Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish
Hi-Tech va IT • 8 yil avval • 9,062 ko‘rildi

Telegramda menga yozgan odamni nomerini bilish mumkinmi?

Menga bitta odam telegramga sms yozdi, rasmi ham yo'q, ismi ham g'alati. Shuni kim ekanligini, qaysi nomerdan yozganini bilish uchun nima qilish kerak?
Anonim
24.09.2018 17:43

Javoblar 2

Muhammad
⭐ 368 • 8 yil avval

Agar bu odam begona bo'lsa va siz uni nomerini kontaklar ro'yxatida saqlamagan bo'lsangiz, sizga yozgan odamni telefon nomerini to'g'ridan-to'g'ri bilib beradigan dastur yo'q. Nisbatan osonroq usuli yozgan odamga chatda "Отправить свой номер" qilish, agar u bironta javob yozsa, uning raqami ham sizga kelishi kerak (buni internet forumlarida o'qib qoldim, o'zim sinab ko'rmaganman). Albatta agar spam bosib, qora ro'yxatga tiqib qo'ymasa. 

Keyingi usuli qiyinu, lekin haqiqatga yaqinroq. Foydalanuvchi haqida ma'lumot yig'ish. U telegramda o'zini ismini yoki username ko'rsatgan bo'ladi. O'sha ma'lumotlarni googledan qidirib ko'rib, uni kimligini aniqlashga harakat qilish mumkin. Masalan uning username`i @uniqueusername bo'lsa, googledan uniqueusername ташкент yoki uniqueusername facebook deb yozib qidirib ko'rish mumkin. Ba'zan bu usul natija beradi. Uning kimligini aniqlagandan keyin profilida nomerini topib olish mumkin.

Uni yuzerneymi bo'lsa, uni bironta chatga qo'shib, boshqa odam nomidan (masalan qiz bola) yozib, gapirtirib, raqamini olish mumkin. So'nggi umid - mavjud bo'lgan 109 ta raqamdan (bu umuman olganda, aslida ba'zi qonuniyatlar inobatga olinsa ancha kamroq, masalan 93 kodli ucell 7 raqami bilan boshlanmasa kerak) to'g'ri keladiganini topib ko'rishga urinish. Lekin bular qonuniymi bilmadim, yaxshisi chorniyga tiqib, unutvorish kerak. Kim ko'p, axmoq ko'p.

0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 7 yil avval
Отправить номер qilish ishlamadi
Anonim 5 yil avval
Umuman tuwinarsiz yozipsiz
Muhammad 5 yil avval
@Anonim OSINT deb ataladi men tushuntirmoqchi bo'lgan narsam. Googledan qidirib ko'ring, ruscha yoki inglizchada ma'lumot ko'p
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
6 yil avval
@Ishon_gulim
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar