O’chirilgan fayllarni tiklash — o’chib ketgan ma’lumotlarni qaytarish usullari

Ko’pchilik foydalanuvchilarda vaqti kelib shunday savol tug’ilishi mumkin: o’chirilgan rasmlar, videolar va boshqa fayllar qayerga ketadi? O’chib ketgan narsalarni tiklash mumkinmi? Javob: albatta, ha.

O'chib ketgan fayllarni tiklash

Avvalo telefonda o’chgan (udalit) qilingan narsalar bilan nima bo’lishini tushunib olish kerak. Android telefondan fayl o’chirilsa, fayl hali ham xuddi o’sha joyida o’zgarmagancha qoladi, faqat u egallab turgan joy endida «foydalanilmayotgan» degan maqom oladi, ya’ni yangi ma’lumotlar saqlash uchun bo’sh joy hosil bo’ldi. Ana shu o’chirilgan ma’lumotning o’rniga yangi ma’lumotlar yozilgandan so’ng, telefonda o’chgan fayllar egallab turgan xotiraga boshqa ma’lumot yoziladi va ular endida doimiy, abadiy ravishda o’chib ketadi.

Telefonni xotirasidan o’chirilgan fayllarni tiklash mumkinligi ehtimolini oshirish uchun ikkita narsaga amal qilish kerak:

  • Yangi ma’lumotlar yaratishni to’xtatish — telefon xotirasiga boshqa narsa yozmaslik, fayllar tashlamaslik (agar sd-karta bo’lsa, unga ham);
  • O’chirilgan fayllarni imkon qadar tezroq tiklash.

Telefonda bajariladigan ko’p narsalar yangi ma’lumotlarni yaratishi mumkin: ilovalarni o’rnatish yoki yangilash, musiqa yuklab olish, fotosuratlar olish… Shuning uchun telefoningizni internet tarmog’idan uzib qo’ying va imkon qadar telefondan kamroq foydalanishga harakat qiling. So’ng Android telefondagi oʻchib ketgan fayllarni tiklash uchun maxsus dasturlardan foydalanishga kirishing.

Shuningdek Androiddagi o’chib ketgan fayllarni kompyuter orqali tiklash ham mumkin, chunki Androidda bunday dastur o’rnatilish vaqtida o’sha «yozilmagan» joyga yangi ma’lumot yozib yuborilishi mumkin. So’nggi vaqtlarda telefonlar operatsion tizimlari jadal o’zgarib borayotganligi tufayli, kompyuter orqali tiklash mashhurligini tobora yo’qolib bormoqda, garchi u ishonchliroq bo’lsada.

Android’dan o’chirilgan fayllarni qayta tiklash

Buning uchun ko’p ham mo’jiza kerak emas: telefonning o’zi va o’chirilgan fayllarni tiklash uchun dastur yetarli bo’ladi. Ammo dasturlarning aksariyati uchun root huquq (рут права, root permission) kerak bo’ladi, uni o’rnatishda esa telefonning kafolati (гарантия) buziladi. Agar qurilmangizning kafolat muddati tugagan bo’lsa, unda ishonch bilan superfoydalanuvchi huquqlarini o’rnatish mumkin. Lekin telefonni yaqinda olgan bo’lsangiz, qay biri — fayllar yoki kafolat muddati muhim ekanligi o’rtasida tanlash kerak bo’ladi.

Qanday qilib root huquqni olishni bilmasangiz, yaqinda bu haqida alohida maqola chiqariladi. Endi ilovalar haqida batafsil.

O’chib ketgan ma’lumotlarni qayta tiklash uchun dasturlar

Dumpster — Recycle Bin

Bu apk`ning ishlash tamoyili kompyuterdagi korzinaga o’xshash. Dasturga root-huquq kerak emas, ammo bu dasturning kamchiligi — faqat ushbu dastur o’rnatilgandan so’ng o’chib ketgan fayllarni qayta tiklash mumkin, ya’ni siz oldin ushbu ilovani o’rnatmagan bo’lsangiz, unda fayllarni tiklash uchun keyingi punktga o’tavering.

Ushbu ilova yordamida adashib o’chirib yuborilgan fayllar osonlikcha tiklanadi: ilova ochiladi va o’chirilgan fayllar orasidan qay birini tiklash kerakligi tanlanadi. Bo’ldi. Dasturni yuklash uchun havola: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.baloota.dumpster&hl=ru

GT Recovery

Ushbu dastur telefonda root-huquq bo’lishini talab qiladi. Test o’tkazilayotgan telefonda root-huqular olib bo’lingan, shuning uchun quyida fayllarni tiklash jarayoni rutlangan telefonda o’tkazilishini inobatga oling. Ushbu ilovaning root talab qilmaydigan versiyasi ham mavjud, ammo uning imkoniyatlari cheklangan.

  1. Google Play`dan ilovani yuklab olasiz va o’rnatasiz.
  2. Uni ishga tushirasiz va o’chib ketgan fayllar bo’limini tanlaysiz (masalan kontaktlar).
  3. Skan qilishni boshlaysiz.
  4. Topilgan va kerakli bo’lgan kontaktlarni tiklaysiz.

Dasturni androidga yuklab olish uchun havola manzili: https://play.google.com/store/apps/details?id=mobi.bihu.recovery

P.S. hozirda ushbu dastur google play`dan olib tashlangan ko’rinadi. Ma’lumotlarni rasmiy sayti — http://www.gtrecovery.net/ orqali olish mumkin.

Undelete

Android telefondagi narsalarni tiklash uchun yana bir dastur, bunga ham root kerak. Bajarish kerak bo’lgan amallar ketma-ketligi:

  1. https://play.google.com/store/apps/details?id=fahrbot.apps.undelete manzili bo’yicha ilovani yuklab oling. Dastur o’rnatilib bo’lingach, unga kirib, tiklash kerak bo’lgan ma’lumot turini tanlang. Masalan fayllar yoki SMS.
  2. Keyingi bosqichda qaysi xotirani skan qilish kerakligi so’raladi. Bunda telefonning ichki xotirasi yoki SD karta tanlanadi.
  3. Keyin skan qilish chuqurligi darajasini tanlash kerak, mazkur holatda глубокое сканирование tanlangan.
  4. Keyingi bosqichda qaysi formatdagi fayllar bo’yicha izlash kerakligi so’raladi, masalan o’chib ketgan rasmlarni tiklash uchun .jpg, .png, .gif, videolar uchun .mp4 va boshqa formatlar bo’lishi mumkin.
  5. Сканировать tugmasi bosilgach, skan qilish jarayoni boshlanadi. Ma’lum muddat o’tgach, ekranga topilgan natijalar chiqarib beriladi.

Bundan tashqari, testdan o’tmagan, lekin yaxshi tavsiyalarga ega bo’lgan boshqa dasturlar to’plami ham mavjud. Yuqoridagi ilovalar ish bermagan bo’lsa, ularni qo’llab ko’rish mumkin:

Telefon xotirasidan o’chib ketgan ma’lumotlarni tiklash uchun kompyuter dasturlari

EASEUS Mobisaver for Android Free

Bu android smartfon va planshetlardan o’chib ketgan rasmlarni va boshqa fayllarni qaytarish uchun bepul dastur hisoblanadi. Dastur ishlashi uchun telefonda root-huquqlar olingan bo’lishi kerak. Yuklab olish uchun manzil https://www.easeus.com/android-data-recovery-software/free-android-data-recovery-b.html

Ushbu dastur foydalanuvchilar tomonidan tekshirib ko’rilgan va u fayllarni muvaffaqqiyatli tiklashi isbotlangan, u Windows OS da ishlaydi. Rasmiy saytida yuqorida keltirilgan havola bo’yicha dasturdan qanday foydalanish kerakligi haqida ingliz tilida ma’lumot keltirilgan. Matn sodda va rasmlari bilan bo’lganligi sababli, uni tushunib olish qiyin bo’lmaydi, boshqa hollarda google tarjimonidan foydalanish yordam beradi.

SD kartadan o’chib ketgan fayllarni tiklash

Agar telefondan o’chib ketgan ma’lumotlar SD karta yoki boshqacha qilib aytganda «fleshkada» saqlangan bo’lsa, bu holda ularni tiklash ancha osonroq bo’ladi. Albatta buning uchun kompyuter kerak. Eng mashhur va bepul dasturlardan Recuva yoki TestDisk utilitasini keltirib o’tish mumkin. Agar kompyuteringiz bo’lmasa, yuqoridagi ilovalar ham buni eplay oladi.

SD-kartani kompyuterga oddiy fleshka kabi ulang, so’ng o’rnatilgan utilita bilan uni skan qiling. Tiklangan ma’lumotlarni saqlang va endida bekap qilib turishni unutmang.

Androida o’chirilgan fayllarni Root`siz qayta tiklash

Ba’zi foydalanuvchilar ma’lumotlarni root’siz tiklash mumkinmi degan savol berishadi, ammo afsuski, bunday huquqsiz muvaffaqqiyat ehtimoli juda past bo’ladi. O’chirilgan fayllar fayl tizimining faqat root huquqiga ega bo’lgan holda kirish mumkin bo’lgan qismida saqlanadi.

Shunday qilib, agar sizga o’chirilgan fayllarni qayta tiklash o’ta zarur bo’lsa, telefoningizga root huquq bering. O’chirilgan ma’lumotlarni qayta tiklash yakunlangandan so’ng, xavfsizlik chorasi sifatida uni istalgan vaqtda o’chirib tashlashingiz mumkin bo’ladi.

Mavjud bo’lgan savollarni va urinish natijalarini ushbu sahifada muhokama etish mumkin.

ask1nfo

Share

4 комментария

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Yuborish