Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish
Oila • 7 yil avval • 3,879 ko‘rildi

Qaynonaga qanday muomala qilish kerak?

Qaynonaga yoqish uhun unga qanday muomala qilish keral, usullari bormi? Umuman qaynonaga yoqish shartmi? Qaynonaning ko'nglini olish sirlari bilan o'rtoqlashinglar azizlar...
Anonim
27.09.2018 01:56

Javoblar 2

Anonim
7 yil avval

Unutmang, eringiz bilan yolg'iz qolganingizda sizga qanchalik mehribon, jismonan zor bo'lmasin, sizga qanday gaplar gapirmasin baribir tanlash kerak bo'lganda u Onasini tanlaydi. To'g'ri, siz uning oilasisiz, aslida dili sizni deydi, muhabbati va hayoti ham sizniki, lekin u ONA bo'lgani uchun uni tanlaydi. Agar qandaydir sabablar bilan sizni desa ham, siz bundan yutuqda qolmaysiz. Onani ranjitib baxtli bo'la olmaysiz. Er uchun siz ham, onasi ham birdek muhim va kerak. Munosabatlaringizni tanlov qilish darajasigacha olib bormang... yutqizasiz.

  1. Qaynonangizni tushuning. To'qqiz oy bag'rida ko'targan, keyin mehr va sabr bilan voyaga yetkazgan, shunday ajoyib qilib tarbiyalab qo'ygan o'g'lini bir kuni sizga topshiradi. Nafaqat o'g'lini, sevgisini ham, mehrini ham, xayollarini ham sizga berib qo'yadi. O'ziga deyarli hech narsa qoldirmaydi. Faqatgina uning o'g'lining g'amxo'rligi va shirin so'zi unga kerak bo'ladi xolos. Bundan qaynonangizni ayirmang, agar o'g'lini sizdan rashk qilayotgan bo'lsa, uni tushuna biling.
  2. Eringiz bilan qaynonangiz oldida suykalanmang. Erkalash, shirin so'zlashish va boshqa shu kabi intim munosabatlaringizni barchadan yiroqda, yagona qolganingizda amalga oshiring.
  3. Qaynonagiz nima desa u haq ekanligiga boshidan o'rganing. Noto'g'ri ekanligiga 100% amin bo'lsangizgina shirin so'z bilan shuni unga tushuntira oling.
  4. Uy ishlarini bekamu-ko'st bajaring.
  5. Farzandlaringiz tarbiyasiga, sog'lig'iga ahamiyatli bo'ling.
  6. Eringiz kiyimlariga, ovqatlanishiga ahamiyatli bo'ling.
  7. Qaynonangiz haqidagi gaplarni qizlik uyingizga olib bormang. Juda ham siqilib ketsangiz, dugonalar bilan dardlashing, lekin hech qachon maslahat so'ramang. Baribir noto'g'ri maslahat berishadi.
  8. Qaynonangizni yaxshi ko'ra olmasangiz ham hurmat qilishingiz shart.
  9. Ayb ish qilib qo'ysangiz, kechirim so'rashni biling.
  10. Qaynonangiz bilan muammo paydo bo'lsa, eringizdan hal qilib berishini kutmang. Er-xotin munosabatlari qaynona-kelin munosabatlariga aralashtirmang. Birini yaxshilaysiz, ikkinchisiga zarb yetadi.
  11. Qaynonaga muomala qilishni o'rganaman desangiz, gap qaytarmang. Nohaq bo'lsa, bir ozdan so'ng o'z fikringizni tushuntirib bering.
0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 4 yil avval
Men qaynanam bn tortishib qoldim Mandan xafa bolib gapirmiyaptila nima qilay barabar tortishdim chidab turolmadim axir u kishi nohaqlik qildila
Anonim 8 oy avval
Qaynona oʻgʻlini 9 oy qornida koʻtarib qiynalib katta qilib kelinga topshirgan boʻlsa qizni onasi ham 9 oy qornida katta qilib voyaga yetkazib birovni qoʻliga topshiradi ayni ishga tayyor boʻlganida nima uchun hamma oʻgʻil tomonga yon bosadi qizni ota onasiga aslida oson emas, 20 yoshigacha katta qilib yuragini bir parchasini berib yuboradi boshqa xonadonga va ular qachon xohlashsa oʻshanda ota onasini koʻradi bechora kelinlar nahotki oʻz hayotiga oʻzi xoʻjatin emas oʻzi xohlaganda xohlagan joyiga borish uchun kimdandir ruxsat soʻrashi qovoq tumshuqlarga chidashi kerak u ham bir marta yashaydigan insonku
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
8 oy avval

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar