Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 1

Anonim
8 yil avval
Eng yaxshi javob

Kalit so'z (ruscha ключевое слово, inglizcha keyword) - mavzuning mazmunini ochib beradigan so'z demakdir. Aytaylik internetda bitta maqola bor, unda 2000 ta so'z yozilgan, lekin uning mazmuni aynan bitta so'z (nari ketsa 2-4 ta so'z) bilan ifodalanadi. Masalan kasalliklar misolida oladigan bo'lsak, gripp kasalligini davolash, simptomlari, uni uyda nima qilib davolash mumkinligi, xavflari haqida maqola bor. Lekin o'sha maqoladagi kalit so'z GRIPP bo'ladi. 

Bu so'z ko'proq internetda ishlatiladi, ayniqsa qidirish formalarida. Shu sababli, gripni davolash haqida ma'lumot qidirmoqchi bo'lsangiz (google yoki yandex`da emas, balki saytning o'zini qidirish formasi orqali), "grippni uyda tezda davolash haqida ma'lumot" deb yozmasdan, faqat gripp deb yozib qidiring, shunda sayt sizga grippga tegishli bo'lgan barcha maqolalarni chiqarib beradi. Ular orasidan kerakligini topib olaverasiz. 

Google va yandex`da esa istalgan uzunklikdagi kalit so'z bilan qidirish mumkin, chunki u butun dunyodagi ochiq saytlar orasidan izlaydi. Lekin baribir konkretika bilan yozgan ma'qul.

0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar