Suhayl timsoliga tavsif

0
17.5K
Fan va ta'lim 0 1
7-sinf adabiyot darslikdan

1 Javob

+1
 
Eng yaxshi javob
1

Suhayl obraziga tavsif

Reja: 
1. Sab'ai sayyora sirlari
2. Suhayl obrazi tavsifi va uning tarbiyaviy ahamiyatlari
3. Alisher Navoiy – milliy iftixorimiz

"Xamsa" goʻyo ustma-ust qo'yilgan besh tog'! Har poyasi butun bir umrni qamraydi, Navoiy azamat hamlalar bilan hammasi boʻlib 2-3 yil ichida bu besh togʻning cho'qqisiga chiqdi. Navoiy hazratlarining buyukligi ham shunda. Biz 7-sinfda "Xamsa”ning bir boʻgʻini boʻlgan “Sab'ai Sayyor" dostoni bilan tanishdik. Agar Navoiy “Hayrat ul-abror”da ezgulikni, "Farhod va Shirin"da komil inson obrazini, “Layli va Majnun"da yaratganga boʻlgan ishqni, "Saddi Iskandariy"da namunali podshohni tarannum etgan boʻlsa, "Sab'ayi Sayyor"da aysh-ishratga berilgan podshoh saltanatining holi ne kechishini bayon etadj. Zero, Navoiyning shunday soʻzlari bor: "Shoh mast-u jahon xarob-u dushman pas-u pesh”, ya'ni podshoh mast boʻlsa, dunyo xarob bo'ladi, orqa-o'ngni dushman qoplaydi. Doston “Xamsa" dostonidagi boshqa dostonlardan sirliligi bilan farq qiladi. Chunki ushbu dostonning asosini "yettilik”lar tashkil etadi. Yetti eng sirli va sehrli raqam hisoblanadi: yetti jannat, yetti osmon, yetti umr, yetti hafta kuni, yetti sayyora... Olimlarning hisob-kitobiga ko'ra, dostonda yetti soni yuzga yaqin marta ishlatilgan va hatto ushbu dostonda Bahromshohga 7 iqlimdan kelgan 7 musofir 7 rangli 7 saroy. da 7 ta hikoyat aytib beradi, shulardan beshinchisi "Mehr va Suhayl" hikoyatidir.

Hikoyatda har bir zamonda bo'lgani kabi yovuzlik va yaxshilik obrazlari keltiriladi. Jobir yovuz qaroqchi obrazida, Suhayl esa mard, oriyatli, jasur yigit obrazida tavsiflanadi. Hikoyat umuman ilm-u hunar qudratini, mardlik va g'urur, oriyat tuyg'ularini yuksak darajaga ko'taradi, ezgulik, go'zallikni aks ettiradi. Undagi Suhayl tavsifi har bir yigitning idealidagi obraz bo'lib xizmat qilishi mumkin. Yomonlik jazo topishi, yaxshilik esa doimo mukofotlanishi har bir o'quvchi uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega. Albatta Jobir aqlli va kuchli, biroq uning xatosi u o'z qobiliyatlarini noto'g'ri ishlatishida. Biroq muhabbat, Jobir Mehrni ko'rganida paydo bo'lgan muhabbat kuchi shunday yovuzni ham qalbining tubida yotgan insoniylikni uyg'onishiga sabab bo'ladi va Jobir Mehrning odamlariga omonlik beradi. Shu o'rinda Suhaylning obrazi esa ham ezgu, ham qat'iyatlikni aks ettiradi. Jobir har qancha xiyla ishlatmasin Suhaylni yenga olmaydi. Suhayl o'z kuchi, bardoshi va matonati bilan Jobirni yengadi. Hikoyat orqali o'quvchilar Suhayl obrazi har bir narsaga osonlikcha erishib bo'lmasligini va jasorat ko'rsatish vaqti kelgan bo'lsa qo'rquvlarni chetga surish, taslim bo'lmaslikni o'rgatadi. Muddatidan oldin taslim bo'lish - g'alabani qo'ldan chiqishi muqarrarligidir. Shu sababli hech qachon taslim bo'lmaslik, har bir ishda oxirigacha kurashish kerakligini o'rganish kerak.  

Alisher Navoiy oʻzigacha bo'lgan badiiy adabiyotga yakun yasadi. Yangi bosqichni ta'minladi va turkiy adabiyotning kelajak rejasini tuzib ketdi. Navoiy oʻzbek adabiyotida, asosan, she'riyatda, ba'zan dostonlarda avval boʻlmagan, insonning qadri masalasi, xalq masalasi, ayol, adolat masalasi kabi mavzularni yuksak darajaga ko'tardi. U butun umri davomida adolat haqida yozdi. Shuning uchun ham u xalq nazarida adolat timsoliga aylandi. Navoiy har bir asarida oliy darajadagi mavzularni olga suradi. Navoiy ijodida ikkinchi darajali mavzular uchramaydi. Shu jumladan, u "Mehr va Suhayl” hikoyatida ham zohiriy va botiniy go'zallikni, oriyat tuyg'ularini yuksaklaydi.

Zoʻr chiqibdi bravo
Zo‘r menga yoqdi.
kotta kon rahmat zor
Zõr ekan rahmat kottakon
Æaaaaaaszzsszzcvjbvj

O'xshash savollar

+1
10 ta javob 38.6K
0
0 ta javob 1K
0
0 ta javob 591
Jony so'radi 24 Oktyabr, 21 Boshqa
0
0 ta javob 110
Malika so'radi 30 Sentyabr, 22 Fan va ta'lim
...