Qidirilmoqda...

Hech qanday savol topilmadi

Boshqa so‘zlar bilan qidirib ko‘ring yoki yangi savol bering

Savol berish

Javoblar 2

Anonim
7 yil avval
Eng yaxshi javob
O'z vatanida tuyaqushlar oldida uchragan oziqa bilan oziqlanadi: o't, mevalar, donlar, barglar, o'simlik ildizlari, hasharot va kichik kaltakesaklar bilan. Tuyaqush oshqozoni ovqatni yaxshi maydalashi uchun kichik toshlar ham yutadi. Ular suvsiz uzoq muddat yashashi mumkin, lekin polaponlari chiday olmaydi. Fermada ularning oldida doimo suv turishi kerak. Katta tuyaqushlar kuniga 10 litrgacha suv ichadi. Fermada tuyaqush boqish uchun ularga har qanday turdagi donlilar: bug'doy, arpa, joxo'ri, suli, tariq, dukkaklilar, no'xat berish mumkin. Shuningdek ularga yem uchun o't, beda, sebarga, gazanda (qichitqi o't) va jo'xori silosi berish kerak. Sabzavotlardan vaqti-vaqti bilan karam, sabzi, lavlagi berib turish kerak. Strauslar, ayniqsa ularning bolalari maxsus yem va vitaminli qo'shimchalarga muhtoj. Qishda tuyaqushlarga o't o'rniga maydalangan somon beriladi.
0
Foydali bo‘ldimi?
Anonim 7 yil avval
maxsus yem nimani aynan nazarda tutyapsiz? agar sir bomasa?
Anonim 7 yil avval
@Shuhrat Asosan maxsus qo'shimchalar nazarda tutiladi: dorilari, gormonlar (agar kerak bo'lsa)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon
Anonim
7 yil avval
Yana bir tomoni, bu qushlar jag'ini jaa ishlatishni hush ko'rmaydi, shuni uchun hamma ovqatni oldindan maydalab,alohida taxta idishlarda bergan yaxshi. Qolgan tomonlarda ular ko'pam talabchan qush emas, boqish o'rtacha qiyinlikda.
0
Foydali bo‘ldimi?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon

Javob yozish

Savol egasiga yordam beradigan aniq va to‘liq javob qoldiring.

Bo‘sh qoldirsangiz “Anonim” deb ko‘rsatiladi.

Mehmon sifatida javob yozyapsiz

Shunga o‘xshash savollar