Havola (link, ssilka) ichiga yana bitta havola qo'yish uchun nima qilish kerak?

0
752
Dasturlash va Web 0 1

Hammaga salom, hozir bitta sayt ustida ish olib borayotgan edim. Savolimning mazmuni quyidagicha: html da <a></a> elemetni blok element bo'lib, unga background berilgan va u fon bo'lib xizmat qiladi. Uning ichida esa matn bo'ladi va yana bitta <a> element bo'lish kerak. Lekin o'sha <a> ichidagi <a> elementga bosilganda, brauzer birinchi <a> ni ssilkasi bo'yicha o'tmoqda. Buni nima qilib to'g'irlasa bo'ladi. Kodi quyidagicha:

<a href="site.com" class="parent-a"><!-- birinchi a element -->
    <h2>SomeTitle</h2>
    <a href="site.com/childDirectory" class="child-a tag">Ilm-fan</a><!-- ikkinchi a element -->
</a>

 

1 Javob

0
 
Eng yaxshi javob
0

W3C standartiga ko'ra a elementini ichida boshqa a bo'lmasligi kerak. Sizning holatda buni yechimi bitta, bu JS orqali manzilga o'tkazish. Buning uchun ikkinchi a elementga quyidagicha attribut qo'shing:

onclick="window.location = 'site.com/childDirectory';"

Shunda foydalanuvchi unga bosganida brauzerida JS yoqilgan bo'lsa, oddiy linkga bosgani kabi sahifaga o'tadi.

...