Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 5

Anonim
4 yil avval

Go'ro'g'li oddiy rejali insho

Reja:

1. Dostonning qisqacha tavsifi

2. Go'ro'g'li dostoni boshqa elatlar hayotidagi o'rni

3. Dostonning o'zbek xalqi hayotidagi o'rni

 

1. Go'ro'g'lining tug'ilishidagi g'ayritabiiylik, uning ilk bola-ligi, o'spirinlik davridagi «noodatiy» qiliqlari ana shu o'ziga xosliklar bilan izohlanadi. Ilk asotir va afsonalarning ta’siri, qadimgi tasavvur va e’tiqodlarning ba’zan yorqin, ba’zan xira qoldiqlari tasvirlari zaminidagi ma’nolarni tushunish qi-yinroq tuyulishi mumkin. Dostonda ko'plab badiiy timsollar yaratilgan. Xalq boshliqlari, oddiy fuqarolar, ko'plab yigitlar, qiz va ayollarning takrorlanmas siymolari zo'r badiiyat bilan ko'rsatib berilgan. Doston voqealari Zargar yurtining podshosi Shohdorxonning Yovmit yurtiga bosqinchilik urushi qilishi bilan rivoj-lanib boradi. Bu yerda ikki davlat podsholarining, ya’ni Go'ro'g'lining bobosi Odilxon podsho bilan Shohdorxonning o'ziga xos bo'lgan xislatlari yoritiladi. Odilxon podshoning insoniy fazilatlariga qarama-qarshi o'laroq, Shohdorxonning nuqsonlari ko'zga tashlanadi. Shohdorxonning maslahatga quloq solmay, o'ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko'ra bilmasligi ko'plab insonlarning bevaqt o'limiga, taqdirlarining o'zgarib ketishiga sabab bo'ladi. Chunki mana shu urush tufayli Go'ro'g'lining ota-onasi – Ravshan va Bibi Hilol ham bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetadi. Dostonda qahramonning tug'ilishi va yoshligidanoq ba-hodirlik kuchini namoyish qilishi ancha keng tasvirlangan. Go'ro'g'lining tug'ilishi va xalq manfaati yo'lida qahra-monlik ko'rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta o'rin tutadi. Bular xalq dostonlarining doimiy ishtirokchilari bo'lib, ular xalq qahramonlariga homiylik, rahnamolik qiladi. Ular hali hayot tajribasiga ega bo'lmagan qahramonga yo'l-yo'riqlar ko'rsatish bilan uni tarbiyalab boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o'rgatadi.

Mantiqiy fikrlaganda g'ayritabiiy bir sharoitda tug'ilgan go'dakni kimdir o'limdan saqlab qolmog'i kerak. Go'ro'g'li go'rda tug'ilgan ekan, Bibi Hilolning jonsiz murdasi uni tarbiyalay olmas edi. Shu o'rinda go'dakni yo'rgaklab olish uchun Xizr alayhissalom va chiltanlar hozir bo'ladilar. Go'ro'g'lining g'ayritabiiy tug'ilishi – uning kelajakda boshqalarga o'xshamaydigan, favqulodda kuch-qudrat, aql-idrok egasi bo'lib kamol topishiga ishora. Tengdoshlariga nisbatan sho'xliklari, o'zidan kattalarga ham tegajoqlik va zo'ravonlik qilishi esa undagi alplik alomatlarining badiiy tasviridir. Parokanda bo'layozgan Taka-Yovmit elida Go'ro'g'lining kelishi bilan tub burilishlar sodir bo'ldi. Eng muhimi, u el-yurt sha’nini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi. Go'ro'g'lida yigitlik burchi va mas’uliyatini his etish juda kuchli darajada 49shakllangan. Ayni mana shu tuyg'u uni harakatga soladi, kuchiga kuch ba g'ishlaydi.Doston voqealari rivojida Rayhon arab obrazining ham  o'ziga xos o'rni bor. U Shirvon yurtining podshosi bo'lib, Iroq va Arabiston mamlakatlari unga qarar edi. Rayhon arab – Rustam kelbatli, pahlavon, qo'rqmas va jasur, o'ziga ishongan podshoh. Uning mingan oti chin tulpor bo'lib, uni quvib yetib bo'lmas edi. Buni Go'ro'g'lining Rayhon arabga qarata aytgan quyidagi so'rovidan ham anglash mumkin:Ostingda o'ynaydi chin tulpor oting,Rustamga o'xshaydi shon-u shavkating,Qayerda, mehmonjon, sening elating,Ajdaho nishonim, qaydin bo'larsan? Rayhon arab Xoljuvonning suluvligini eshitib, kelib ko'rgan va unga oshiq bo'lib qolgan edi. Xoljuvonga sov-chi qo'yganda, Ahmadbek ham sovchi qo'yib o'zi olgan edi. Rayhon arab Xoljuvonga yetisha olmasa-da, har yili Ahmad-bekning yo'qligini poylab, pana yerlardan turib uni ko'rib ketar, ko'rmasa kasal bo'lib qolar edi. U doim Xoljuvonni olib qochish payida bo'lgan. Kunlarning birida Rayhon arab Ahmadbekning bir shaharga safar qilganini eshitadi va paytdan foydalanib Xoljuvonni olib qochish uchun Turkman yurtiga keladi. Shunda u Go'ro'g'liga duch keladi va o'z rejasini undan foydalanib amalga oshiradi. Rayhon arabning Xoljuvonni olib qochishida o'zini aybdor bilgan Go'ro'g'li qanday qilib bo'lmasin undan qasdini olishni maqsad qiladi va bunga erishadi. Xoljuvon chechasining o'rniga Rayhon arabning qizi Zaydinoyni tog'asi Ahmadbekka olib kelib beradi. Mana shu voqealar jarayonida Go'ro'g'li va Rayhon arabning o'ziga xos insoniy his-tuyg'ulari, mard va jasurliklari yanada yaqqol ko'zga tashlanadi.«Go'ro'g'li» nomining talqinlarida turli yondashuvlar mav-jud. Jumladan, uning «go'r» – qabrda tug'ilishi motivini asoslaydigan qarashlar ham ustuvorlik kasb etgan. Ayni payt-da, uning «ko'r ota ning farzandi» ekanligiga urg'u beradi gan yo'nalish ham mavjud. Jumladan, Po'lkan shoir variantida mana shu ikkala qarashning ham ta’siri ochiq seziladi. Nomning o'zak qismi ko'plab talqin larga imkon beradi. Zero, «go'r» va «ko'r»dan tashqari «kur» o'zagi ham mana shunday rang-barangliklardan birini tashkil etadi. Uning ma’nosi alp, botir,  mard deganidir. Ravshanning faqat sinchi bo'libgina qolmay, anchayin kuchli bir bahodir ekani ham tasodifiy emas. Bu o'zakda «quyosh», «o't», «olov», «qo'r», «qir», «tog'» sin gari ma’nolar ham mujassamlashganki, ular qa dimgi asotir va afso nalar vositasida eng qadimgi tasavvurlarni qayta tiklash imkonini beradi. Xalq dostonlarida qahramon har doim o'z oti bilan bir-galikda namoyon bo'ladi. Esingizda bo'lsa, Alpomishning ham oti bor edi. U Boychibor nomi bilan mashhur bo'lgan. Xuddi shuningdek, bu yerdagi G'irot ham mana shunday jangovar otlar timsolidir.

2. "Go'ro'g'li" turkumi dostonlari ko'pgina xalqlar orasida juda keng tarqalgan bo'lib, ayrim xalqlarda baxshilar tomonidan hozir ham kuylanib kelinmoqda. Bu dostonlar o'zbek, tojik, turkman, ozarboyjon,  turk, qozoq, qoraqalpoq, arman, gruzin, kurd xalqlari epik ijodiyotida o'ziga xos turkumlarni tashkil etadi. Go'ro'g'li Sibir tatarlari, Bulg'or turklari, Eron ozarboyjonlari, Stavropol turkmanlari, Afg'oniston o'zbeklarining ham sevimli epik qahramonlaridan biridir. Turkumning ayrim lavhalari O'rta Osiyo (Buxoro) arablaridan ham yozib olingan. Bunday keng hududda, asosan, turkiy elatlar va qisman turkiy bo'lmagan xalqlar orasida juda ham keng miqyosda tarqalgan, turkumlashishning barcha xillarini o'z ichiga olgan bunchalik ko'p tarmoqli biror-bir epik asarni dunyo folklorshunosligi bilmaydi. Shuning uchun ham ozarboyjon versiyasining 13 majlisini (dostonini) yozib olib, 1842-yilda uning inglizcha taкjimasi bilan nashr etgan diplomat A. Xodzko: "Osiyoda biror burchak yo'qki, u yerda Go'ro'g'lining nomi aytilmasin. Hatto Bessarabiya va Moldaviyada ham uning otini eshitasiz. Agar adiblarning shuhrati va mashhurligi ularning o'quvchilarining soni bilan hisoblansa, unda Firdavsiy Go'ro'g'lidan biroz ortiq bo'ladi", — deb yozgan edi. Olimlar "Go'ro'g'li" turkumi dostonlarining kattakon ikki tarmoqqa bo'linishini qayd etadilar. Fanda ularning biri Zakavkazye va Yaqin Sharq versiyalari (ozarboyjon, arman, gruzin, turk va boshqalar) deb yuritilsa, ikkinchisi O'rta Osiyo versiyalari (o'zbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman, tojik va boshqalar) deb ataladi. Bu ikki tarmoqqa birlashgan versiyalar o'zaro muayyan umumiyliklarga ega bo'lsalar-da, dostonlarda qamrab olingan voqelik, epik an'ana va bosh qahramonga berilgan baho jihatidan, ularning hajmi, tarkibi, kuylanish va tarqalish xususiyatlari bilan bir-birlaridan jiddiy ravishda farq ham qiladi. Turkumning ozarboyjon versiyasi Zakavkazye va Yaqin Sharq versiyalariga xos bo'lgan umumiy xususiyatlarni o'zida to'la ifodalay oladi, deb hisoblash mumkin. Bu versiyada tasvirlanishicha, Go'ro'g'li qirq yigitga bosh bo'lib, mavjud tuzumga qarshi isyonkorlik harakatlari olib boradi. Kutilmaganda, savdogarlar karvonini talaydi, o'ziga dushman qo'shni podsholiklarni yengadi, bunday janglarda ajoyib jasorat va qahramonliklar ko'rsatadi; cho'pon, otboqar, darbadar baxshi, duoxon, folbin qiyofalarida dushman ichiga kirib, juda usta tadbirkorlik bilan asir tushgan yigitlariga yordam beradi, o'ziga va yigitlariga ma'qul bo'lgan go'zallarni olib qochadi. Ko'ro'g'lining jasorati va mardliklari haqidagi bunday hikoyalar yarim tarixiy, yarim afsonaviy xarakterga ega. Bu hikoyalar mag'zida xalq og'zaki ijodi bo'yoqlaridagi real tarix yotibdi. Turkiya sultoni yoki Eron shohlariga tobe bo'lgan yarim mustaqil podsholiklardagi turli xil saroy intrigalari, hukmdorlar yashagan gavjum savdo va hunarmandlik shaharlaridagi hayot, katta karvon yo'llaridagi janglar ozarboyjon versiyasining tarixiy asoslari hisoblanadi va bu versiyaga ko'ra, Go'ro'g'li Eron shohi Abbos I ning (1585—1628) zamondoshi qilib ko'rsatiladi. Chindan ham arman tarixchisi Arakel Tavriziy (vafoti 1670-yil)ning ko'rsatishicha, shoh Abbos va Turkiya sultoniga qarshi qo'zg'olon ko'targanlarning boshliqlaridan biri Go'ro'g'li boigan. "Bu hozir oshiqlar kuylayotgan juda ko'p qo'shiqlarni to'qigan  Go'ro'g'lining xuddi o'zi", — deya aniqlik kiritadi arman tarixchisi. Demak, ozarboyjon versiyasida konkret shaxs va davr bilan bog'liq voqealar tengsiz kuch-qudrat va shijoat, olijanob insoniy fazilatlar ideali nuqtai nazaridan kuylanadi. Ammo bunda umumlashtirish va ideallashtirish muayyan davr va tarixiy voqealarni inkor etish darajasida emas, balki u (xalq ideali) konkret biografik detallar va hayotiy lavhalar bilan chambarchas bog'lanib ketgan. O'rta Osiyo versiyalari, xususan, o'zbek variantlarida esa umumlashtirish va ideallashtirishning juda yuqori darajasini ko'ramiz. Bunda qahramonona o'tmish aniq tarixiy voqealar aspektida emas, balki mislsiz romantik lavhalarda, xalqning beqiyos ideallari ko'lamida tasvirlanadi. Hamma narsa — hayot ham, xalq turmushi ham, tarixiy voqelik ham, mavjud zamon yetishtirgan qahramonlar ham ko'tarinki romantik bo'yoqlarda, bepoyon ideal badiiy tasavvurlarda, cheksiz obrazlar girdobida gavdalanadi. Ana shu bepoyon ideallik va cheksiz romantika bu dostonlarni yanada real, hayotiy, xalqqa yaqin va davrimizga hamohang qilgan. 

Mehmon 4 yil avval
Ravshan dostoni mavzusida ham insho kerak
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Judayam ajoyib. Menga yoqdi. Gap yuq
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Judayam mazmunli va bu menga darslikda insho yozishimga katta yordam berdi
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Juda zo‘r!!! Omad
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
juda zor chiqipdi bilmagan narsalarimni bilib oldim. Ishga OMAT
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Go'ro'g'lining tugilishi dostoni murakkab rejada insho
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Juda ham zoʻr ishilarga OMAD
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Juda yaxshi ish
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
3 reja qani brat
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Uzur brat pasida ekan qaramapman :D
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Judda zor katta raxmat iwliaga omoad
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Zor gap yo wuni db MN 2dan qutildm
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Boʻladi yaxshi lekin rejalari oson vapshi
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Iltimos menga górogli dostoni haqida kerak malumotli emas bólsa tawlab yuboringlar
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
iltimos murakkab rejali insho kerak
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Murakkab rejali insho kerak
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Zoʻr gap yoʻq
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
@Akromjonovna qaysi mavzuda
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
@Akromjonovna bizga ham
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 2 yil avval
@Akromjonovna Murakkab reja iltimos
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 2 yil avval
@Madina xa menga xam kk
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
JUDAYAM YAXSHIKAN
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 2 yil avval
@Anonim , xulosa kerak.
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 2 yil avval
Raxmat kottakon
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
Murakkab reja kerak
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
@Anonim Prosta kitobdan ko'chirib bergan
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
shu dostonni "G‘oro‘g‘lining tug‘ulishi"dostonida ayollar timsoli bo‘yicha insho bormi
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
Bu bitta rejani ozi inshoku Murakkab rejali insho kk bizga
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon
Anonim
4 yil avval

3. O'zbek "Go'ro'g'li"si boshqa xalqlar "Go'ro'g'li"sidan turkumga birlashgan dostonlarning hajman kattaligi (monumentalligi) va xilma-xilligi, turkumlashishning murakkab jihatlariga asoslanganligi bilan ajralib turadi. O'zbek dostonlarida Go'ro'g'li turkman va o'zbeklarning begi, qonuniy hukmdor, o'z xalqi, vatani uchun qayg'uruvchi va uni turli dushmanlar bosqinidan himoya qiluvchi dono murabbiy, ko'plab xalq botirlarini tarbiyalab yetishtirgan yengilmas bahodir sifatida tasvirlanadi. Bosh qahramonga berilgan mana shu estetik bahodan kelib chiqib, epik Chambil yurtining azamat hukmdori Go'ro'g'lining bahodir qirq yigiti bilan birgalikda ona yerining xavfsizligi va ozodligiga tahdid soluvchi qo'shni podsholiklarga qarshi olib borgan kurashi butun xalq harakati, ozodlik urushi tarzida namoyon bo'ladiki, bu o'zbek eposidagi bosh masaladir. "Go'ro'g'li" turkumi dostonlari O'zbekistonning barcha yerlarida yashagan baxshilardan, shuningdek, mamlakatimizdan tashqarida yashovchi o'zbeklar orasidan yetishib chiqqan ijodkorlardan ham yozib olingan. Xalq shoirlari Go'ro'g'lini buyuk samimiyat va iftixor bilan ardoqlab, uning xalqqa bo'lgan mehr-sadoqati, dushmanlarga cheksiz g'azab-nafrati, mamlakat mudofaasida yovuz bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurashlari, el-yurt farovonligi uchun g'amxo'rligini zavq bilan kuylaydilar. Turkumga kiruvchi barcha dostonlar ma'lum bir nisbiy mustaqillikka ega bo'lib, jonli og'zaki epik an'anada yakka-yakka ijro etilsalar-da, ular epik Chambil yurti, Go'ro'g'li tipi, uning jangovar safar yo'ldoshi G'irot, bir qator an'anaviy obrazlar (qirq yigit, Ahmad Sardor, Soqibulbul, parilar va boshqalar) kabi qator vositalar bilan o'zaro birlashadi. O'zbek xalqi Go'ro'g'li va uning yigitlari haqida "Kunlarim", "Go'ro'g'li", "Go'ro'g'libek — zo'r botir", "Armoning qolmasin", "Bormi jahonda", "Armonim qolmadi" kabi termalar bilan bir qatorda har biri bir yarim-ikki ming satrdan tortib o'n-o'n ikki ming misrali (qariyb shuncha nasriy qism ham mavjud) ko'plab dostonlar yaratdi. Bu materiallarni qiyosiy o'rganish shuni ko'rsatadiki, "Go'ro'g'li" turkumi dostonlari o'zbeklar orasida bir-biridan jiddiy ravishda farq qiluvchi ikki versiyada tarqalgan. Bu versiyalarning biri Xorazm "Go'ro'g'li" dostonlari bo'lib, ular turkman versiyasiga juda o'xshash, ozarboyjon "Go'ro'g'li"siga ancha yaqin turadi. Turkumga birlashgan Xorazm dostonlari syujet xarakteri, ijodiy uslubi va kuylanishi jihatidan jiddiy alohidaliklarga ega, ularning hajmi nisbatan qisqa. "Go'ro'g'lining do'rayishi", "Arab tang'an", "Avaz keltirgan", "Avaz uylantirgan", "Avazning ozod etilishi", "Qirq minglar", "Bozirgon", "Kampir", "Xiromon dali", "Gulruh pari" va boshqa dostonlar Xorazm "Go'ro'g'li" turkumini tashkil etadi. O'zbekistonning Xorazmdan bo'lak yerlarida tarqalgan "Go'ro'g'li" dostonlari ham alohida mustaqil bir versiyani tashkil etib, o'zlarining hajman juda kengligi, "monumentalligi" bilan ajralib turadi. Har ikki versiyada bosh qahramonning umumiy faoliyatida va bir qancha motivlarda o'xshashlik ko'zga tashlanadi. Ammo alohida olingan doston va syujetlarda o'xshashlik deyarli yo'q, ya'ni birida bo'lgan doston (masalan, "Qirq minglar") ikkinchisida, ikkinchisidagi (masalan, "Ravshan") birinchisida mavjud emas. Versiyalar orasida bu darajada jiddiy ayirmalarning mavjudligi turkumga bir­lashgan dostonlarning muayyan qismi ikki joyda, ikki xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda yaratilganligi va mustaqil rivojlanishda davom etganligini ko'rsatadi. "Go'ro'g'li" dostonlarini ko'p bilgan va go'zal kuylay olgan baxshilar ularning sonini "qirq" raqami bilan belgilaydilar. Ammo ularning hammasini to'la bilgan baxshilar aniqlangan emas. Faqat ayrim baxshilarning "Go'ro'g'li" dostonlarini ko'p bilganligi qayd etilgan, xolos. 

