej, oliy o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng ham izlanishda davom eting. Bunda yoshning ahamiyati yo‘q. Miyangiz rivojlanishda davom etayotgani sizning nima bajarayotganingizda yaqqol ko‘rinadi;
  10. Qolaversa, tabiatimizning o‘zi tabib: mayiz, yong‘oq, asal, sut mahsulotlari xotira pasayishiga davo sifatida e’tirof etiladi.
...