Green card (ingliz tilidan. Yashil karta) – Bu bir davlat fuqaroligidan chiqib ketmasdan turib Amerikada doimiy qolib ishlash va yashash huquqini beruvchi maxsus viza. Ushbu vizaga ega bo’lishning eng keng tarqalgan usuli bu lottoreya orqali ega bo’lishdir. Har yili Amerika davlati tomonidan o’tkaziladigan ushbu lottoreya dasturida asosida 50 ming kishi Amerikaga qabul qilinadi. Har bir davlatdan umumiy soni 50 ming odam qabul qilingandan so’ng ushbu mamlakat uchun lottoreya dasturi to’xtatiladi. O’zbekiston 1996-yildan beri ushbu lotoreyada ishtirok etib keladi. Hozirgi davrga kelib O’zbekiston uchun har yili 4-5 ming o’rin ajratiladi. Taxminiy ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistondan har yili 1 millionga yaqin anketa topshiriladi. Bulardan kompyuter tomonidan 4-5 mingtasi tanlanib olinadi.
Anketa topshirish
Odatda anketa to’dirish 6-oktyabrdan 9-noyabrgacha davom etadi. Anketa natijasi esa May oyining boshida e’lon qilinadi. Anketa to’ldirish mutlaqo bepul. Buning uchun lotoreya dasturining rasmiy sayti dvlottery.state.gov saytiga kirib ma’lumotlaringizni to’ldirishingiz kerak. Anketa to’ldirish uchun esa qizil passport (chetga chiqish uchun), shaxsiy ma’lumotlaringiz va suratingiz kifoya qiladi. Hozirda ko’plab firma va turli xil shaxslar har xil narx evaziga grin karta uchun anketa to’ldirib berishni taklif qilishadi. Anketa ular orqali to’ldirilganda yutuq chiqish ehtimoli katta bo’lishini, ularni bu sohada tajribasi kattaligini, yutuq chiqadigan qilib rasmga tushirib qo’yishini iddao qilishadi. Lekin bular hammasi aldovlardan boshqa narsa emas. Hattoki lotoreya rasmiy saytida ham anketani o’zingiz to’ldirishingiz tavsiya etilgan. Bunda hammaning imkoniyati bir xil bo’lib, g’olib mutlaqo tasodifiy holatda kompyuter tomonidan tanlanadi. Unga rasm ham, ma’lumotlar ham, yosh, jins va hattoki viloyat ham ahamiyatsiz.