Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 6

Anonim
4 yil avval

Ravshan timsoliga tavsif murakkab rejali insho

Reja:

  1. Kirish. Ravshan dostoni haqida
  2. Asosiy qism
    1. Ravshan Go'ro'g'libek avlodi
    2. Ravshanning ishqi
    3. Ravshan - mard, botir yigit
  3. Xulosa. Dostondan olgan taasurotlarim

"Ravshan" dostoni badiiy jihatdan g'oyat pishiq ishqiy sarguzasht dostondir. Ushbu asarda otashin va samimiy muhabbat kuylanib, islomiy e'tiqod yo'lida sobit tura oladigan iymonli kishirlar madh qilinadi, ezgulik, mardlik va botirlik ulug'lanadi, zulm va zo'ravonlik, adolatsizlik qoralanadi. Asar folklorchi olim Hodi Zarif (1905-1972) tomonidan birinchi marta 1928-yilda Ergash Jumanbulbul o'g'li (1868-1937) so'zidan yozib olingan va 19410yilda nashr ettirilgan. Ergash shoir Ravshanni otasi Jambulbuldan, u esa ustozi Kichik Bo'rondan o'rgangan. "Ravshan" dostoni qofiyali narsning go'zal namunasidir. Deyarli har bir nasriy parcha qofiyali. Dostonning vazni ham o'ziga xos. She'riy qismi asosan, yetti sakkiz va o'n bir bo'g'inli, barmoq vaznida. Baxshi qahramonning ruhiy holati, his-hayajoni, voqea rivojining su'ratiga mos tasvir yo'sinini topadi. Suyukli xalq shoiri Ergash Jumanbulbul o'g'lining ulkan mehnati, iste'dodi hamda dostonni yozib olgan folklorchi va noshirlarning og'ir mehnati tufayli avlodlarga meros bo'lib qolgan. "Ravshan" dostoni kitobxonlarni mustahkam islomiy e'tiqod, chin va pokiza muhabbat, or-nomus, qahramonlik, ona yurt va xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalaydi. Dostonlarimizning asosiy qismi ishqiy sarguzashtlarga bag'ishlanganligi, o'zbek xalqi juda qadim zamonlardan buyon chin insoniy muhabbatni qadrlaganini ko'rsatadi. Dostonlar orasida "Go'ro'g'li" turkumi alohida o'rin tutadi. Bu turkum dostonlar - turkman, qozoq, qoraqalpoq, tatar, turk, ozarbayjon, tojik, arman, gurji xalqlari orasida ham mashhur. O'zbeklar orasida tarqalgan "Go'ro'g'li" dostonlarining o'zi yuztadan oshadi. 

 

Zulxumorni qo'lga kiritish maqsadida olis yo'lga yakka o'zi chiqqan Ravshan yoshligi, soddaligi tufayli osongina bandi etilib, zindonga tashlanadi. Ammo u qo'rqoqlik qilmaydi. Yigitlik sha'niga dog' tushirmaslikka intiladi. Qoraxon a'yonlarining dinini o'zgartirish haqidagi taklifini rad etib, o'z e'tiqodidan, dinidan kechmasligini aytadi. Muhabbat uchun chekilgan iztirob iymon yo'lidagi azobga aylanadi. Chin muhabbat egasi bo'lgan botir yigit o'limdan hayiqmaydi. Dostonda Ravshan tajribasizligi tufayli xatolar qilishi, aldanishi haqqoniy ko‘rsatiladi. Hasanxon — Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dongdor polvon. Zulxumor mayna orqali yo‘llagan maktubni olgan Hasanxon G‘irotda uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi. Hasanxon — Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dongdor polvon. Zulxumor mayna orqali yo‘llagan maktubni olgan Hasanxon G‘irotda uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi. Qoraxon lashkariga qarshi jangga kirgan Hasanxon chinakam qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi. Shirvonlik to‘rt og‘a-ini botirlar: Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklar ko‘magida Qoraxon qo‘shinini yengadi, o‘g‘lini o‘limdan qutqaradi. Qoraxon lashkariga qarshi jangga kirgan Hasanxon chinakam qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi.

1
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 4 yil avval
Ravshan dostoni
Anonim 4 yil avval
Insho uchun kotta rahmat
Anonim 4 yil avval
bu yerda 3 ta reja berigan. Ularning faqat 2 tasi bor.
Anonim 4 yil avval
Tashakkur. 3-rejaga ham yozvorin
Anonim 4 yil avval
Hayrli kech hammaga
Anonim 4 yil avval
Ravshan timsoliga tasnif mavzusidagi insho menga yoqdi yozib bergan odam uchun katta rahmat
Anonim 4 yil avval
Juda zor lekin 3rejaga ham yozvoting iltimos
Anonim 4 yil avval
Yozib bergan odamga kattakon rahmat
Anonim 4 yil avval
3chi rejani yozvorin iltmos
Anonim 4 yil avval
3-rejani chiqaring
Anonim 4 yil avval
Adabiyot kitobidan olingan narsa-ku bu .2-3marta yozib qõyishgan doston haqida degan joyda
Anonim 4 yil avval
3 xulosaniyam chiqaring iltimos
Anonim 4 yil avval
Ucinchi reja bõmidi siz õziz olgan tasurotiz haqida yozasiz @Vn
Anonim 4 yil avval
Ajoyib insho uchun rahmat
Anonim 4 yil avval
Inshoda hatoliklar bor ekan
Anonim 4 yil avval
Raxmat lekin xulosa yuq ekan
Anonim 4 yil avval
[email protected]@O bu yerda 3ta reja lekin 2ta abzats rejaga mos emasku
Anonim 4 yil avval
Zur gap yuq inshoga
Anonim 4 yil avval
Ravshan timsoliga kopro tavsif boganda yaxwi bolardi mayli lekin wunusigayam rahmat☺
Anonim 4 yil avval
Bu yerdagi barcha insho sorayotganlar yettinchi sinf bosa kere 7-sinf adabiyot kitobidan kochirilganku
Anonim 4 yil avval
Rahmat kottakon
Anonim 4 yil avval
@Amirbek Manam chunmadim kitobda munaqamasku
Anonim 4 yil avval
judayam chalkash
Anonim 4 yil avval
Boladi rahmat yaxshi
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
Rejalar qattan boshlanadi
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
Aka bu rejalarni joy joyiga qõyib yuboring iltimos sizdan
0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 4 yil avval
Yoqmadi vashe
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
3 reja yuqmi
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
Shundan boshqa insho yomi yana oxiri yakunlanmagana.
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
Bundan yaxshisini topolmadim
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar