Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 1

Shukrullo
5 yil avval

Reja:

  1. "Kuntug'mish" sevgi va sadoqat dostoni.
  2. Kuntug'mish: mard va vafodor yigit.
  3. Xolbeka: oqila va sabrli ayol.
  4. Xulosa: oila qadri.

1. "Kuntug'mish" xalq dostonlarimiz ichida eng ta'sirli sevgi qissalaridan biri. Unda ikki yoshning muhabbati ko'p yillik sinovlardan o'tadi va oxiri g'alaba qozonadi.

2. Kuntug'mish No'g'ay elining hukmdori Qoraxonning yolg'iz o'g'li. U saroyda erkalanib o'sgan bo'lsa ham, sevgisi uchun uzoq va xavfli yo'lga chiqadi. Cho'lda ochlik va tashnalikdan holdan toygan Xolbeka uni tashlab ketishni so'raganda Kuntug'mish "Mard o'g'lon sevdigin tashlab ketarmi?" deb javob beradi. Bu gap uning butun fe'lini ko'rsatadi. Keyin u ajdarhoni yengadi, Buvraxonning o'lim hukmidan ham qo'rqmaydi.

3. Xolbeka Zangar shahri vazirining qizi. U hunarli, aqlli va g'ururli ayol. Azbarxo'janing xiyonati tufayli eri va egizak o'g'illaridan ayrilib qolganda ham sabr qiladi, or-nomusini saqlaydi.

4. Oxirida Kuntug'mish Xolbeka, o'g'illari Gurkiboy va Mohiboy, otasi Qoraxon bilan qayta birlashadi. Doston bizga oila har qanday boylikdan qimmat ekanini, sabr va sadoqat albatta mukofotlanishini o'rgatadi.

0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 5 yil avval
Katta ekan, rahmat. Faqat 4-band qisqaroq
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar