Kuntug'mish dostoni haqida insho

0
165K
Fan va ta'lim 0 25
Kuntug'mish dostoni haqida olgan taasurotlarim mavzusida insho kerak. Murakkab yoki oddiy rejali, farqi yo'q

25 ta javob

0
0

Kuntug'mish dostoni haqida insho

Reja:

1. Doston haqida umumiy ma'lumotlar

2. Doston qahramonlari va ularning hayoti

3. Kuntug'mishning badiiy mohiyati

1. Dostonning yozib olingan va ijro etilgan variantlari juda koʻp. Darhaqiqat, “Kuntugʻmish” dostoni oʻzbek xalq dostonlari orasida gʻoyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Uning xilma-xil koʻrinishdagi variantlari koʻpligining boisi shundaki, ilgari baxshilaming isteʼdodiga, ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilarimiz “Kuntugʻmish” dostonini toʻla oʻzlashtirishga intilganlar. Dostonning Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Nurmon Abduvoy oʻgʻli, Egamberdi Ollamuroddan yozib olingan variantlari mavjud. 

2. Noʻgʻay yurtida Avliyoyi Qoraxon ismli, Qilichxon laqabli podsho boʻlib, Kuntugʻmish uning yolgʻiz oʻgʻli boʻladi. Kuntugʻmish oʻn toʻrt yoshga toʻlguncha ilm-hunar oʻrganadi, kasb-kamolot hosil qiladi. Oʻn toʻrt yoshdan keyin esa qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, koʻpkari chopish kabi sipohilik hunarlarini oʻrganadi, xullas, har tomonlama komil shahzoda boʻlib yetishadi. Shahri Zangar degan shahaming Buvraxon degan podshosi boʻlib, uning Shoir va Tohir ismli vazirlari bor edi. Vazirlar bir-birlari bilan juda inoq edilar, ular: “Bizlarga farzand bersa, oʻgʻil boʻlsa qoʻlqanot boʻlsin, qiz boʻlsa doʻst boʻlsin”, deya niyat qilar edilar. Kunlardan bir kuni Shoir vazirning xotini qiz koʻradi. Tohir vazir oilasida oʻgʻil tugʻiladi. Qizning otini Xolbeka, oʻgʻilning otini Xolmoʻmin qoʻyishadi. Lekin Xolmoʻminning onasi toʻsatdan vafot etadi, oʻgʻil goʻdakni Xolbekaning onasi emizishga majbur boʻladi, natijada ular “shirxoʻra” (bir onani emgan) boʻlib, “nikoh yurmaydigan” boʻlib qoladilar. Xolbeka oʻn toʻrt yoshga yetgach, uning husni kamoli ovozasi olamga yoyiladi. U goʻzal, ayni paytda aqlli, nard oʻyiniga mohir qiz boʻlib yetishadi. Unga barcha mamlakatlardan sovchilar kela boshlaydi. Xolbeka sovchilarga: “Har kim meni olaman deb kelsa, oldiga nard oʻyinini qoʻyaman, oʻynayman, utsa tegaman, utdirsa soʻyaman”, deb shart qoʻyadi. Hatto shahar podshosi Buvraxonga ham shu javobni aytadi. Podsho gʻazablanib, shaharga Xolbeka deb kelgan odamni tutib qatl qildirishga farmon beradi, shunday qilsam toʻrt-besh yildan keyin menga tegishga majbur boʻladi, deb oʻylaydi.

Xolbeka va Kuntugʻmish tush koʻradilar, ular tushlarida birbirlarining qoʻliga uzuk taqishib, uylangan emishlar. Shundan soʻng Xolbeka bir mohir suratkashga oʻz rasmini chizdiradi va uni sandiqqa solib, Noʻgʻay yurtiga oqizib yuboradi. Sandiq oqib borib daryo sohilida ov qilib yurgan Kuntugʻmish qoʻliga tushadi. Kuntugʻmish Xolbeka visoliga yetish uchun Zangar yurtiga otlanadi, bu yurtga kelib Xolbeka bilan topishadi, soʻng koʻp sarguzashtlami boshidan kechiradi: Buvraxon qoʻliga tushib, oʻlimga hukm qilinadi, dahshatli ajdami oʻldiradi, xiyonatkor Azbarxoʻja tufayli xotini, egizak oʻgʻillaridan vaqtincha judo boʻladi. Doston soʻngida xotini, farzandlari Gurkiboy va Mohiboy, otasi Qoraxon bilan topishadi.