Mehmon 3 yil avval
Obrazlarga tavsif deb hamma bitta reja kerak
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Ajoyib menga yoqdi faqat ozgina rejalariga qõshimga kerak
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Gòruģlining tuģilishi
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
@Anonim Juda ham mazmunli ekan. Bu menga darslikda insho yozishimga yordam berdi.
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Juda ham yaxshi yozilgan
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Juda zo'r yozilgan
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Goʼroʼgʻli chinakam oʼzbek yigiti ga ham reja tuzib bering
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Katta rahmat juda yaxwi menga yoqdi va darslikda ancha yordam berdi
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Insho yozishimga katta tordam berdi rahmat.
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
Katta rahmat
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
Gòròģlining ona yurtiga jònashi haqida yozib bering
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon
Anonim
4 yil avval

Murakkab reja 

Mehmon 4 yil avval
Murakkab reja
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 4 yil avval
@Sevinch murakkab rejada insho topdizmi
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
@Mashhura hhh
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 3 yil avval
Kattakon rahmat darslikda manga yordam berdi juda xam zor yozilgan
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
@Anonim murakkab reja kerak
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 2 yil avval
Meni insho yozishimga kata yordam berdi kata kon raxmat
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
Gap yuq insho zõr yozilgan ekan.rahmat.ijodizga omad
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
Murakkab reja kk
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 1 yil avval
Go'ro'g'li dostonidagi urush voqealari
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon
Anonim
3 yil avval
dodim eshit g'azali haqaida
Mehmon 1 yil avval
Doston asosida ayol mardlik timsoli degan insho kerak edi.Iloji bo‘lsa
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon
Anonim
1 yil avval
KIRISH: xalq dostonlarining bugungi kundagi ahamiyati ASOSIY QISM:1go'ro'g'li timsoliga tavsif 2 go'ro'g'li dostonida or nomus ifodasi 3dostonning boshqa elatlar hayotidagi o'rni XULOSA:dostonning xalqimiz hayotida tutgan o'ni
Mehmon 11 oy avval
11- sinfdagi Goʻroʻgʻli dostoni haqidani koʻchirib olgan
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz