Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish
Hi-Tech va IT 7 yil avval 10,126 ko‘rildi

Internetdan bepul sms yuborish usullari haqida

Internet orqali bepul sms yuborish mumkinmi. Ba'zida telefonda pul bo'lmaydi, lekin ikkitagina so'zni tanishingizga yuborish kerak bo'lib qoladi. Shu vaqti menda internetga chiqish imkoni bo'ladi, lekin tanishimda bo'lmaydi. Shuning uchun internetdan sms yuborish servislari bo'lsa yozib yuboringlar, oldindan raxmat!
Anonim
20.09.2018 21:47

Javoblar 2

Muhammad
368 7 yil avval
Eng yaxshi javob

Ha, faqat internetdan sms yuborish uchun biroz vaqtingiz ketadi. Menimcha chet davlat operatorlariga bu yo'l orqali sms yuborib bo'lmasa kerak. Har bir operator faqat o'zining abonentlari uchun bepul sms yuborishga ruxsat beradi. Masalan, sizning sim kartangiz Ucell bo'lsa, siz faqat ucell abonentiga sms yubora olasiz. Buning uchun:

  • Ucellda - shaxsiy kabinetga kirish kerak, shunda menyuda do'stimga sms yuborish degan joy bor, o'shanga bosasiz va xohlagancha sms yozaverasiz. Cheklovi haqida xabarim yo'q.
  • UMSda - umsda bepul sms yuborish eng osoni bo'lsa kerak, bunda hech qanaqa avtorizatsiya kerak emas. Sayti sms.ums.uz/sms.php, faqat yuborgan odamizga sms kimdan kelgani ko'rinmaydi, shuning uchun birdan kim yozganini ham sms bilan birga yozib yuboring.
  • Beelineda - bu operatorda bunaqa funktsional bo'lmasa kerak, lekin shaxsiy kabinetga kirib, tekshirib ko'rish kerak, balki kiritgandir.
  • UzMobile ham kishini xursand qiladi - http://sms.uzmobile.uz/ manzil orqali uzmobile abonentlariga bepul sms yuborish mumkin. 
  • Perfectum mobile - ularga ham balli, www.perfectum.uz/interactive/sendsms manzili bo'yicha internetdan sms yuborish mumkin. 

Ko'rib turganingizdek, beelineda sms yuborish muammo, ucellda buning uchun shaxsiy kabinetga kirish kerak. Qolganlarida hammasi yaxshi, faqat ums da bu funktsional tez-tez ishlamay turadi.

1
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
7 yil avval
Tekin sms yozish uchun birovdan telefonini so'rab tursangiz ham bo'ladiku.
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar