Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 4

Anonim
4 yil avval

O'zbek tili mavzusida murakkab rejali insho

Reja:

  1. Kirish
  2. Asosiy qism
    1. O'zbek tili tarix davomida
    2. Ona tilimizga bo'lgan e'tibor
    3. Til – millat ko‘zgusi
  3. Xulosa

“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”. - Abdulla Qodiriy

O'zbek tili tarix davomida

Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining   ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan.

O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va eʼzozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejizga: “Til – millat ko‘zgusi”, - deyishmaydi.

1989 yil 21 oktyabr. "Davlat tili haqida"gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili davlatimizning bayrog‘i gerbi, madhiyasi kabi qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzlari qatori eʼzoz va ehtiromga sazovor bo‘ldi. Keyingi yillarda Davlat tilining ijtimoiy hayotda tutgan mavqeini yana-da mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘zbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.

Ona tilimizga bo'lgan e'tibor

Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: "Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur" (M.Behbudiy).

Eʼtibor beryapsizmi, milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoqda. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvori ikki hissa ortadi.

Til – millat ko‘zgusi

Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar.

Yozuvchi va shoirlarimiz tilimiz haqida ko‘plab purmaʼno hikmatli so‘zlarni aytganlar va tilni turlicha taʼriflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa, to‘tiga aylanib qolishini, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot taʼkidlaydi. Rasul Hamzatov esa ona tilisi yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini qalamga oladi.

Ona tilimiz hisoblanmish o‘zbek tilini maqtab, uni madh etib, hattoki shu mavzuda qasidalar yozib, qalam tebratgan shoir-u shoiralarimiz nihoyatda bisyor. Masalan, qalami o‘tkir shoir Rauf Parfining:

Hayhot, toptaganda arab-u mo‘g‘ul,
Hayotingning zanjirli yili.
Boshdan ne kechirding mardona o‘g‘il,

O‘zbek tili, o‘zbek tili, – deya aytilgan yuqoridagi sheʼrida yurtimizni ko‘chmanchilar istilo qilganda ham, garchi bosib olib, o‘z tili, mafkurasini o‘rnatishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, o‘zbek millati o‘zining eng qimmatli boyligi, yaʼni ona tilisini yo‘qotmaganligi aks etgan. Yoki shu voqealarning davomi sifatida Xurshid Davronning quyidagi sheʼrini keltirishimiz mumkin:

Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Shu voqealarni eslab, Muhammad Yusufning quyida yozgan sheʼrini o‘qib, beixtiyor o‘yga toladi kishi:

Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim.
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Shoir keyingi misralarda o‘zbek tiliga va uning rivojiga benihoya katta hissa qo‘shgan “g‘azal mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiyning ona tilimizga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromini quyidagicha qayd qilib o‘tadi:

Sen bo‘lmasang, nima bizga silliq sheʼrlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar.
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Shukur Qurbonning "Ona tilim" qasidasida ona tilining manguligi, barhayotligi oldida inson umrining bir lahzalik xotira ekanligini taʼkidlanadi:

Sen mangusan, baqosan,
Men esam – o‘tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men – lahzalik xotirot.
Ona tilim, jon tilim.

Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, o‘zbek tilining shon-shuhrati, obro‘si borgan sari yildan yilga oshib bormoqda. Sport, fan, madaniyat va sanʼat sohasida O‘zbekiston yoshlarining saʼy-harakatlari beqiyosdir. Yurt kelajagi bo‘lgan biz yosh avlod o‘z harakatlarimiz  bilan o‘zbek tilini butun dunyo tan olishi, uning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shishimiz lozim. Shu jumladan, O‘zbekiston yoshlari qatorida men ham ona tilimiz sofligini saqlash, uni yana-da yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shish uchun astoydil harakat qilaman:

Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.

Xulosa

O'zbek tilini rivojlantirish faqat tilshunoslar, shoir yoki yozuvchilarning ishi emas, balki mana shu yurtda yashab, shu yurtning changini yutib, suvini ichib, tuzini totib yashayotgan har bir insonning vazifasi hisoblanadi. Oddiy dehqon bo‘laylik yoki quruvchi, qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat'iy nazar, davlat tilining rivoji uchun hissa qo‘shish shu Vatan, shu xalqqa bo‘lgan farzandlik burchimizdir. 

0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 4 yil avval
Kim inshoni yozgan bõsayam rax mat
Anonim 4 yil avval
Gap yoq inshoga
Anonim 4 yil avval
lo@WICHEN_Channel rahmat endi yaxshi maqtov olaman fan oyligida
Anonim 4 yil avval
@og'abek sharh qoldirdi 27 oktiyabr
Anonim 4 yil avval
Zõr ekan gap yõq
Anonim 4 yil avval
Insho juda ajoyibKLASS
Anonim 4 yil avval
Katta rahmat qollari dard kormasin ilohim
Anonim 4 yil avval
Yahwiyam internet bor bomasa 2 soatlab nma yozi db o‘trardm yarim soatda boldim rahmat
Anonim 4 yil avval
Katta rahmat insho uchun.Allox sizdan rozi bo‘lsin. INSHAALOH
Anonim 4 yil avval
Kattakon raxmat insho uchun hodo hohlasa inshaalohh insholar tanlovida birinchi orinni olaman deb umid qilaman
Anonim 4 yil avval
Katta rahmat menga ancha yordam berdi
Anonim 4 yil avval
Raxmat kattakon menga katta yordam berdiz
Anonim 4 yil avval
Kattakon Rahmat
Anonim 4 yil avval
Raxmat kottokon
Anonim 4 yil avval
thanks a lot , i knew write on the internet , and i written that , that s very easy and great !!!
Anonim 4 yil avval
Raxmat juda kotta yordam bõldi
Anonim 4 yil avval
Raxmat kottakon
Anonim 4 yil avval
Sizlardan minadormiz.Raxmat, judayam mazmunli ifodali mat ekan ming bora rahmat...
Anonim 4 yil avval
JUda kattta yordam berdi ,rahmat
Anonim 4 yil avval
Assalomu alaykum. Katta -kon rahmat
Anonim 4 yil avval
Rahmat kattakon
Anonim 4 yil avval
Raxmat katta aynan shu matn kerak edi
Anonim 4 yil avval
zo'r zo'r raxmat
Anonim 4 yil avval
Katta rahmat shu insho kerak edi
Anonim 4 yil avval
@Student2007 menga ham judayam kerak edi maktabda insho yozgani olimpiadada
Anonim 4 yil avval
@[email protected] menga ham kerak edi maktabdan aytishgan edi
Anonim 4 yil avval
Katta rahmat õzi manga shu kerak edi
Anonim 4 yil avval
Katta raxmat barchaga
Anonim 4 yil avval
Esse uchun rahmat
Anonim 4 yil avval
@WICHEN_Channel juda kota rahamt bugun maktabda esse yozshim kerak edi
Anonim 4 yil avval
@Anonim to'g'ri
Anonim 4 yil avval
Inshoni yozgan odamga lotta raxmat
Anonim 4 yil avval
Inshosi juda zo'r inshoda menga tanlov bo'layotgan edi. Shuni o'qib kerakli joyini yozib oldim.
Anonim 4 yil avval
Assalomu alaykum yaxshimisizlar bu insho sizlarga xam yoqdimi menga xam juda yoqdi bizga ustozimiz ona tilim iftihorim degan insho yozilar degandi men ozimga kereligini yozib oldim bu inshoni chiqarganlarga katta raxmad sog salomat bolinglar.
Anonim 4 yil avval
@Anonim oʻoʻoʻoʻoʻ zoʻr chiqibdi bravo.
Anonim 4 yil avval
Raxmat zur chiqibdi menga shu mavzuda insho berudi raxmat
Anonim 4 yil avval
Inshoga gap yo'q
Anonim 4 yil avval
Katta yordam berdiz rahmat
Anonim 4 yil avval
Kotta raxmat
Anonim 4 yil avval
Raxmat gap yoq
Anonim 4 yil avval
UMUMAN YOQMADI
Anonim 4 yil avval
Rahmat juda zo'r chiqipti ancha yordam oldim
Anonim 4 yil avval
Rahmat kattakon hammalarizga
Anonim 4 yil avval
Insho uchun raxmat endi tanlovga chiqishim mumkin
Anonim 4 yil avval
Rahmat juda ham ajoyib maʼlumot va esse boʻlibdi kattakon rahmat
Anonim 4 yil avval
Zo'r chiqibdi katta rahmat
Anonim 4 yil avval
@Ochilov_Abdulazizjon
Anonim 4 yil avval
Insho uchun rahmat. Ajoyib yozilgan☺☺☺
Anonim 4 yil avval
Zo'r menga juda yoqdi
Anonim 4 yil avval
Rahmat kim yozgan bo'lsa ham .
Anonim 4 yil avval
rahmat kotta
Anonim 4 yil avval
Men ga juda yoqdi ayniqsa xulosasi tóppa-tóģri aytganlar
Anonim 4 yil avval
Menga judayam yoqdi raxmat
Anonim 4 yil avval
Zòr chiqibdi rahmat
Anonim 4 yil avval
jinnicha matn
Anonim 3 yil avval
Judayam zor menga yoqdi
Anonim 3 yil avval
@Xadicha ...............................................
Anonim 3 yil avval
Juda ham manoli yozilgan ekan rahmat kattakon
Anonim 3 yil avval
Rahmat kattakon sizga. judayam katta yordam qildiz.
Anonim 3 yil avval
Rasa zor hudi ustozimiza qanaqa etgan bosala huddi wunaqa berlgan
Anonim 3 yil avval
Zor rahmat juda kerak edi ozgina xatolari Bor ekan ozim togrilab ketdim
Anonim 3 yil avval
Rahmat alloh rozi boʻlsin
Anonim 3 yil avval
Raxmat katta yordam qidilaringiz.
Anonim 3 yil avval
::)Katta rahmat
Anonim 3 yil avval
Judayam zor ekan kattakon raxmat ishlagan rivoj brsin
Anonim 3 yil avval
Menga õzbek tilim iftixorim haqida matn kerak edi
Anonim 3 yil avval
gap bo'lishi mumkinmas
Anonim 3 yil avval
Zor yoqdi manga
Anonim 3 yil avval
Judayam zo'r chiqibdi ishlarizga omad tilayman!
Anonim 3 yil avval
juda ham yaxshi ekan.Raxmat
Anonim 3 yil avval
rahmat juda zor insho ekan
Anonim 3 yil avval
Juda zõr raxmat
Anonim 3 yil avval
Rahmat yaxshi insho ekan ammo kirish qismi bilan xulosani mavzusini yozganizda yanada yaxshi bo'lar edi . Ammo zo'r shiqqan
Anonim 3 yil avval
Rahmat kattakon man shu mavzuda esse topshirishim kerak edi manimcha esseyim zoʻr chiqdi Inshaalloh
Anonim 3 yil avval
SODDA REJALISI YO'QMI
Anonim 3 yil avval
Juda ham zur ekan
Anonim 3 yil avval
Juda chiroyli zòr
Anonim 3 yil avval
Juda zor ekan manoli katta rahmat
Anonim 3 yil avval
Rahmat sizlarga juda zo‘r insho ekan menga juda yoqdi
Anonim 3 yil avval
@Sultan fxdhj
Anonim 3 yil avval
Juda ham zor chiqan rahmat
Anonim 3 yil avval
Juda chiroyli ekan Alloh rozi boʻlsin
Anonim 3 yil avval
@Anonim rahmat hamaga salom
Anonim 3 yil avval
Judayam chiroyli
Anonim 3 yil avval
Juda yaxshi insho bo‘lipti
Anonim 3 yil avval
@Anonim Juda zõr yozilgan gap yõq
Anonim 2 yil avval
Juda yaxshi yozilgan rahmat
Anonim 1 yil avval
Rahmat kattakon ancha ishim yengillashdi yana shunday insholar yozavering omad
Anonim 1 yil avval
@Anonim zòr insho bòlibdi
Anonim 1 yil avval
Shunday kop zor inshoalar yozib turilar omadilarni bersin Alloh sizlardan rozi bolsin hammani xojatini chiqazganilar uchun rahmat sizlarga.
Anonim 1 yil avval
Ooo zuru gap yo blaaa
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
fayozbek insho O'zbek tili - iftixorim' murakkab reja
0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 4 yil avval
Ôzbektilim ittifoqi mavzusida reja
Anonim 4 yil avval
Zōr insho bōpti
Anonim 3 yil avval
Judayam zuuuuuurrrrrrr
Anonim 3 yil avval
Rahmat juda zõr chiqqan
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
4 yil avval
Juda ham manoli yozilgan ekan. Katta rahmat
0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 3 yil avval
Juda ham chiroyli yozlgan xuddi ko‘nglimdagidek
Anonim 3 yil avval
Zur ciqibdi rahmat
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
1 yil avval

Gap bolishi mumkinmasyes

 

0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar