Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 11

Anonim
4 yil avval

Rustamxon dostoniga insho

Reja:

1. Rustamxonning tarixi
2. Bosh qahramon tavsifi
3. Dostondagi obrazlar

1. Rustamxon — oʻzbek qahramonlikromantik dostonlari turkumiga mansub asar. taxminan 15—16-asrlarda yaratilgan. Maʼlum gʻoya va voqelikka asoslangan epik syujet negizida yaratilgan 5 ta doston („Murodxon“, „Rustamxon“, „Sultonxon“, „Oftob pari“, „Rustamning yaralanishi“) dan iborat. Ular bosh qahramon Rustamxon va uning qarindoshlari (onasi Huroyim, xotini Oftoboy, otasi Sultonxon, bobosi Murodxon), yurti (Oqtosh) atrofida birlashgan. Rustamxon dostonlarida vatanparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan, mardlik, chin sevgi, adolat ulugʻlangan. Rustamxon turkumi dostonlaridan „Murodxon“ (1928) va „Rustamxon“ (1937) Fozil Yoʻldosh oʻgʻliga yozib olinib, nashr etilgan (1965). Rustamxonning Mallaboy Hoshimov, Melash Ermatov, Olim Haqqulov kabi dostonchilardan yozib olingan variantlari ham bor. Ular Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutining folklor arxivida saqlanadi.

2. Dostonning bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquvvat, mard va jasur boʻlib ulgʻaydi. Doston voqealari rivojida Rustamning qoʻrqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini koʻrish mumkin. Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga osdirmoqchi boʻlganida, Rustam sarosimaga tushmadi. Onasini jallodlar qoʻlidan qutqarib: “Adashganning oldi yoʻl”, – deya yoʻlga tushadi va Hukumu togʻida qoʻnim topib, ovchilik bilan kun koʻra boshlaydi.

Rustam ov kunlarining birida oʻtovga bogʻlab qoʻyilgan xushsurat qizni koʻrib qoladi va uning ajdarga yemish uchun turganligidan xabar topadi. Xabarni eshitgan Rustam ajdar bilan jangga otlanadi. Oftoboy yalinib-yolvorib Rustamni oʻz ahdidan qaytarishga urinadi, biroq dovyurak Rustam: “Mard soʻzidan, yoʻlbars izidan burilmaydi” degan gap bor, ajdahor domiga tortadi, meni yutadi deb vahm qilmayman, qayishmay ajdahorning yoʻlini aytgin”, – deydi. Ajdar bilan mardonavor kurashib, uni yengadi va qizni oʻlimdan qutqaradi. Ajdar zulmidan xalos boʻlgan Bujul yurti Rustamni shohlikka koʻtaradi va Oftoboyim bilan toʻyini qilib uylantirib qoʻyadi. Erkin va oddiy hayot yoʻlini tanlagan Rustam uch kundan soʻng shohlikdan voz kechib, suyukli yorini olib, onasi oldiga qaytadi. Shu tariqa dostonda Rustam obrazi soddadil, mard va qoʻrqmas, jismonan baquvvat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi.

3. Dostonda bir qancha ayol obrazlari ham gavdalantirilgan. Ayniqsa, Huroyim va Oftoboyim obrazlari alohida ajralib turadi. Ularga xos goʻzallik, oqilalik, sadoqat va mehribonlik fazilatlari doston voqealari rivojida ishonarli tasvirlangan. Xususan, Oftoboy – tengsiz goʻzal qiz. Uni birinchi koʻrgan Rustam unga shunday murojaat qiladi:

Maloyik suratli, gul yuzli dilbar,

Seni koʻrgan odam boʻlar beqaror.

Oy-u kundan ziyod sening husning bor

Ne qildi seni boylab giriftor?

Oftoboyda mana shu goʻzallikka teng fahm-farosat, zukkolik ham mavjud. Uning bu fazilatlari Sultonxon oʻz qilmishlariga tavba qilib, oʻgʻli va xotinidan kechirim soʻrash uchun darvesh qiyofasida kelgan paytda ham koʻrinadi. Oftoboy dostonda oqila kelin, suyukli yor sifatida gavdalanadi.

Dostondagi asosiy qahramonlardan biri Huroyimdir. Huroyim Sultonxonga oʻgʻil farzand ato etadi, biroq evaziga qanchadan qancha jabr-u sitamlar koʻradi. Kundoshlari yurtidan quvganida ham, ajal koʻlanka solganida ham, oʻzga yurtda qiyinchilikda yashasa ham, u oʻzligidan kechmaydi. Undagi goʻzal xulq, oqilalik barcha sitamlardan qutulishida yordam berdi. Rustam darvesh sifatida kelgan Sultonxonni qilich bilan chopmoqchi boʻlganida, Huroyimning oʻziga xos mulohazali ayol, oqila ona, kechirimli yor ekanligi koʻzga tashlanadi:

– Bolam! – deb qaytardi Rustamday uldi,

– Tavba qilib oʻzi axtarib keldi, 26

Chopib tashlab, bolam, senga ne boʻldi?

