Javoblar
Latviya Yevropaga kirishining o'zi bitta yaxshigina plyus, quyida boshqa tomonlari haqida qisqacha.
Ishlash bo'yicha:
- Eng kam ish haqi - 380 yevro, o'rtacha oylik 650-700 yevro
- O'rtacha ish davomiyligi - haftasiga 40 soat
- Ishsizlik ko'rsatkichi 8,8%, biroq chet eldan kelgan ishchilar uchun ish oson topiladi, ba'zan mutaxassislik bo'yicha ham.
- Yirik portallarda har kuni ish o'rinlari haqida ma'lumotlar chop etiladi, davlat tilini bilmasdan ham ish topish mumkin.
O'qish bo'yicha:
- Ta'lim uchta tilda - rus, latish va ingliz tilida olib boriladi. 60 foizdan ko'prog'i aynan latish tilida olib boriladi. Rus tilida o'qish tobora kamayib bormoqda.
- Yevropada ish topish.
Minuslari:
- Davlat tilini o'rganish kerak, hech bo'lmaganda asosiy gaplarni
- Ob-havosi nam, salqin hisoblanadi (kim uchundir bu minus emas albatta)
Oziq ovqat narxlari
| Nomlanishi | Narxi |
| Non 300-400 g | 1-2 € |
| Tovuq go'shti 1kg | 5-6 € |
| Shakar 1kg | 1 € |
| Kartoshka 1kg | 1 € |
| Guruch 1kg | 1-2 € |
| Vino 750 ml | 6-7 € |
Xizmatlar narxlari
| Nomlanishi | Narxi |
| Avtobusda bir martalik yo'lkira | 1-2 € |
| Taksi | 5 € |
| Bir oy uchun kommunal to'lovlar | o'rtacha 150 € |
| Kinoteatrga tashrif | 4-5 € |
| Internet kafe 1 soat uchun | 1-2 € |
| Bir juft krossovkalar | 47 € |
Ma'lumotlar asosan internetdan olindi, albatta o'zining shaxsiy tajribasiga tayanib yozilgan ma'lumotlar yanada foydaliroq bo'ladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Javob yozish
Reklama