Javoblar
Hovli seriali - ayollar qamoqxonasiga birinchi marta tushib qolgan va o'z qonun va qoidalari bo'lgan bu yopiq dunyoda yashab qolishi kerak bo'lgan ayol haqida dramatik tarix. Biroq ayolni bundanda ko'proq qamoqxona devorlari tashqarisida qolgan qizi ko'proq o'ylantiradi.
Hovli (turkchasiga Avlu) seriali 2018-yil 29-mart kuni start olgan va 11 qismdan iborat bo'lgan. Yuqori reytinglar tufayli u 2-faslgacha uzaytirildi.
Aktyor va aktrisalar
- Deniz Demir - rolni Demet Evgar ijro etadi. Aynan shu qahramon ayollar kolonniyasiga tushib qoladi. U o'zini aybsiz deb hisoblaydi, chunki o'zini zo'ravon eridan himoyalanishga uringanini aytadi. Sud esa boshqa fikrda bo'ladi.
- Azra Kayya - rolni aktrisa Ceren Moray ijro etadi. U ozgina jinniroq, biroq aqlli qiz. Qamoqda liderlardan biri.
- Kudret Oztyurk - rolni aktrisa Nursel Kose o'ynaydi. Kolonniyadagi liderlardan yana biri. Azraning dushmani.
- Murat Unal - bu rolni akrisa Kenan Ece o'ynagan. Qamoqxonaning adolatli, ishonchli va hurmatga sazovor ishchisi.
- Xakan Demir - ijrochi aktyor Teoman Kumbaracıbaşı. Denizning turmush o'rtog'i va Edjemning otasi. Ichkilikbozlik sababli u zo'ravonga aylanib qoladi.
- Nilgyun Demir - aktyor Rüçhan Çalışkur ijrosidagi rol. Xakanning opasi, juda yomon ayol. U ukasini onasining vafoti tufayli o'zi katta qilgan, shu sababli Xakan ustidan katta nazoratga ega.
- Zerrin - Nergis Öztürk ijrosidagi rol. Qamoqxonaning qattiqqo'l direktori.
- Oktay Boran - rolni Çağdaş Onur Öztürk ijro etgan. Qari zobit. Reyd davomida barcha do'stlaridan ayrilib qolgan. O'zining yoshlikdagi do'sti Murat yordami bilan qamoqxonada ishlab turishga qaror qilgan. Ozlemni yoqtirib qolgan.
- Ozlem Balaban - juda uyatchan va o'ziga ishonchi yo'q bo'lgan ayol. Rolni Onuryay Evrentan Atasalihi ijro etadi. Qamoqxona boshlig'i o'rinbosari. Oktayni sevib qolgan.
- Melis Ersoy - Deniz Barut ijrosidagi rol. Qamoqxona psixologi.
- Edjem Demir - Denizning qizi. Oiladagi zo'ravonlik jabrdiydasiga aylangan. Rolni aktrisa Eslem Akar o'ynagan.
- Jale Shaxin - hamdard bo'la oladigan, ziyoli ayol. Azraning to'dasiga a'zo. Qamoqqa tushishidan oldin bankda menejer bo'lib ishlagan. Rolni Şeyla Halis ijro etgan.
- Xasret Shengyul - Azraning aqliga tan beradi. O'z do'stini o'la-o'lguncha do'pposlagan. Rol ijrosi aktrisa Ayça Damgacı ga tegishli.
- Xevesh - yaqinda qamalgan. Azraning to'dasiga kirib bormoqchi. Selen Seyven ijrosidagi rol.
Shuningdek serialda boshqa rol o'ynaganlar:
- Ayshegyul (aktrisa Ayşe Melike Çerçi) - firibgarlik uchun sudlangan;
- Alp Ozturk (aktyor Denizcan Aktaş) - Deniz qizini o'ldirgan;
- Naciye (aktrisa Hülya Сен) - Azra jamoasidagi a'zo;
- Meltem (aktrisa Чидждем Бенли) - qattiqqo'l qorovul ayol;
- Erxan Duman (aktyor Gyorkem Mertosh) - Denizning advokati.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Javob yozish
Reklama
Shunga o‘xshash savollar
- 6 Nik yasash uchun simvollar va harflar ro'yxati
- 3 Aziza ismining arabcha yozilishi qanday bo'ladi
- 1 Ilonlar haqida kinolar ro'yxati
- 2 "Gullarga quyosh kerak tinchlik kerak bizlarga" shu sherni matnimi yoki mp3 si bormi
- 2 Quyosh mavzusida badiiy va ilmiy matn tuzish kerak iltimos
- 1 Tug'ilgan kun uchun tabrik sherlar