Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 1

Anonim
6 yil avval

Demak, dori vositasi haqida xolis fikrlar:

  1. Ushbu vosita haqida faqat .uz zonasidagi saytlarda ma'lumot mavjud. Rus segmentida (Yevropa va Amerika segmentlari u yoqda tursin hali) biron bir ma'lumot yoki fikrlar mavjud emas.
  2. Vosita vitamin qo'shimcha ekanligi keltirilgan (BFQ - biologik faol qo'shimcha). Ya'ni muayyan ta'sir qiluvchi farmakologik vosita emas. 
  3. Ishlab chiqaruvchi kompaniya haqida hech qayerda lom-mim deyilmagan.
  4. Jinsiy quvvatga ta'sir qiladi deyilgan, lekin aniq ta'sir mexanizmi haqida hech qanday ma'lumot yo'q. 
  5. Narxi 18.11.2019 holatiga ko'ra 140-150 ming atrofida (internet ma'lumotlariga ko'ra)

Shaxsiy amaliyotda qo'llab ko'rmaganman (ko'rmayman ham). Ishonchliligiga 10 ballik tizimda 3 baho qo'ygan bo'lardim.

0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 6 yil avval
Lekin youtubega kirsanggizlar DoctorD ni.shaxsan ozi neyroforte haqida malumot bergan u aldamaydi
Anonim 6 yil avval
@JamshidbekVloger DoktorD kim o'zi. Qani bironta ilmiy ishlariga, tajribalariga havola bormi. Aldamasligi mumkin rost, balki uning o'zi ham haqiqatni bilmas. Bunaqa holatda har bitta youTube da kanali bor odam shifokor bo'lib ketardiku. Pulini olib reklama qilaveradi, yelkada ko'tarib yuradigan kallani ishlatish kerak. Boring tuzukroq shifokorga, ich desa bemalol ichavering, lekin youtube orqali ko'rgan har baloni ichish g'irt axmoqni ishi.
Anonim 6 yil avval
Qollab ko’rmagan bo’lsangiz, qaerdan sizda shuncha doriga nisbatan negativ ma’lumot?
Anonim 6 yil avval
@Bobur sizni mutahasissligiz kim?
Anonim 6 yil avval
Qollab kormagan bolsangiz, ball qoyishga haqingiz yoq!
Anonim 6 yil avval
"Dori" sotuvchilari o'zini trollarini ishga tushirdi, birvarakayiga uchta odam a? Negativ ma'lumot yo'q, dori sifatisiz mahsulot, buni inkor etadigan ma'lumot hech qayerda yo'q, shubha uyg'otadigan ma'lumotlarni yuqorida keltirdim. Xurmatli adminlar, bu yer savol-javob emas, endilikda bitta tovarni oqlash uchun trollar maydoniga aylanib qoldi. Savolni yopishingizni iltimos qilib qolardi.
Anonim 6 yil avval
@Zilola Dori adashmasam erkaklar uchun, Zilolaga balo bormikan bu yerda #facepalm. O'zingiz qo'llab ko'rdingizmi yoki? Sharmanda!
Anonim 6 yil avval
Хурматли Bobur.... Инсон танқидни тўғри қабул қила олиши керак.. Шунда у кучли инсон бўлишга қадам қўяётган хисобланади... Нейрофорте капсулалари манга ижобий таъсир кўрсатди. Манда жинсий алоқа билан боғлиқ муаммолар йўқ эди, фақат асабийлашиш, тушкунлик холатлари анчагина авжланиб кетган эди. хозир дорини қабул қилаётганимга бир ой бўлмасдан ўзгаришлар аъло даражада, жинсий активлик хам олдингидан яхшироқ.... Ман бу ерда албатта дорини реклама қилмоқчимасман, Асосийси ихлос(инсоннинг ўзини ишонтириши) хам катта рол ўйнайди деб хисоблайман. Ушбу препарат бўйича ДОКТОР-Д нинг ю-туб даги канали орқали маълумот олишни маслахат берардим (пастда ссылка). хар холда чумуқ сўйилса хам қассоб сўйсин... https://www.youtube.com/watch?v=Bipa3ZF9DCg
Anonim 6 yil avval
Bir tiyinga qimmat dori. Undan ko'ra isiriq tutatvorsa foydaliro boladi
Alyorxon 6 yil avval
Foydalanmasdan negativ berish bu bomagan gap yaxshisi man ozimda sinab koraman bir oy agar foydasi bolsa pozitiv xabar tashlayman agar foydasi bolmasa ham aytaman foyda bermadi deb lekin bu dorini qayerdan olaman aptekada yoq deyishyapti fargonada
Anonim 6 yil avval
@Alyorxon Bomediyamda, u bironta lisenziyaga ega emas hech qanaqa malumot yoq deb tepada yozilganku. Narxi 30-40 ming bolsa ekan ha bolsa boldi bolmasa bolmadi deb ishlatib korsa. Otni kallasidey narxi. Mayli man hech qanaqa yomon fikr dememan, lekin qiz bolla qayerdan bilasiz foydasi bor deb ozlari reklama qilishyapti. Bu kompaniyani sotib olingan kommentlari bolishi mumkin. Prosta lyuboy vrachdan sorang, boladimi shuni ichsam deb, ha desa ichavering umuman qizigi yoq hech kimga, lekin mana bunaqa arzon gaplarga uchib yuz minglab pullarni sarflab, yana zarar orttirvomang
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar