Yangi yil haqida she’rlar ?

0
1.4K
Fan va ta'lim 0 1
Salom, yosh bolalar va maktab bolalari uchun yangi yil haqida she'rlar kerak.

1 Javob

0
0

Xayirli kun, yangi yil haqida she'rlar juda ko'p. Sizga bir nechta she'rlar

Yangi yilda yangi orzular;
Unut bo'lar barcha qayg'ular;
Qamrab olar bizni kulgular;
Tabriklayman yangi yil bilan;


Tark etmasin bizni bu shodlik;
Mangu qolsin bebaxo tinchlik;
Yiroq bo'lsin qora yovuzlik;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Birgalikda barcha azizlar;
Qo'shiq kuylab shirin kulgular;
Yangi yilga yangi sovg'alar;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Yana sizga shirin so'z bilan;
Sherlar bitay yoriq yuz bilan;
Bugun yana Qodir siz bilan;
Tabriklayman yangi yil bilan;


Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq
Tuganmas Baxt shodlik hamisha hamrox
Nurlarga bezalsin har bir o'tar chog'
Sizga yangi kunda yangicha tilak,
Qadrdonim yangi yil bo'lsin muborak.
 


Hafalik yarashmas, ranjimang Zinxor,
Shirin Tabbassumla ko'rsatib Viqor,
Ostonangiz uzra 4 fasl baxor,
Sayrasin shux qushlar, giryon Kapalak
Qadrdonim yangi yil bo'lsin muborak

Sizdanda eng baxtli inson bo'lmasin,
Farishtalar Izingizdan hech qolmasin,
Mexr muhabbatdan sira tolmasin
Ko'ksingizda urib turgan bu yurak;
Qadrdonim yangi yil bo'lsin muborak

Qalbingizdan yiroq bo'lsin andux g'am,
Nogoh ko'zingizda ko'rmay sira nam,
O'zingizni asrang mening uchun ham
Xudoyberdidan bir samimiy tilak
Qadrdonim yangi yil bo'lsin muborak.


Mana yana kelmoqda sog‘ingan damlar
Ko‘chada bezatilgan yashil archalar
Archani yonida go‘zal qizchalar
Qarasam ularga hayolim olar
Bugun mana hamma bahtli yuribdi
Dillarga to'lgandir shirin orzular
Vatanim yanada go'zal bo'libdi
Har yerda yangi yil shukuhi kezar
Umrimizning o'tibdi yana bir yili
O'ynaylik kulaylik yangi yil kuni
Yilda bir marta bo'lar axir bu damlar
Yangi yil muborak aziz odamlar
Barchaga olib kelsin baht va omad
Hammani ishida bo'lsin daromat
Dildagi orzular bari ushalsin
Yangi yil yangi kun muborak bo‘lsin.


Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!


Vatandosh, hayot hidi hulvoga to‘lsin,
E’zozli, ehsonli va erkli bo‘lsin.
Panohida yuring Parvardigorning,
Ishqiga chulg‘aning vafoli yorning.


Niyat tongday toza, qalbingiz oppoq,
Yuzingiz to‘lin oy misoli porloq.
Yengilish neligin bilmang hech qachon,
Ruhu jon mustahkam, qaddingiz ravon.


Kulgu, tantanaga serob yil yaqin,
Orzular ushalur, dilga dil yaqin.
Lahzalar tenglashib yuz asrlarga
Iliqlik uzatur pok nasllarga.


Gul tutay, g‘amlarni ketkaz, YANGI YIL!
Zor etma, baxt sari yetkaz, YANGI YIL!


Yangi kun keltirsin baht, omad, quvonch,
Hech qachon do'stlardan ketmasin ishonch,
Samimiy bo'lsin suhbatda so'zlar,
Yoshlansa quvonchdan yoshlansin ko'zlar.
Yahshi so'z maqtovlar yangrasin doim,
Omad yaqin do'stingiz bo'lsin ilohim.

Yangi yilingiz qutlug' bo'lsin,
Nomingiz bundanda ulug' bo'lsin.
Nimak niyat qilgan bo'lsangiz,
Ilohim barchasi amalga oshshisin!

O'xshash savollar

0
1 ta javob 383
0
2 ta javob 1.1K
A so'radi 16 Dekabr, 20 Fan va ta'lim
+1
1 ta javob 1.1K
0
1 ta javob 344
anonim so'radi 22 Iyun, 19 Huquq
0
0 ta javob 286
...