Dostonning bosh qahramoni Kuntugʻmish yolgʻiz, erka oʻgʻil boʻlishiga qaramasdan, aqlli, bilimli, jasoratli, elga gʻamxoʻr, xotini, bolalariga mehribon, vafodor yigit. Kuntugʻmish va Xolbeka bir moʻjiza bilan Buvraxon jazosidan omon qobb, sahroda och, tashna qolishganda hayotdan umidini uzgan yori Xolbekaning “Meni tashlab ketaver, yoʻqsa oʻzing ham halok boʻlasan”, degan iltijosiga “Bir gʻayrat qil, yoʻlimiz yaqin qoldi”, deb dalda beradi, unga vafodorligini quyidagicha bayon qiladi:

Poʻlat nayza qor ostida yotarmi,

Temir nayzang egovlasang oʻtarmi,

Sening toʻrang nomardlardan emasdir,

Mard oʻgʻlon sevdigin tashlab ketarmi?..

Kuntugʻmish oʻz maqsadiga sodiq, har qanday sharoitda tushkunlikka tushmaydigan inson. U nomsiz, poyonsiz togʻ darasidan vataniga boradigan yoʻlni rosa izlaydi, bu orada egizak farzandli boʻladi, ular uch yoshga toʻlganda ham biror bir el daragini topolmaydi. Xullas, Kuntugʻmish feT-atvorida siz havas qiladigan, ergashadigan insoniy sifatlar juda koʻp. Dostonni sinchiklab mutolaa qilsangiz, bunga oʻzingiz amin boʻlasiz.

Xolbeka siymosi ham dostonda baxshi bobomiz tomonidan alohida mehr, iliqlik bilan tasvirlangan. U oʻz soʻzida turadigan, barcha hunarlarga mohir qiz. Oʻzi qanchalik bir ishga mohir boʻlsa, boʻlajak jufti halolidan ham shuni talab qiladi. Shu maʼnoda Xolbeka oʻz xulqi va fazilatlari bilan har jihatdan Kuntugʻmishga teng va munosib boʻlgan inson. U haqiqiy muhabbatni tan oladi va unga ishonadi, eʼtibor bering: u oʻz suratini chizdirib, Kuntugʻmish yurtiga yuborar ekan, agar “shu koʻrgan tushim rahmoniy boʻlsa, oshiq-maʼshuqlik awaldan pok boʻlsa, Xudoyo xudovando shu sandigʻim senga omonat, toʻradan boshqasiga tegmasin”, deydi.

Xolbeka hamiyatli, gʻururi baland qiz. Garchi u Kuntugʻmishni tushida sevib qolgan, uchrashganda esa yigitni koʻrib biroz muddat ixtiyorini yoʻqotgan boʻlsa-da, uning husniga talabgor barcha shoh-u shahzodalarga bergan vaʼdasi, yaʼni faqat nard oʻyinida gʻolib chiqqanga tegaman degan fikridan qaytmaydi. Kuntugʻmish men uchun mashaqqat chekib kelibdi, deb unga tegib ketavermaydi, oʻzi koʻngil qoʻygan yigitning el-yurt oldida ham yuzi yorugʻ boʻlishini istaydi.

Dostonda Kuntugʻmishning oʻgʻillari Gurkiboy va Mohiboy xarakterlari ham chiroyli va taʼsirchan tasvirlangan. Gurkiboy bosiq, vazmin, aql bilan ish koʻradigan bola boʻlsa, Mohiboy biroz shaddod, biroz quv yigit. Biroq ikki aka-uka bir-birlariga mehribon, ota-onalariga fidoyi yigitlar. Ular mehnatsevarlik va aql bilan ish koʻrganlari uchun boshlariga tushgan qiyinchiliklami yengadilar.

Asarda Azbarxoʻja, Buvraxon, Zamonqul, Xolmoʻmin kabi qahramonlar qiyofasi oʻziga xos tarzda yoritilgan. Azbarxoʻja dastlab Kuntugʻmish bilan doʻstlashadi, soʻng oʻz manfaatini deb unga xiyonat qiladi. Buvraxon oʻziga bino qoʻygan, qahri qattiq podsho, biroq uning koʻngilchan ekanligini ham koʻramiz. Buvraxon awal Kuntugʻmish va Xolbekani oʻlimga mahkum etadi, keyinroq Azbarxoʻja xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini eshitib, ulami afv etadi. Azbarxoʻjani jazolaydi. Dostondagi Qosim, Xolmoʻmin, Mullavachcha, Zamonqul va boshqa obrazlar ham asarda oʻz oʻmiga ega, ularsiz Kuntugʻmish va Xolbeka taqdirini toʻlaqonli tasawur qilish qiyin.

3. “Kuntugʻmish” dostoni badiiy jihatdan nihoyatda yetuk asar. U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan chalgʻitadigan oʻrinlar uchramaydi, aksincha, har bir voqea, har bir epizod dostonni toʻldiradi.

Doston xalq ogʻzaki ijodidagi barcha sheʼriy qoidalar va uslublami oʻzida jamlagan asardir. Unda xalq dostonlarida boʻlganidek, voqealar, sarguzashtlar, asosan, nasriy bayon etiladi, qahramonlar tavsifi, mhiy kechinmalari sheʼriy yoʻl bilan ifodalanadi. Doston tili esa nihoyatda yengil va ravon. Unda rang-barang badiiy til vositalaridan unumli foydalanilgan, ayniqsa, hikmatli soʻzlar darajasiga koʻtarilgan ayrim baytlar hech kimni eʼtiborsiz qoldirmaydi:

“Gʻaribning koʻnglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botiming tani”, “Gavhami ne bilsin ushalgan sopol”, “Zaming qadrini zargar bilar har yerda”, “Kamlikning kamoli bordir, Man-manning zavoli bordir…”, “Yaxshilaming yuzin koʻrsang jannatdir, Yomon odam qilgan ishi minnatdir”, “Oʻzingdan kattani uchratsang pir bil, Oʻzingni er bilsang, birovni sher bil” va hokazo.

Shuningdek, asarda oʻrni bilan ishlatilgan oʻxshatish, mubolagʻa, kinoya kabi badiiy unsurlar dostonning badiiy qimmatini oshiradi, qahramonlar qiyofasini yaxshiroq tasawur qilishga yordam beradi.

kotta rahmat juda zo'r insho chiqibd
Raxmat zo'r insho bo'libdi.
Rahmat menga yoqdi
Katta raxmat zor chiqibdi
Kotta raxmat
Kotta raxmat yaxwi chiqibdi
8 sinf adabiyot kitobidan kochirib ob qoya qopsu
Judayam zor insho manga yoqdi
Asarni kochirgan yaxshiku
Kuntug'mush VA Xolbeka begim haqida umumiy tushuncha.
Juda zo'r chiqibdi rahmat
Kitobdagi bilan bir hil bilin
Juda zõr menga yoqdi
Yaxshi kitobdagi bilan bir xil
Insho kitibdan ko‘chirilmidide
Yaxshi yozilgan
Zoʻr lekin kitobni oziday
Bu juda zoʼr insho ekan menga yoqdi faqat ikkinchisi ozgina koʼp ekan
Men bu inshoga qoyil qoldm va tam berdim bu insho juda ham qiziqarli ekan
Menga kuntugmish dostoni haqida insho topib bering
Ajoyib insho raxmat
Murakkab rejali ham qiling iltimosssss
Ha yaxshihdusbvdhxh dnxbc
@Anonim  Rahmat inshoga gap yo'q
Kattakon rahmat inshoga gap yoq
Juda zo'r rahman
Zor rahmat qoliz dard kormasin
Insho zor ciqqan lekn xuddi bayonga oxshab qopti barbir zor ciqqan
Juda zõr ekan gap yõq
Inshoga gap yoq
Menga judaxam yoqdi zor
yaxshi chiqqan
@Dilshod yogee
Yaxshi leki juda uzun ekan
@Muhammad ha
Menga juda ham yoqdi raxmat kotta
Yaxshi ekan rahmat
Menga kuntug'mish dostoni haqida qisqa va yaxwiroq insho kerak faqat tezrooq
Zor yaxshi yozilgan
@Anonim ha tezroq bolsa yaxwi bolardi menga ham kk edi
rejalar boshqacha bôlishi kerak edi
4ta rejali insho krak tezroq
Zõr insho ekam
yaxshi 5 olaman degan umidaman
Juda ham zor insho qoyil
Asar juda mazmunli
Insho juda yaxshi yozilgan
Juda zo'r insho menga yoqdi raxmat
Insho yaxshi ekan
Katta raxmat zõr insho ekam
Rahmat kottakon zo'r ekan
Bõladi zor saytakan manga yoqdi
Kitobni boshidan oxirigacha köchirib qõyishni hamma ham biladi
Voy juda zur daxshat kottakon rahmat
Kitobni ko'chirib qo'yibdiku
Raxmat kottakon
dunyo seni9 tog'angmas
Voyyyy. buuu
Kottakon raxmat rosa qiynalib turgan edim shundoq google ga kirgandim topdim raxmat sizlarga
Menga  kuntugmish dostoniga murakkab rejada insho tuzib bera olasizmi
Insho zoʻr chiqibdi leikin sal kamro qilib yozganizda jundayam zoʻr boʻlar edii
Rahmat juda qiynalgan edim gap yoq
Shu ham insho endi prosta dostonni yozib qoʻyibsizlar
Katta rahmat zo'r chiqibdi menga yoqdi
@anonim Insho ajoyib chiqibdi. Oʻzim uchun yangi fikrlar oldim. Menda yangicha fikrlar paydo boʻldi. Rahmat:)
Bòmabdi juda kòp lekin jidasa va ustozlarni aldab tursa bòladi
@ARAVES bo'yni yo'g'on bola kim?
0
0
Murakkab rejali
Kichikroq insho yozib jo'natiyla tezroq
Zo‘r insho ekan
Kitobni oʻzidan koʻchirilgan -ku
faqat kuntuģmish haqidagisi yõqmi jasoratlai
Rejasi boshqaruvi yoqmi galatikan man yozgan rejaga to'g'ri kemayapti
0
0
Murakkab reja
Raxmat insho zor ekan
Zor gap yu Kuntugmish
juday zo'r ekan
0
0
Kuntuğmish va Holbeka timsolida tavsiv mavzuda insho bergab yordam bera olasuzmi
Juda zo'r ekan manga yoqdi!
0
0
Manga kuntuğmish va Holbeka timsolida tavsiv mavzuda insho rejalarini berib mavzuga oid matn qilib berin iltimos
Murakkab reja masalan 1kirish 1kuntuģmish haqida
Kuntugʻmish va xolbekaning uchrashuvi degan mavzuga matn kk
0
0
Kuntugmish fostoni xaqida qisqacha Insho kerak
0
0
Kuntugmish fostoni xaqida juda oz va qisqacha insho kerak
0
0
menga kuntug'mish dostoni haqida qisqacha maumot kerak faqat tezroq
0
0
Menga kuntug'mish  dostoni haqida qisqacha ma'lumot kerak
Menga Kuntug‘mish timsoliga tavsif
Iltimos menga Kuntug‘mish dostonidan mana shu rejaga asosan insho kerak
                                              Reja
1 Kuntug‘mish dostonning bosh qahramoni
2 Kuntug‘mish mard jasur yigit
3 U sevgi asiri
4 Kuntug‘mish baxtga erishdi
5 Xulosa
Insho yaxshimas qoniqarli u sodda reja bn tuzilgan man ertaga baholanaman
Ufff
0
0
Katta rahmat kerakli paytda kutqardi!!!
rahmat yaxshi chiqibdi
Juda ham koʻp emasmi lekin zoʻr ekan
Broz kòp bòlsa ham judayam manoli ekan raxmat
@Anonim Chidasa boʻlarkanu
@Anonim Rahmat adabiyotdan mazza qilib kõchirib oldim
Nazorat ishiligi uchun kirganla bormi

O'xshash savollar

0
0 ta javob 1K
0
5 ta javob 195K
0
9 ta javob 318K
0
14 ta javob 92.2K
0
0 ta javob 228
...