Barqaror ravishda vazn olib borish uchun taomnomaga quyidagi mahsulotlarni kiritish kerak:
- Tovuq go’shti, tuxumi;
- Dukkaklilar, donlar (jo’xori, bug’doy va boshqalar);
- Kartoshka;
- Baliqlar;
- Guruch, makaron;
- Sut va sut mahsulotlari;
- Barra meva va sabzavotlar (banan va uzum semirishda eng yaxshi yordamchi hisoblanadi).
Bir kunlik ovqatlanishni rejalashtirayotganda, ushbu ro’yxatdagi mahsulotlardan faqat bir yoki ikkitasida to’xtab qolmaslik kerak. Agar nonushta, tushlik va kechki ovqat faqat makaron yoki kartoshkadan iborat bo’lsa, bu oshqozon-ichak trakti va organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir qiladi. Taomnomani oqsillar, yog’lar va uglevodlarning to’g’ri nisbatini hisobga olingan holda tuzish talab etiladi.