Javoblar
Reja:
- Navoiyning "Xamsa"si va "Farhod va Shirin".
- Farhod: ilm va hunar egasi.
- Shirin: sadoqat timsoli.
- Xulosa.
Alisher Navoiy besh dostondan iborat "Xamsa"sini yaratib, turkiy tilda ham buyuk asarlar yozish mumkinligini isbotladi. "Farhod va Shirin" "Xamsa"ning ikkinchi dostoni, 1484-yilda yozilgan.
Farhod Chin xoqonining o'g'li. U yoshligidan ilmga chanqoq, olimlardan dars oladi, ustalardan me'morchilik, naqqoshlik, toshtaroshlikni o'rganadi. Shahzoda bo'la turib mehnatdan qochmaydi. Armanistonda xalq uchun tog'larni kesib ariq qazishi uning mehnatsevarligini ko'rsatadi.
Shirin Armaniston malikasi Mehinbonuning jiyani. U go'zal, aqlli va vafodor. Eron shohi Xusrav uni zo'rlik bilan olmoqchi bo'lsa ham, Shirin Farhodga sodiq qoladi.
Doston fojia bilan tugaydi: Xusravning hiylasi tufayli Farhod halok bo'ladi, Shirin ham uning qabri ustida jon beradi. Lekin Navoiy shu orqali haqiqiy sevgi va ezgulik o'lmasligini ko'rsatadi. Farhodning nomi asrlar o'tsa ham mehnat va vafo ramzi bo'lib qoldi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Reklama