Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 1

Muhammad
⭐ 368 • 7 yil avval
Eng yaxshi javob

Samsung smartfonini original ekanligini tekshirishning 100% ishonchli usuli yo'q, lekin ba'zi bir usullarni qo'llab, soxtasini topib olish mumkin:

  1. Tekshirish uchun maxsus kod (8.1 versiyadan yuqori androidda ishlamaydi): *#7353# tering, natijada test sahifasi ochilishi va undagi barcha funktsiyalar ishlashi kerak, ochilmasa yoki ishlamasa, demak soxta.
  2. Tarjima so'zlarning sifatiga e'tibor bering, original smartfonlarning aksariyatida o'zbek tili ham bo'ladi.
  3. Narxini solishtiring, yangisi $900 tursa-yu, sizga 2 oy ishlatilganini $200 sotaman desa, bu soxta bo'lishi mumkin. Umuman, yaxshisi ishonchli do'konlardan xarid qilish kerak, qo'ldan yoki olx kabi e'lon saytlari orqali topib olishda hech qanaqa kafolat (garantiya) yo'q.
  4. Sotib olishdan oldin, ishonchli magazinlarda original telefonni ishlatib ko'rishga so'rang (bu bepul). Uning qanday ishlashini eslab qoling, kamera sifati, karnaylarining ovozi kabi. Agar sotib olmoqchi bo'lgan telefoningizda bironta shubhali sifat sezadigan bo'lsangiz, tavakkal qilmagan ma'qul.
1
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar