Shu saytini qidirib ko'rdim. Statistikasi odamni quvontiradigan emas: testdan 1 kishi o'tgan, ishga ketganlar soni esa... 0 kishi. Huquq va majburiyatlar degan sahifasida tog'dan-bog'dan bo'lib yotibdi. Qanaqadir Harvard Education o'quv markazi haqida yozilgan. Hoynahoy ko'chirvolishgan shundaygina qaysidir saytdan.
Menimcha bunaqa masalalarda mehnat vazirligi bilan bog'lanib ko'rish kerak, agar davlat tomonidan tasdiqlangan yoki litsenziyalari kabi narsalar berilgan bo'lsa, aniqlab berishsa kerak. Mehnat vazirligi sayti hozirda
https://mehnat.uz/ . Shu saytdan keyin telefon nomerni izlab topib, telefon qilib, so'rab-surishtirib olish mumkin. Lekin telefonni har doim ham ko'taraverishmaydi, yaxshigina harakat qilish kerak.