Bu uchun «Sozlamalar» bo‘limida «Pul o‘tkazish»ni tanlab, pul o‘tkaziladigan karta raqami ma’lumotlari va o‘tkazma summasi kiritiladi.
Hozirda elektron hamyondan bank kartalariga pul o‘tkazmalarini faqatgina ilovaning Android telefonlari uchun versiyasi orqali amalga oshirish mumkin. Apple telefonlari uchun bunday funksiya hozircha ilovaning so‘nggi versiyasida kiritilmagan.
Sozlamalar bo‘limining «Monitoring» tugmasi orqali tushum va kartaga chiqarilgan pullarni nazorat qilib borsa bo‘ladi.