Banklar kredit berish uchun asosan quyidagilarni talab qiladi:
- Bexato va tartib bilan tuzilgan biznes reja
- Zalogga qo'yish uchun qimmatroq narsa (uy yoki avtomashina) yoki uchinchi shaxs kafilligi
- Bankda hisob ochish
- Turli ma'lumotnomalar: daromad manbalari haqida, sudlanmaganlik to'g'risida va hokazo
- Kredit tarixining tozaligi (ya'ni boshqa banklarda hozirda yopilmagan kreditlarning yo'qligi)
- Qarzlarning yo'qligi: bu kommunal to'lovlardan, soliqlardan, jarimalardan va boshqalardir.
Agar kredit olishni rejalashtirayotgan shaxsda daromad manbai bo'lmasa yoki u barqaror deb topilmasa, bank tavakkal qilmaydi va kredit berishni rad etishi mumkin. Shu sababli katta ish boshlayman deb oldingi ishdan chiqishga qaror qilishga shoshilmaslik kerak.
Qaysi bankdan olish ma'qulroq degan masalaga kelganda, har bir bankda o'z "+" va "-" lar bor. Birida beriladigan maksimal summa miqdori kamroq bo'lsa, birida foiz yuqoriroq va hokazo. Yana kredit olishdan oldin uning ma'lum bir qismini oldindan bankka to'lash keak bo'ladi (birlamchi to'lov). Bu umumiy summani 20-30 foizini tashkil etishi mumkin.
Qolgan masalalarda bankni o'ziga murojaat qilish kerak, ko'pchilik banklarda mijozlar bilan ishlash bo'limi kerakli yo'l-yo'riqni ko'rsatvoradi. Bu faqat biznes ochish uchun kreditlarga emas, umuman barcha turdagilariga taaluqli.