Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish
Jasur Bekmirzayev

Jasur Bekmirzayev

@jasur_b

Faol
93 ball

Muhandis, avtomobil va mexanika havaskori.

Samarqand Aʼzo bo‘lgan: 16.03.2023
Savolga javob: Gaz ballon uskunasi (GBO): metan yoki propan o‘rnatishda xavfsizlik choralari
Eng muhim qoida - gaz ballonining texnik ko‘rik (gidravlik sinov) muddatini hech qachon o‘tkazib yubormang. Har 3 yilda bir marta ballon to‘liq tekshiruvdan o‘tishi shart
17 10 oy avval
Savolga javob: Uy sotib olish yaxshiroqmi yoki ijara to‘lab yashashmi?
Bu faqat hisob-kitob emas, balki hayot tarzi tanlovidir. O‘z uyingiz barqarorlik, xotirjamlik va oila uchun mustahkam poydevor. Ipoteka to‘laganingizda har bir to‘lov o‘z mulkingizga aylanadi. Umuman olganda bizni madaniyatimizda bordi-keldi, qarindoshlar to'planishi muhim o'rin tutadi, shu sabab chet eldagi kabi ijarada yashash ommalashib ketmasa kerak
17 1 yil avval
Savolga javob: Yoshlikda (20-30 yosh oralig‘ida) yo‘l qo‘yiladigan eng katta 3 ta moliyaviy xato
Daromaddan ortiq yashash va boshqalarga ko‘rsatish (status) uchun qarz/kreditga qimmat telefon yoki mashina olish. Ertangi kunga hech qanday zaxira pul saqlamaslik (topganini darhol sarflash). O‘z bilim va kasbiy malakasiga investitsiya qilmaslik. 20 yoshda eng katta daromad keltiruvchi aktiv bu sizning o‘z sohangizdagi malakangiz va ko‘nikmalaringizdir.
13 1 yil avval
Savolga javob: Parollarni boshqarish vositalari (Bitwarden, 1Password) qanchalik xavfsiz?
Zamonaviy parol menejerlari 'Zero-Knowledge Encryption' tamoyilida ishlaydi. Ya’ni sizning parollaringiz serverga borishdan oldin o‘zingizning bosh parolingiz bilan qurilmangizda shifrlanadi. Hatto kompaniyaning o‘zi ham sizning parollaringizni ko‘ra olmaydi.
10 2 yil avval
Savolga javob: Kir yuvish mashinasi uzoq va muammosiz xizmat qilishi uchun qanday qoidalarga amal qilish kerak?
Kir yuvib bo‘lgach, eshikni va kukun solinadigan tortmani har doim sal ochiq qoldiring, havo aylanib qurisin, aks holda rezina manjet ichida qora mog‘or va badbo‘y hid paydo bo‘ladi. Kir yuvish kukunini ha, haddan tashqari ko‘p solmang (ko‘p kukun kirni yaxshiroq yuvmaydi, balki trubalarga yopishib qoladi). Oyiga bir marta mashinani 90 daraja haroratda bo‘sh holda limon kislotasi bilan yurgizish qasmoqlarni tozalaydi
17 2 yil avval