Farhod va Shirin dostoni haqida insho

0
329K
Fan va ta'lim 0 11
Farhod va Shirin dostoni mavzusida insho kerak

11 ta javob

0
0

Farhod va Shirin murakkab rejali doston

Reja:

  1. Kirish
  2. Asosiy qism
    1. Dostonning hosil bo'lish tarixi
    2. Qahramonlar va obrazlar
    3. Farhod va Shirin dostoni mustaqillik yillarida
  3. Xulosa

A.Navoiyning  «Farhod  va  Shirin»  dostoni  jahon  klassik  adabiyotining muhabbat  bobida  yaratilgan  shoh  asarlaridan  biridir. Doston  ikki  beg`ubor yoshning  haroratli  sof  muhabbatini  kuylashga  bag`ishlangan  bo`lib,  unda odamiylik, insonparvarlik, tinchlik, do`stlik, obodonchilikka intilish kabi motivlar ana shu qudratli sevgi foxida yoritilgan.

 


1. «Farhod  va  Shirin»  asos  qilib  olingan  syujet  Sharq  adabiyotida  Navoiyga qadar ham mavjud edi. U dastlab afsona sifatida Sharq xalqlari tomonidan kuylab kelingan  bo`lsa,  keyinchalik  shoirlar  uchun  ilhom  manbaiga  aylandi.  «Xusrav  va Shirin»  nomi  bilan  Firdavsiy  «Shohnoma»sida  uchraydi.  Furdavsiydan  so`ng  bu mavzu Nizomiy Ganjaviy (1141-1202) tomonidan davr ruhiga moslashtirilib qayta qalamga  olindi.  Nizomiy  o`z  dostoniga  davrning  muhim  sotsial  masalalarini  asos qilib  oldi,  sevgi  va  muhabbat  bilan  bog`aiq  masalalarni  kiritib,  o`zining ilg`org`oyalarini  targ`ib  qildi.  Bu  hol  dostonning  muvaffaqiyatinigina  ta`minlab qolmay, Sharq adabiyoti dostonchiligida adabiy an`analarning keng rivoj topishiga ham sabab bo`ldi. Nizomiydan  keyin  Sharqning  buyuk  shoirlaridan  Xusrav  Dehlaviy  (1253- 1325)  ham  ana  shu  mavzuda  «Shirin  va  Xusrav»  dostonini  yaratib  «Xamsa» navislikning  keyingi  toraqqiyotiga  katta  hissa  qo`shdi.  Xusrav  Dehlaviy  o`z dostonida  Nizomiy  asarining  asosiy  syujeti  va  kompozitsion  qurilishini  saqlagan bo`lsa-da, ammo obrazlar talqini, tabiat tasviri masalalarida boshqacha yo`l tutgan. Shoir dostonida Nizomiy singari Shirin obrazini emas, balki Xusrav obrazini bosh o`ringa  quyib  tasvirlaydi.  Shuning  uchun  ham  turli  ijtimoiy  va  tariyxiy  sharoitda yaratilgan  bu  ikki  doston  o`z  davrining  badiiy  in`kosi  sifatida  jamiyat  hayotining muhim  masalalarini  aks  ettirgan.  Dostonlar  bir-birining  takrori  bo'lmay,  ikki mustaqil asar sifatida el o`rtasida katta shuhrat qozondi va barcha shoirlar uchun ilhom manbaiga aylandi. Alisher Navoiy ham ulug` ustozlarining adabiy an`anasini davom ettirib, o`z dostonini  yaratishga  kirishar ekan, avvalo  Sharq  xalqlarining  shu syujet bilan bog`liq yozma manbalarini chuqur o`rganadi, tariyxiy halq og`zaki ijodidan unumli foydalandi: 

Agarchi nazm dilkash bo`lsa masmu`,
Aning afsonasi ham bo`lsa matbu`. 
Butun jam` et nekin bo`lsa tavrix,
Boridin ista bu farxunda tarix. 

(Agar  she`r  jozibali,  yoqimli  bulsin  desang,  unga  asos  bulgan  afsona  ham tabga  muvofiq  kelsin  desang,  avvalo  tariyxiy  manbalarning  hammasini  yig`ib to`pla va ulardan bu saodatli tarix ma`nosini qidir). 

Shoir  ustozlarning  ijodlariga  katta  muhabbat,  samimiyat  bilan  qarab, ularning asarlariga yuqori baho berar ekan, ayrim nuqsonlarini ham aytib o`tadi. U salaflarining  o`z  dostonlari  uchun  zolim  engiltak,  ishqda  beqaror  Xusravni tanglaganliklariga tanqid ko`zi bilan qaraydi:

Rale chukkanlar ushbu jomdin roh,
Sarosar bo`ldilar Xusravga maddoh.
Ki mulki andoqu oyini mundoq,
Sinohi andoqu tamkini mundoq. 

