Javoblar
Internetni tezlashtirish juda bir mavhum so'z, uni berilgan limitdan yuqoriga chiqarib bo'lmaydi, lekin boshqa tezlik "xo'randalarini" tartibga keltirib, kerakli sahifa yoki ma'lumot tezroq ochilishiga erishish mumkin.
Internet ba'zida tez, ba'zida sekin ishlashi TAS-IX degan narsaga bog'liq bo'lishi mumkin. Ko'pchilik .uz domenidagi saytlar tas-ix zonasida ishlaydi, ya'ni serverlari O'zbekistonda va provayder bunaqa saytlar uchun tezlik limitini yuqoriroq qilib beradi. Sekin ishlaydigan saytlar serverlari chet elda joylashadi, ular tashqi trafik hisoblanganligi uchun tezlik kamroq bo'ladi. Masalan youtube tashqi trafik, u mover kabi tez ishlamaydi (chunki tas-ix emas). Tas-ix nimaligi haqida yana o'qib ko'ring.
Demak, internetni tezroq ishlaydigan qilish uchun:
- Brauzerdagi ortqicha oynalarni yoping - hozir youtube da bo'lsangiz, masalan ok.ru ochilgan oynani yopib turish kerak.
- Video ko'rishda uning sifatini pasaytirish - youtube da masalan 720p emas, 480p formatda ko'rish kamroq tezlik talab qiladi va video qotmasdan ochila boshlaydi.
- AdBlock o'rnatish - adblock reklamalarni bloklaydi, shu tariqa ortiqcha rasmlar va so'rovlar yuklanishi kamayadi.
- Brauzerda turbo rejimni ishlating - unda maxsus algoritmlar yordamida sahifalar tezroq yuklanishi ta'minlanadi.
- Dasturlarning avtomatik yangilanishini o'chirib qo'ying - ba'zi dasturlar sizga ko'rinmasdan ham o'zi internetdan ma'lumot yuklaydi (obnovleniya qiladi). Ayniqsa smartfonlar.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Javob yozish
Reklama
Shunga o‘xshash savollar
- 2 Internetdan bepul sms yuborish usullari haqida
- 3 Moshin radarga tushganini bilish qanday amalga oshiriladi?
- 1 Uzmobile da kechki internet qanday yoqish mumkin?
- 2 Internetda pul ishlash uchun saytlar ro'yxati
- 4 Internetda pul topish mumkinmi, mumkin bo'lsa qanday qilib?
- 1 Nega youtube ishlamayapti, buning sababi nimada?