Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 4

Anonim
7 yil avval

Birinchidan sevib qolganmi yoki shunchaki yoqtiradimi bilish kerak. Ikkalasida ham belgilar o'xshash bo'lishi mumkin. Lekin sevib qolgan bo'lsa bu kuchliroq seziladi. Internet manbalariga asoslanib (undagi ma'lumotlar haqiqatga yaqin, shaxsiy tajribasmiley), yigitning sevishini belgilari quyidagicha bo'lishi mumkin:

  1. Hushomad qilib turadi - sochlaringiz chiroyliligi, kiyimingiz yarashganligi va boshqa ko'plab sabablar topishi mumkin.
  2. Imkon paydo bo'lishi bilan qo'ng'iroq qiladi yoki xabar yozadi - u bunga qanday bo'lmasin sabab topadi.
  3. O'zining eng yaxshi hislatlarini namoyish etadi - yigit kishi sevib qolsa, o'zini "oppog'oydek" ko'rsatishga intiladi, jentelmendek ko'rinishga harakat qiladi.
  4. Oldin qilmagan ishlarini qila boshlaydi - chiyoyli kiyinadi, sochlarini "pricheska" qiladi, machoga aylanishi mumkin.
  5. Arimas ish qilib qo'ysa ham, uzr so'raydi - masalan, kutilmaganda oldizdan chiqib qolganda.
  6. O'zini qurbon qiladi - sizning oldingizda bo'lganida kuchi yetmasa ham, qo'rqsa ham og'ir va qiyin ishlarni bajarishga rozi bo'ladi.
  7. O'ta uyatchan bo'lib qoladi - ba'zida esa aksi bo'lishi ham mumkin. Yigit kishi sevib qolsa ming gapga usta bo'lmasin, ikkita so'zni bir-biriga qo'shib durust gap ayta olmay qoladi.
  8. Sevgan qiziga haddan ortiq ko'p ishonadi - eng yaqin do'stining siri bo'lmaydimi, suyganining ikki og'iz gapini tinglash uchun har qanday sirni fosh etishga tayyor. Bundan dunyo ayg'oqchilari (shpionlar) juda ko'p foydalanishgan.
  9. Sizni boshqa yigit bilan ko'rib qolsa, rashk qila boshlaydi - albatta ochiqda-ochiq emas, lekin uning hatti-harakatlari buni yashira olmaydi. Masalan, hech kim bilan ishi yo'qdek telefoniga termulib o'tiraveradi, go'yoki katta ish bilan banddek.
Eng asosiysi - u yigitdan bu hayotda baxtli va quvnoqroq inson yo'qdek. Sizning oldingizda u ko'p xazil qiladi, hammani kuldirishga harakat qiladi (eplay olmasligi mumkin, lekin bu uni to'xtata olmaydi). Telefonini qo'lga tushursangiz, unda albatta yaxshi ko'rgan qizining kamida ikkita rasmi bo'ladi. Xaya, u "galereya"da mas, yashirib qo'yiladi (do'stlari kuladida bo'lmasasmiley)
Mehmon 5 yil avval
Salom,bilmadimu wunaqa bosa kere,nu hammadayam bunaqa bomidi
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Mehmon 4 yil avval
Sz nmalarga ASoslanb bunday deyapsz yoki hayoti tajribami???
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon
Anonim
6 yil avval
Bazi bir yigitlar tepsa tebranmas boladi, sevsa ham jim yuradigan, unaqalarga bitta sms yozish yetarli, portlab ketadi, jim qilolmaysiz keyin
Mehmon 6 yil avval
Unda quruq qolib ketadi yaxshi korganidan
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon ga javob berish
Mehmon
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon
Anonim
5 yil avval
sevgi man un bor tuyg'u
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon
Anonim
1 yil avval
buni bilish juda oson. keling, buni turli holatlarda ko'rib chiqamiz. agar sinfdoshingiz yoki partadoshingiz sizni sevib qolgan bo'lasa u: siz borligizda baland gapiradi;sizni mazax qiladi; sizga teginadi. Agar sizni sevadigan inson sizning maktabingizda o'qimasa, unda siz u bilan juda tez tez uchrashib qolasiz. U buni atayin qiladi. Lekin bu holat sizga tasodifiy tuyiladi. agar sizni sevadigan inson to'garagingizda bo'lsa, u sizning orqangizdagi stolga o'tirishga harakat qiladi. eng umumiy holatda esa, yigit kishi sevib qolsa, u sizga juda ko'p tikilib turadi. U sizga tikilib turishi davomida, siz unga qarashingizni istaydi .
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring
Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz