Koronavirusdan qanday qilib himoyalanish mumkin

0
197
Salomatlik va tibbiyot 0 2
Koronavirusdan qanday qilib himoyalanish mumkin

2 ta javob

0
0
1. Tojsimon (koronavirus) virus qanday paydo bo'ladi?

– Bu virus yuqqan odamdan sog'lom odamga quyidagi holatlarda yuqadi:
- Aksirish, yo'tal va nafas chiqarish paytida og'iz va burundagi tomchilar orqali;
- Tomchilar bilan mikroblangan kishining yuzalarini yoki jismni ushlab, keyin o'sha qo'l bilan ko'z, burun yoki og'izni ushlash;
              
2. Tojsimon virusga qarshi zardob (vaktsina) bormi?

Hozircha bu virusga qarshi zardob yo'q, chunki bu yangi virus bo'lib, shu paytgacha fanga ma'lum emas edi. Hozirgi kunda vaktsina ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

3.Tojsimon virusga qarshi muolaja bormi?

Tojsimon virus sababli yuzaga kelayotgan kasallikka qarshi biror muayyan muolaja yo'q. Lyekin uning ba'zi alomatlarini (simptomlarini) muolaja qilish mumkin. Shuningdek, bemorga klinik muolaja qo'llaniladi.

4.Tojsimon virusni antibiotiklar bilan davolash mumkinmi?

Yo'q, antibiotiklar viruslarga qarshi qo'llanilmaydi. Ular faqat bakterial infektsiyalarga qarshi foyda beradi. Antibiotiklar tojsimon virusdan saqlanish yoki davolanish uchun vosita sifatida ishlatilmasligi kerak.
0
0
1. Aksirish va yo'tal natijasida hosil bo'ladigan tomchilardan uzoqlashish uchun qanchalik masofa saqlash lozim?

Aksirish va yo'tal natijasida hosil bo'ladigan havo tomchilar- idan chetlashish uchun o'zingiz bilan boshqalar orasida, ayniqsa yuqori nafas olish yo'llarining infektsiyalanishidan aziyat chekayotgan shaxslardan taxminan 1 metr masofa saqlashingiz lozim.

 2. Burunni tuzli eritma bilan muntazam ravishda chayib turish tojsimon virus yuqishidan saqlanishga yordam beradimi?

Yo'q, burunni tuzli eritma bilan muntazam chayish tojsimon virus- dan himoya qilishi haqida ilmiy dalil yo'q. Burunni tuzli eritma bilan muntazam chayishning shamollashni davolashda foydasi borligi haqida dalillar bor. Lyekin burunni muntazam chayish nafas yo'li kasalliklaridan saqlashi isbotlanmagan.

 3. Tojsimon virus infektsiyasidan saqlanish uchun og'izni g'arg'ara qilib chayish yordam beradimi?

Yo'q, tojsimon virus infektsiyasidan saqlanish uchun og'izni chayish kerakligi haqida hech qanday ilmiy dalil yo'q.
                                 
 4. O'zimni tojsimon virusdan himoya qilish uchun tibbiy niqob taqishim kerakmi?

Tibbiy niqobni taqish nafas olish yo'li orqali yuqishi mumkin bo'lgan ba'zi kasalliklarning tarqalishini cheklashda yordam beradi. Shu bilan birga, niqobning yolg'iz o'zidangina foydalanish infektsiyani to'xtatish kafolatini bermaydi. Boshqa profilaktika choralarini ham birga qo'llash lozim. Jumladan, qo'l va nafas tizimi gigienasiga rioya qilish, o'zingiz bilan nafas olish yo'lining yuqumli kasalliklaridan aziyat chekayotganlar orasida xavfsiz masofani saqlash zarur. Eng oz masofa 1 metr hisoblanadi. Tibbiy niqoblarni qo'llashda isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslik uchun Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti tojsimon virus bilan kasallangan, deb taxmin qilingan yoki isbotlangan shaxslar hamda ularning parvarishida turgan tibbiyot xodimlari va muloqot qiluvchilarga tibbiy niqoblardan foydalanishni tavsiya qiladi.
...