Til borki,millat barhayot insho rejasi

0
2.5K
Fan va ta'lim 0 1

Til borki, millat barhayot insho rejasi bilan

 

1 Javob

0
0

Reja:

  1. O'zbek tili tarixi
  2. Ona tilimizning ahamiyatlari
  3. Tilimizni abadiylashtiradigan ijod namunalari

O'zbek tili tarixi

Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tili eng qadimgi tillardan biri bo‘lib, uning XX asrning boshlanishiga qadar bo‘lgan davri eski o‘zbek tili deb yuritiladi. Eski o‘zbek adabiy tilining teranligi, ixchamligi kabi xususiyatlari hozirgi o‘zbek tiliga o‘tgan. Quvonarlisi, o‘zbek tili dunyodagi 40 ga yaqin yirik tillardan biridir. Hozirgi zamon o‘zbek tili eng boy adabiy tillardan bo‘lib, adabiyotimizning yirik namoyondalari bu tilda o‘zlarining shoh asarlarini yaratganlar. Davlatchiligimizning, ma’naviyatimizning tiklanishida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu ulkan tarixiy hodisa 1989 yil 21 oktabrda qabul qilingan Qonunda o‘z aksini topgan. Bu Qonun milliy madaniy merosimizning tiklanishi, jamiyatimizning ma’naviy rivojida muhim o‘rin tutib, ko‘plab tarixiy nomlar tiklandi, ijtimoiy hayotimizda o‘zbek tilining ahamiyati ortdi, dunyo davlatlari bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi.

 

Ona tilimizning ahamiyatlari

Ona tilimizning qiyosida olamcha ma'no bor. Ilk bor ona taftin sezgan murg'ak mo'jiza, ilk bor ona allasidan uyg'onganshuur, ilk so'zi ham "ona” bo'lar yorug' olamda,shuning uchun muqaddas bu til.Til –ajdodlar merosini biz avlodlarga ko'prik qiluvchi vosita.Til-butun bir xalqni ezgulikka, nurafshonlikka eltuvchi mayoqdir. Til –millatning qalbi, qudratli quroli, undan mohirona foydalanilsa mo'jizalar yaratishi, ona tilimizning bitmas-tugamas boyligidan unumli foydalanish, uning sofligi va to'g'riligini saqlash har bir kishining oliyjanob burchi sanaladi.

 

O‘zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan.

Tilimizni abadiylashtiradigan ijod namunalari

Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar.

Yozuvchi va shoirlarimiz tilimiz haqida ko‘plab purmaʼno hikmatli so‘zlarni aytganlar va tilni turlicha taʼriflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa, to‘tiga aylanib qolishini, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot taʼkidlaydi. Rasul Hamzatov esa ona tilisi yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini qalamga oladi.

Ona tilimiz hisoblanmish o‘zbek tilini maqtab, uni madh etib, hattoki shu mavzuda qasidalar yozib, qalam tebratgan shoir-u shoiralarimiz nihoyatda bisyor. Masalan, qalami o‘tkir shoir Rauf Parfining:

Hayhot, toptaganda arab-u mo‘g‘ul,
Hayotingning zanjirli yili.
Boshdan ne kechirding mardona o‘g‘il,

O‘zbek tili, o‘zbek tili, – deya aytilgan yuqoridagi sheʼrida yurtimizni ko‘chmanchilar istilo qilganda ham, garchi bosib olib, o‘z tili, mafkurasini o‘rnatishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, o‘zbek millati o‘zining eng qimmatli boyligi, yaʼni ona tilisini yo‘qotmaganligi aks etgan. Yoki shu voqealarning davomi sifatida Xurshid Davronning quyidagi sheʼrini keltirishimiz mumkin:

Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Shu voqealarni eslab, Muhammad Yusufning quyida yozgan sheʼrini o‘qib, beixtiyor o‘yga toladi kishi:

Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim.
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

O'xshash savollar

0
0 ta javob 725
0
1 ta javob 1K
0
4 ta javob 58.1K
0
1 ta javob 8.7K
...