Javoblar
Rejangiz bo'yicha qisqa insho:
Kirish. Alisher Navoiy turkiy tilda birinchi to'liq "Xamsa" yaratgan buyuk shoir. "Farhod va Shirin" ana shu besh dostonning ikkinchisi.
Farhod ilmli, kamtar yigit. Chin xoqonining o'g'li bo'lsa ham, Farhod saroy dabdabasiga berilmaydi. U ilm va hunar o'rganadi, ayniqsa toshtaroshlikda tengsiz bo'ladi.
Uning oliyjanobligi. Armanistonda xalqning suvsizlikdan qiynalayotganini ko'rib, tog'larni kesib ariq qazadi. Mukofot so'ramaydi. Xusrav bilan munozarada ham o'zini sodda va dono tutadi.
Shirin go'zal, oqila qiz. U Xusravning boyligi va hokimiyatiga emas, Farhodning qalbiga qaraydi. Oxirigacha unga sodiq qoladi.
Xulosa. Farhod va Shirin bu dunyoda birlasha olmaydi, lekin ularning sevgisi va ezgu ishlari asrlar osha yashaydi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Javob yozish
Reklama