Qishda akkumulyator pand berib qo‘ymasligi uchun qilinadigan ishlar uncha ko‘p emas, bizni sharoitda qish qattiq sovuq ham kelmaydi yoki bunaqa davrlar bir necha kun davom etadi. Lekin shunday bo'lsa ham sovuq tushmasidan oldin ba'zi jihatlariga qarab qo‘yish kerak:
- Klemmalarni toza tuting. Akkumulyator ustidagi chang, namlik yoki kislota qoldiqlari o‘z-o‘zidan zaryad ketishiga (samorazryad) olib keladi. Klemmalari oqarib, tuzlab qolgan bo‘lsa, issiq suv bilan yuvib, quritib, ustidan oddiy solidol yoki maxsus moy surtib qo‘ying qayta zanglamasligi uchun
- Qishdan oldin yaxshilab zaryad qilib oling. Agar akumulyatorni umri 2-3 yildan oshgan bo‘lsa, usta-akkumulyatorchiga olib borib, zaryadkasini to‘ldirib, zichligini o‘lchatib oling. Zaryadi kam akkumulyator ichidagi elektrolit qattiq sovuqda muzlab qolishi mumkin, bu uni umuman ishdan chiqarvoradi
- Qisqa masofaga yurishdan ehtiyot bo‘ling. Qishda ertalab motorni o‘t oldirasiz, pechka, oyna qizitgich, obogrev sideniyani yoqib, 2-3 km yurib ishga yetib borasiz. Generator buncha yo‘qotilgan quvvatni to‘ldirishga ulgurmaydi. Haftada hech bo‘lmasa bir marta mashinani sal uzoqroq yo‘lda, yaxshi aylanmada haydab, akkumulyatorni to‘yintirib olish yaxshi
- Ertalab zavadka qilish usuli. Kalitni birdan burab, startyorni qiynamang. Oldin farani 5-10 soniya yoqib-o‘chirsangiz, akkumulyator ichida kimyoviy jarayon uyg‘onadi. Keyin muftani (mexanika bo‘lsa) bosib turib o‘t oldiring karobkadagi muzlagan yog‘ motorga ortiqcha og‘irlik qilmaydi
- Tok sizishi ( утечка ) bor-yo‘qligini tekshiring. Ko‘pincha qo‘shimcha o‘rnatilgan signalizatsiya, magnitola, videoregistrator yoki doim yonib qoladigan bagaj chirog‘i tuni bilan tokni yeb qo‘yadi. Oddiy tester bilan mashina o‘chiq holatda qancha tok ketayotganini tekshirtirib oling
- Mashina uzoq vaqt turib qoladigan bo‘lsa. Agar mashina 1-2 hafta ko‘chada qor ostida haydalmay turadigan bo‘lsa, klemmaning minusini chiqarib qo‘yganingiz ma’qul. Qattiq qahratonda esa akkumulyatorni yechib, uyga, iliq joyga olib kirib qo‘yish eng to‘g‘ri variant