Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 2

Anonim
7 yil avval
  • Ayrilmagin elingdan, 
    Quvvat ketar belingdan.
  • Badqavm bo'lsang bo'l, 
    Beqavm bo'lma.
  • Baliq suv bilan tirik, 
    Odam — el bilan.
  • Begona tuproq — devona tuproq.
  • Betkay ketar, bel qolar, 
    Beklar ketar, el qolar.

O'zga yurtda shox bo'lguncha,
O'z yurtingda gado bo'l.

 

Bulbul chamanni sevar, 
Odam — Vatanni.

Vatan gadosi — kafan gadosi.

Vatan qadrini bilmagan o'z qadrini bilmas.

Vatanga kelgan — imonga kelar.

Vatanga falokat — o'zingga halokat.

Vatangado bo'lguncha, 
Kafangado bo'l.

Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o'lar.

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti. 

Vataning tinch — sen tinch. 

Vatanning vayronasi — Umrning g'amxonasi.

Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.

Yoridan ayrilgan yetti yil yig'lar, Yurtidan ayrilgan o'lguncha yig'lar.

Yoringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan.

Yigit g'ami elida, Elning g'ami dilida.

Non gadosi bo'lsang ham, Yurt gadosi bo'lma.

Ona yurting — oltin beshiging.

Ona yurting omon bo'lsa, 
Rangi ro'ying somon bo'lmas.

Suvni bersang elga, 
Yasharsan ming yilga.

Tug'ilgan yerdan ko'ngil uzilmas, 
Yurt qo'riganning yurti buzilmas.

El kuyunganda kuyungan — botir, 
El suyunganda suyungan — botir.

El qo'ngan yerni bilar,
Ot to'ygan yerda tinar.

Elga xizmat — oliy himmat.

Eling senga cho'zsa qo'l, 
Unga doim sodiq bo'l.

Yurting omon — o'zing omon.

Yurtni dedim, yuzga kirdim.

Yaxshi yigit yurt tuzar, 
Yomon yigit yurt buzar.

O'z uyim — o'lan to'shagim.

O'z yurtingning qadri o'zga yurtda bilinar.

0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 5 yil avval
Балшой спасиба
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval

Lucci issues

 

 

0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar