Javoblar
Endi duxtirga baribir borish eng yaxshi yo'l bo'ladi. Buyrak og'rig'ini boshqa turdagi og'riqlardan farqlash uchun bir nechta belgiga etibor berish kerak.
- Buyrak og'riganda og'riq keskin, to'satdan rivojlanadi.
- Og'riq avval belda, yonda yoki qovurg'alar ostida seziladi, shundan keyin asta-sekin uning joyi pastga siljib o'zgaradi, og'riq kuchayadi.
- Tez-tez siyishga chaqiriq bo'lishi mumkin.
Boshqa kasalliklarda shunga o'xshash belgilar kuzatilishi mumkin, shuning uchun uni duxtirsiz aniqlash qiyin. Masalan
- O'tkir pankreatit (oshqozon osti bezining shamollashi, yallig'lanishi).
- Appenditsit
- Bel radikulit
Buyrak og'rishini davolash uchun kasallikning sababiga qarab, turlicha muolajalar buyuriladi, lekin ularni duxtir aytishi shart, o'zboshimchalik bilan qilinsa, oqibati yomon bo'lishi mumkin. Davolashning deyarli barcha turida uchraydigan choralarga misol:
- Issiq qo'yish muolajalari.
- Dorivor vositalar. Og'riq qoldiruvchi vositalar (nosteroid analgetiklar), spazmolitiklar (masalan no-shpa).
Qolgan ma'lumot kasallikning aniq turiga qarab farq qiladi, shu sababli unga aniqlik kiritib, o'sha kasallik bo'yicha ma'lumot qidirish kerak. Masalan buyrak kasalliklari ro'yxati keltirilgan sayt: https://mymedic.uz/kasalliklar/urologiya/buyrak-kasalliklari/
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Reklama
Shunga o‘xshash savollar
- 4 UzCard kartaga ulangan nomerni boshqasiga almashtirish uchun nima qilish kerak
- 1 Koreyaga ishga borish uchun nima qilish kerak
- 2 Internetni tezlashtirish uchun nima qilish kerak
- 1 Rossiyadan qilingan deportni tekshirish uchun qaysi saytga murojaat qilish kerak?
- 1 Fikr bildirish bekor qilish uchun nima qilish kerak?
- 2 Sayohatga samolyotda uchganda faqat qo‘l yuki (ryukzak) bilan 1 hafta sayr qilish sirlari