Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 1

Anonim
4 yil avval

1-sentyabrdan ish haqi va pensiya miqdori oshirildi

Eng kam oylik ish haqi 822 000 so’m, bazaviy hisoblash miqdori 270 000 so’m, yoshga doir eng kam pensiyalar 565 000 so’m etib belgilandi.

1-sentabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilgan.Bu haqda Prezidentning tegishli Farmoni imzolangan.

Farmonga koʻra:

 2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

2021-yilning 1-sentabridan boshlab Oʻzbekiston hududida:

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 soʻm;
  • bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 270 000 soʻm;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 soʻm;
  • yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 soʻm;
  • bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 440 000 soʻm;
  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda — oyiga 440 000 soʻm;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori — oyiga 623 000 soʻm etib belgilandi.
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar