Tarjimai hol yozish namunasi

+1
6K
Huquq 1 1
Tarjimai hol yozish namunasi bormi, u qanday qilib yoziladi, nimalarni e'tiborga olish kerak?

1 Javob

0
 
Eng yaxshi javob
0

Tarjimai hol ko'pchilikka rezyume nomi bilan ham tanish. Tarjimai hol yozish uchun bir qator tavsiyalarga amal qiling. Bunda kasbiy biografiyaning asosiy dalillariga urg'u berilishi kerak, xususan:

  1. Lavozim - agar tarjimai hol qanday tuzilishini bilmasangiz, qaysi lavozimga davo qilayotngangingizni ko'rsating. Masalan "buxgalter" yoki "PHP dasturchi".
  2. Bog'lanish uchun ma'lumotlar - yashash manzilini ko'rsatish shart emas, lekin elektron pochta va telefon raqamni albatta ko'rsatish kerak. Yashaydigan shahar va qancha maoshga da'vo qilayotganingizni ham ko'rsatishingiz mumkin.
  3. Ish tajribasi - dastavval so'nggi ish joyingiz bilan boshlab, birinchi ish joyingiz bilan yakunlash kerak. Ish joylarda qanday lavozimda ish yuritganingiz ham muhim sanaladi. Yutuqlaringizni ham kiritishingiz mumkin.
  4. Ma'lumoti - oliy, o'rta yoki o'rta maxsus kabi. 
  5. Kasbiy maxorat va ko'nikmalar - nimalar qo'lingizdan keladi, qaysi dasturlar bilan ishlashni bilasiz, shular haqida yozish kerak. Qo'shimcha tillarni bilishni ham kiritish mumkin. Ingliz tilini biladigan ishchi hech qaysi sohada ortiqchalik qilmaydi.
  6. Tavsiyanomalar - agar oldingiz ishingizdan biron kim sizni tavsiya eta oladigan bo'lsa, ular bilan bog'lanish uchun ma'lumotlarni kiritish foydadan holi bo'lmaydi.
  7. Qo'shimcha ma'lumotlar - so'z yakunida o'zingiz haqingizda bir-ikki og'iz ma'lumot keltirib o'ting. Xarakteringiz, javobgarlikni ola bilish, boshqalarni fikrini hurmat qilish, kichik nasalarga ham e'tibor berish kabi afzalliklar haqida.

Tarjimai holni ikkita bir nechta tilda yozga nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Tushunmovchiliklarni to'liq barataraf etish uchun quyidagi tarjimai hol yozish uchun namuna bilan tanishib chiqish mumkin:

ESHMATOV FALONCHI TOSHMATOVICH
ManzilToshkent shahar
Telefon+998 YY XXX-XX-XX
E-mail[email protected]
Tug'ilgan sana01.01.XXXX (YY yosh)
MaqsadO'z qobiliyatim va imkoniyatlarimga munosib ish qidiryapman.
SohaTexnik quruvchi, Bino va inshoatlar qurulishi mutaxassisligi
Samarqand Sanoat Texnikumi, 1989-1994, O'rta-maxsus
Qo'shimcha bilimlarOffice Word va Excel dasturlarida ishlash
Ish tajribasi
  • Kolxozchi, Paxtachi tumani Q. Rajabov J/X (1988 -1989, 1991-1996)
  • Sokchi, Navoiy shaxar IIB xuzuridagi kuriklash bulimi (1997 - bir yil) 
  • Usta-duradgor, Muborakgaz DUK (1998 - bir yil)
  • Usta-duradgor, Buxoro Neftni kayta ishlash zavodi (1999-2001 - ikki yil) 
  • Usta-duradgor, Navoiyazot OAJ (2002-2004 - ikki yil) 
  • Usta chilangar, Elektrotexnoservis OAO (2005-2013 - sakkiz yilu uch osh)
Xorijiy tillar
  • Rus tili - erkin gaplashish va yozish
  • Ingliz tili - o'rtacha
  • Fors tili - o'rtacha
Shaxsiy xususiyatlari
  • Faol, oldiga qo'ygan maqsadlariga erishuvchan;
  • Muomalali;
  • Ma'suliyatni his qiladigan, optimist;
  • Yaratuvchan, tashabbuskor, tez o'rganuvchan.
Tavsiyanomalar
  • SOMAEV KIMDIR KTOTAEVICH
    "HYDRARGENTUM OAJ" bosh direktori  

 

O'xshash savollar

0
0 ta javob 350
Omonov Abbos so'radi 22 Sentyabr, 22 Fan va ta'lim
0
1 ta javob 361
anonim so'radi 15 Dekabr, 22 Fan va ta'lim
0
0 ta javob 585
...