Qanday boʻlsa, qoʻzim, manmanlik qilma,

“Rustam otasini chopibdi” degan

Lanqa gapni, qoʻzim, oʻzingga olma.

Dostonda Sultonxon oʻylamay qaror qabul qiladigan, oʻzgalarning gapiga ishonuvchan laqma, podsho boʻlsa-da, zaif shaxs sifatida tasvirlanadi. Doston voqealari davomida Sultonxon juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻyadi. Momogul maston fitnasiga aldanib, oilasidan, xotini va farzandidan ajraydi, ularsiz yashashga mahkum boʻladi. Doston soʻngida Sultonxon oʻz xatolarini tushunib yetadi hamda xotini va oʻgʻlidan kechirim soʻraydi. Oilasini qaytadan tiklaydi, yoʻl qoʻygan xatolarini tuzatishga kirishadi. Yomonlarni jazolaydi

0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 4 yil avval
10-Sinf adabiyotidagi doston haqidagi joyini manosini shundoligicha yozb qoyganu
Anonim 4 yil avval
Ha shunaqa ekan boruu
Anonim 4 yil avval
Bu insho 10-sinf darsligidagini shunsoligicha ko‘chirilganimi?
Anonim 4 yil avval
Ha kôrsatilgan
Anonim 3 yil avval
10sinf kitobidayam xuddi wunaqayuko‘crp qoygan
Anonim 3 yil avval
Siz larga osoni kerakda shunaqami
Anonim 3 yil avval
narmanli yaxshe ekan kitob bn bir xil lekn
Anonim 3 yil avval
Rustam tarihi
Anonim 3 yil avval
@Sevinchoo6 shunqa
Anonim 3 yil avval
Zoʻr chuqur yondashilgan boʻladi
Anonim 3 yil avval
Hamma insholar bir xil.Hammasi kitobdan koʻchirilgan ekan
Anonim 3 yil avval
Ajoyib katta rahmat
Anonim 3 yil avval
Juda yaxshi va tushunarli ekan
Anonim 3 yil avval
Men bu matnni kitobni oʻzida oʻqigandim
Anonim 3 yil avval
Rahmat yaxshi insho ekaninsho ekan
Anonim 3 yil avval
Kattakon raxmat
Anonim 1 yil avval
Juda ajoyib kattakon rahmat
Anonim 1 yil avval
@Anonim bizaga tashab bering yozganizzi
Anonim 1 yil avval
Juda zõrijodga omad
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
Murakkab rejali insho
0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 4 yil avval
Rustamxon dostoniga murakkab insho
Anonim 4 yil avval
@Gulira'no qales asalim telegramizi bering tanishamiz
Anonim 4 yil avval
Rahmat kattako
Anonim 4 yil avval
@Saman menga oziz yozganizni jonata olasizmi
Anonim 4 yil avval
Bu juda ham murakkab insho ekan
Anonim 3 yil avval
bu insho juda zo'r yozilgan ekan tushunarli hamda manoli yozilgan zo'r rahmat
Anonim 1 yil avval
juda kotta yordam berdi maktabda rustamxon dostonidan insho edi man kochirib oldm raxmat
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
Rustamxon dostonidagi Rustam obraziga tavsif murakkab reja
0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 1 yil avval
Raxmat aka insho uchun
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
Murakkab reja kerak
0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 4 yil avval
Rustamxon obraziga tavsif reja kirak
Anonim 4 yil avval
Doston haqida xulosa
Anonim 3 yil avval
Ha juda ham murakkab ekan insho
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
Murakkab rejada
0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 1 yil avval
Yozganilani tashab berila
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
Insho murakab rejali
0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 3 yil avval
Murakkab reja bormi
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
3 yil avval

winkiltimos murakkab reja tuzish kerak yordam beringlar 

0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 3 yil avval
1.Kirish. Dostonlarning yaratilish tarixi 2.Asosiy Qisman. 1Xuroyimning uzoqda chõzilmagan baxti 2 Rustamxonning chin insoniylik fazilatlari 3 Tõkis oila quvonchi 3. Xulosa. Dostondan olgan taassurotlarim
Anonim 3 yil avval
@Salom inshoni òzini ham tashlay olasizlarmi
Anonim 3 yil avval
@M_12_22 inshoni ozini ham taahlay olasizmi
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
3 yil avval
Rustamxon dastoniga murakab reja kerak
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
3 yil avval
Rustamxon dostoniga chiroyli reja va insho
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
3 yil avval
"Rustamxon" dostonidagi ayollar obrazi
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
3 yil avval
rustamxon dostoni haqida murakkabrejali insho kerak
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar