Javoblar
O’zbekiston Respublikasida harbiy xizmatni o’tashga doir masalalar “Mudofaa to’g’risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi qonunlar hamda bir qancha nizomlar bilan tartibga solinadi.
Bir yillik harbiy xizmat hamda bir oylik safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmat uchun tibbiy ko’rik bir xil bo’ladi. Amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, bir yillik harbiy xizmat uchun o’tkazilgan tibbiy ko’rik xulosasida jiddiy asos bilan, masalan, barmog’i qiyshiq, degan asosli xulosa berilgan bo’lsa, ushbu shaxs harbiy xizmatga yaroqsiz deb topiladi.
Ukangizning holatida, agar komissiya bir oylik safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga borishini aytishayotgan bo’lsa, siz ushbu komissiyaga bir yillik harbiy xizmat uchun o’tkazilgan tibbiy ko’rik xulosasini taqdim etgan holda, ukangiz tibbiy komissiya tomonidan allaqachon harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligini bildirib ariza bilan murojaat qiling.
Agar tuman komissiyasi arizangizni rad etayotgan bo’lsa, unda viloyat komissiyasiga murojaat qiling.
Amaldagi qonunlarga ko’ra, bir yillik harbiy xizmat uchun o’tkazilgan tibbiy komissiya xulosasi bir oylik safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun ham o’tadi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.
Javob yozish
Reklama
Shunga o‘xshash savollar
- 2 Armiyaga borish uchun nima qilish kerak
- 1 1 yillik armiyaga borish
- 0 Rossiyaga chiqib kelgan fuqaro 1 yillik armiya xizmatiga borish huquqiga egami
- 0 Armiyaga borish uchun musobaqalardan olgan medal diplom ham rol oʻynaydimi?
- 0 1 yillik armiya xizmati uchun pul to’lanadimi?
- 4 Pasport seriya raqami aniqlash