(Kim  bu  qadahdan  may  ichgan  bo`lsa,  mamlakati  undoq,  rasm-rusmlari mundoq, qo`shini undog`i hayboti mundoq, deya boshdin oyoq Xusrav maqtovini qildilar).

2. Farhod va Shirin” dostoni syujeti esa XII bobdan Chin xoqoninig farzandsizligi va shahzoda Farhodning “ yo‘qlik xonasidan borliq gulshaniga kelgani” ta'rifi bilan boshlangan. Alisher Navoiy “ Farhod va Shirin” dostoni uchun tanlagan syujetda Farhodning Chindan, Shirinning Armaniyadan bo‘lishi - ijodiy niyat ijrosi uchun eng maqbul variantdir. Negaki, dostonning o‘zagi bo‘lmish “Ishqiy- qahramonlik “ syujet chizig‘ining Chin - Armaniya orasida kechishi yozuvchiga o‘zini o‘ylatgan muammolar tadqiqi uchun zarur voqealarni asarga olib kirish imkonini yaratdi. Chin mamlakatining shohi o‘g‘il farzand ko‘rganligi uchun xalqqa ehson qilib,bir necha kun bayram qiladi.Xalq uch yil soliq to‘lashdan ozod qilinadi.Podsho farzandiga yaxshi ism qo‘moqchi bo‘ladi. Bolaning yuzida “farri shohiy” ,ya’ni shohlik nuri porlab turardi.Bu nur soyasi ostida esa himmat, iqbol hamda davlat o‘rin olgan edi.Shoh ”far” so‘ziga himmat,iqbol va davlat so‘zlarini bosh harflarini qo‘shgan edi, Farhod ismi hosil bo‘ldi. Chaqaloqni pokiza zotini ko‘rgan ishq ham unga Farhod ismini qo‘ygan va uni firoq, rashk, hajr, oh va dard so‘zlarini bosh harflarini tanlagan edi. Badiy asar syujeti badiiy shakilning eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, asarda bir biriga uzviy bog‘liq holda kechadigan, qahramonlarning xati- harakatidan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Jumladan, Farhodning Iskandar ko‘zgu tilsimini yechishga ishtiyoqi, Yunon mamlakatiga lashkar tortib borishi, ajdarho va Ahiraman dev bilan jangi kabi voqealar asarga hech bir zo‘rakiliksiz, o‘quvchi xayolini band etgan Farhod-Shirin linyasiga uzviy bog‘langan holda olib kiradi va muhimi, ular shoirga vatanparvarlik, adolatparvarlik, xalqlar hamdo‘stligi muammolarini atroflicha badiiy tadqiq qilish, fikrlarni ifodalash imkonini yaratdi. Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhodning Shiringa va Shirinning Farhodga yozgan maktublarida Nizomiy va Dehlaviy dostonidagi noma an’analarini davom ettirgan.“Farhod va Shirin” dostoni o‘zining tuzilishi, obrazlari, badiiy xususiyatlari jihatndan shu janrdagi yangi original asardir. Chunki Navoiyga qadar bunday xarakterdagi boshqa asarlar bo‘lmagan. Navoiyning asari oshiq va ma’shuqalarning o‘zaro sevgi-muhabbatlari mavzuidagi yozishmalari — nomalaridan tuzilgan o‘ziga xos g‘oyaviy-badiiy mundarijaga ega bo‘lgan asardir. Ishq mavzusida yozilgan dost

3. Mustaqillik yaratgan yangicha hayot va sharoitda yosh avlodlar o‘z o‘rnini topishi va yangicha zamon, asrlarida ifodalangan g‘oyalarni tushunib, hayotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy 1484 yilda “Farhod va Shirin” dostonini yozdi. Navoiy bu dostonda Farhod va Shirinning sarguzashtlarini talablariga javob beradigan tafakkur va salohiyatga ega bo‘lishlari uchun Alisher Navoiy ijodini o‘rganish hikoya qilishda o‘zining gumanizm, xalqparvarlik, xalqlar do‘stligi, vatanparvarlik, tinchlik, obodonchilik, mehnatsevarlik, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini va ideallarini zo‘r badiiy san’atkorlik bilan ifodaladi. Farhod va Shirin obrazi “Xamsa”ning monumental obrazlari sifatida gavdalanadi. Dostonda XV asr hayotining qator real lavhalari tasvirlanadi va xalqning tinch-farovon hayotga, obodonchilikka bo‘lgan intilishlari ilgari suriladi. “Farhod va Shirin”ning keng tarqalib, xalqning sevimli dostoni bo‘lishiga sabab ham mana shunda. Asardagi tasavvufiy g‘oya, insoniylik mohiyati haqidagi qarashlar go‘zal badiiy libosda berilgan.Bu badiiylikni ta’minlagan muhim omillardan biri, dostondagi badiiy-tasviriy vositalardir. Adabiyotni ma’naviyat xazinasi deb ta’riflashadi. Darhaqiqat, uning bag‘rida hozirga qadar insoniyat ardoqlab kelayotgan eng tansiq hislar, latif tuyg‘ular – insonparvarlik, adolat, shafqat, o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik mehr va muruvvat, sevgi va muhabbat, go‘zallikka tashnalik singari o‘lmas insoniy tuyg‘ular jamuljamdir.

Xulosa:

Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostoni nafaqat muhabbat qissasi, balki chuqur falsafiy-axloqiy g'oyalar majmuasidir. Asar orqali shoir komil inson tarbiyasi, adolatli jamiyat barpo etish, ilm-ma'rifat va hunarmandlikni ulug'lash kabi umuminsoniy g'oyalarni ilgari surgan. Doston yaratilganiga besh asrdan ortiq vaqt o'tgan bo'lsa-da, unda ko'tarilgan masalalar bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

Asarning zamonaviy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo'ladi:

  1. Yoshlar tarbiyasida muhim manba sifatida xizmat qiladi
  2. Milliy adabiyotimizning eng yaxshi namunasi bo'lib xizmat qilmoqda
  3. Umuminsoniy qadriyatlarni targ'ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi
  4. Zamonaviy adabiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatib kelmoqda

"Farhod va Shirin" dostoni nafaqat o'zbek adabiyoti, balki jahon adabiyotining ham nodir durdonalaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Unda ilgari surilgan insonparvarlik, ma'rifatparvarlik, mehnat va ilm-fanga muhabbat, adolat va ezgulik g'oyalari bugungi kunda ham o'z dolzarbligini saqlab qolmoqda.

Menga yoqdi. Iltimos yana mashunaqa insholardan tez-tez yozib turing
Yana shunaqa insholarni tawlab qo'yinglar
Zo'r chiqipti. Boshqa mavzularga ham insho yozip turinglar
Holosa qani yozgandan keyin ohrigacha yozinda
Insho ajoyibu xulosasi yoqligi yomon bopti
@Anonim  9 chi sinfmasmisan
Xulosani ham yozib chiqingsizlar iltimos
Juda yaxshi yana boshqa mavzularda insonlar tashlasa zor bo'lardi ✊✊✊✊
2- maktabdan xich km yozmadimi iwqilib men yozyappan
rahmat uchqara  32 maktab 9b sinfdan xulosasi yo'qakan faqat
farhod va shirin dostoniga tavsif kk
@Ronaldo 2-maktab 9v
Katta rahmat  19 qishloģidan 9ci maktabning 9 ci sinfdan    R M  yozdi boshqala yozmangla
Rahmat Xulosani yam yozvorilar
Vapshi zoʻr rahmat 9 ,,B'' sinf 16 maktab QOʻQONDAN
Yaxshi ekan lekn kôp ekan yozolmadm
Its very easy essay because it is little
Yaxshi ammo tòliq emas iloji bosa xulosani ham yozing
@Anonim 16 maktab 9 -a sinf buxoro
thank you very much
@Anonim it is beatiful
Kirish
1 Hamsachilik tarixi
Asosiy qism
1 Farhod ilohiy ishq timsoli
2 Shirin sharq ayollari timsoli
3 Dostondagi boshqa obrazlar
  Hulosa
Salom inshongiz juda yoqdi..
insho yaxshi yozilgan elan raxmat
Insho Juda  yaxshi chiqbdi. Iltimos menga shirin timsoliga tavsif kerak yozvorila
@Guli♡ ha mengayam yoqdi
insho aniq va mazmunli yozilgan.
1.hamsachilik tarixi
2.farhodning onadan ishq bilan tug'ilishi
3.shirin shijoatkorligi
mangayam yoqdi rahamat
Juda chiroyli
Rahmat ishimni osonlashtirib berdingiz. Faqat bazi joylarida imlo hatolar bor ekan. Boshqa safar shuni ham inobatga oling.
Eeeee xulosa yoq ekan kotlar
Insho yaxshi ekan rahmat
@Anonim Beaql odam ekansan. Shuncha mehnatiga
ham ,senday noshukrli qiladiganlar ham bor ekan.Bu dunyoda
Katta rahmat juda ham yordam berdi. Rozi bo'ling
@Malak  Juda ham zôr Chiqibti  Kittanning raxmat
Yaxshi raxmat xulosani yozib quysaz yaxshi bulardi sizga kottakon rahmat ishingizga omad qoʻlingizga daromad yaqinlaringizga quvonch shukuhi tilayman.
Menga juda ham yoqdi charchamanglar
Katta raxmat. Menga ham juda yoqdi
Menga yoqdi juda ham zõr chiqibdi
Rahmat, zo'r chiqibdi.Lekin biroz imloviy xatolar bor ekan.
Juda kata yordami tegdi umriladan baraka topila! Kottakon rahmat!!!
Rahmat yaxshi ekan
Umuman bo'lmaydi.
Yordami degmadi
Yoqmadi kitobiy tilda yozilmagani yoqmi
Umuman bo'lmaydi. Hecham foydasi tegmadi. Eng avvalo rejalarini o'zgartirish kerak. Keyin esa imloviy xatolarni
Men yoqtirgan gʻazal haqida insho kerak (mavzusi Ogahiyniy gʻazallari haqida)
zo'r ekan ishlariga omad bersin
Alloh rozi bolsin. Kotta yordami tegdi
Menga yoqdi lekin rejada qahramonlari deyilgande keyin  faqat Farhodni õzini yozgan menimcha barcha qahramonlarni kengroq yoritsa bolardi
Zo'r chiqibdi
Assalomu alaykum bu maqola qilib chiqarilganmi?
Hulsan yozb bersayiz bõlardi
Xulasa yozib berilar
Juda zor gap yu
Juda yaxshi ma'noli yozilibdi
Juda yaxshi. Lekin ko'p xatolari bor ekan.  Xulasasini yozib qoysaylar yaxshi bo'lardi.
Insho juda ham zor yozilgan.
@Anonim Narmaniy yozilibdi.  Xulosa. Bosa yanada zor board.
Narmaniy yozilibdi.  Xulosa. Bosa yanada zor bolardi.
@Venom_uzb1
Why? I think this essay is very meaningful and useful.
Juda zo'r yozilgan ekan
Zoʻrakan Xulosasiyam boʻganda undanam zoʻr boʻlardi
Insonga gap yõq xulosa bõlsa yomon bõlmasdi raxmat silaga
Juda yaxshi insho ekan raxmat kottakon
Rahmat sizga
Raxmat katta judayam katta yordamlariz tegdida
Raxmat yaxwi inwo ciqipti katta yordamz tegdii
Xulosasi qani bu asarni
Zur eka rahmat
Assalomu aleykum insho Juda yahshi chiqipdi .Katta rahmst
Katta  rahmat
Xulosaniyam yozib qo‘ysa o‘lamikina
Katta rahmat menga juda yoqdi. Xulosani ham yozishsa yaxshi bolardi, lekin.

Zor lekin insho
Shiringa tavsif yoqmi murakkab rejada
insho judazõr
Örtacha yaxshi yozilgan ekan
Rahmat kattakon
Yaxshi ekan kattakon rahmat
Juda zor akan ajayb gap yuq yaxw yozilgan akan
Insho zõr yozilgan.Katta rahmat.
Rahmat kattakon zo'r insho chiqibdi
Kattakon rahmat sizga
Kattakon rahmat
Manga Fargo va shirin dostoni haqida insh veja kerak
Rahmat rosa yaxshi insho
Zo'r insho raxmat kottakon xulosayam boganda yaxshi bolardi.
Xulosasi bolganda yaxshi bolardi
Insho juda ham mazmunli boʻlibdi raxmat
Rahmat kottakon
Assalomu aleykum insho juda yoqdi lekin kamchilik tomoni hamasi br manoda kelyapti iloji bosa kamro mazmunli yozing ishlarizga omat
Insho sizdan hulosa bizdan raxmat
Manga juda yoqdi
Maladsi yaxshi incho manga ancha yordam berdi❤️
Zõr ekan rahmat
Insho juda ham yaxshi
Manga juda yoqdi mnga ham yordam berdi❤❤❤❤❤
Salom. Men shu inshoni yozib 5 baho oldim .
Rahmat .
 Kanalingiz bundanam yahshi rivijlansin. ❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
@DILFUZA oʻziz fikrlab yozmandszu
otasiga raxmat õziga ham  katta foyda berdi raxmat 5 baho oldim gap bõlishi mumkin emas
@777  raxmat  menga foydasi tegdi ❤
Bularni hammasi kitobiy gaplaru qisqaca bulsn mazmunli buliwi kk ed
Salom inshoingiz juda ham zoʻr ekan omad tilayman
Man hulosa yozb bumadm
Raxmat juda zor ekan qisqa va chunarli
Rahmat mengaham katta foydasi tegdi rahmat❤️
@Anonim ha shunqa ekan ham juda kupu
Kottakon raxmat manga rosa foydasi tegdi insho yozvotganimda
Abdulloh @Anonim
Xulosa qani!!!!!!
@Ano rahmat menga kotta yordami tegdi
Raxmat slaga
kechirasiz iltimos menga xulosa ham kerak edi.
Iltimos maktab o'quvchilariga yozib berilar to'liq qilib
@Mister qani
Shirin obraziga joy korsatvorilaaar
Juda chiroyli bayon etilgan deb óylaymann
Vaa menga juda yoqdi Omadilani bersn
Hech bólmaganda shunisini ózingiz yozingda ee
Juda yaxshi yozilbdi manga yotadi
Menga Farxod timsolida oʻzbek yigitlariga xos fazilatlar kerak
Shuncha narsani yozibsizla malades oxrida xulasani yozmabsilaru
shiring obraziga tavsif
ha yahshichidasa bo'ladi ajoyib desayam ozgina ko'p emas lekin azizlarim lekinmanga yoqti bu chunki man 9chi sinfman manga bu insho kerag edi
Zoʻr alo darajada
Kottakon RAHMAT
Hulosani yozavering
@MGMG Juda zo'r ciqibdi. Menga juda katta yordam berdi insho yozishimda  Ishilarga omad ✊Boshqalarini bundan ham zo'r ciqarilar
rahmat kattaaaaaaa
Juda zor omadilani bersin❤️ yana kopro chiqarb turila
Vapwe zór yozipsla raxmat mayl end xulosa I kiriwni ozimz yozamz
Bu insho umuman bumaydi rejalari ham to'g'ri kemagan
Raxmat shunaqa katta yordam qilganlarga
Juda zoʼr lekin imloviy hatolar koʼp
Raxmat juda zo'r
Judayam zur ✊✊✊✊
Shirin obrazini yoritib beringla
@Anonim mangayam  yoqti  shunaqa insholardan  yana kutub  qolaman
0
0

1. Kirish

Xamsachilik tarixi

2. Asosiy qism 

Farhodning onadan ishq bilan tugʻilishi

Farhodning mardligi

Shirin -arman malikasi

Shirin shijoatkor qiz

Juda yoqdi kattokon raxmat
Farhod onadan ishq bilan tugilishi
@Asdfghj ishoni sodda gaplardan yozilgan shakli yuqmi
Kottakon raxmat ancha malumotga ega boldik  raxmat
Manga yoqmadi kim nima narsani yozib tashlagansizlar rejaga mos emas
0
0

Kattakon rahmat

 

Insho ushun kotta rahmat
Inshosi qani buni
Men bu inshodan 5 baho oldim rahmat
Aka kattakon raxmat sizi dep daftarimga insho yozomadim
Sodda inshoga reja kere
0
0

farhod va shirin  inshosi uchun xulosa keraksmiley

Bu sevgi qissasi
Kirish yog'ikanu i keyin xulosaxam nu raxmat shingaham
Katta rahmat judayam zo'r
0
0
Shu inshoni boshqachasi yo'qmi bo'lsa yozvorila
Nega inwolarizni rejasi gapga oxwab qolgan reja bowqacaroq shakilda tuzilmidimi
Men bu inshodan 2 baho oldim
Zo'r ekan 5 olaman degan umiddaman. Lekin uzun ekan
@Odina tori oddiy bolip qolgan
0
0
xulosa ham  yuboring
''Farhod va shirin'' dostoni ishqiy-qahramonlik dostoni
Кириш ёгикану
ну рахмат шунгахам
Xulosa ozizdan
0
0
Bu doston faqat o'quvchilarni qiynash Uchun berilgan
Yaxshi qilgan ekan
Tushunib òqish kerak aslida bundan qiyinlari mavjud
0
0
Juda ajoyib sevgi
Hozirgi kunda bunaqa sevgi menimcha yo
Inshoda yil yozish kerak emasku
0
0

chatgptdan foydalaning maqasadingizni aniq yozsangiz javob ham aniq va ajoyib bo'ladi

0
0
Farhod va shirin dostonidan

O'xshash savollar

0
0 ta javob 1.2K
0
0 ta javob 288
0
3 ta javob 1.2K
0
0 ta javob 591
0
0 ta javob 956
...