yopiq Neyroforte dorisi haqida ma'lumot - ta'siri va narxi

0
7.9K
Salomatlik va tibbiyot 0 1
Neyroforte dorisini ishlatganlar bormi, qanday ta'siri bor, narxlari qanaqa
Yopilishi sababi: Javoblarning noxolisligi, aniq dalillar yo'qligi, reklama sifatida qabul qilinishi

1 Javob

0
0

Demak, dori vositasi haqida xolis fikrlar:

  1. Ushbu vosita haqida faqat .uz zonasidagi saytlarda ma'lumot mavjud. Rus segmentida (Yevropa va Amerika segmentlari u yoqda tursin hali) biron bir ma'lumot yoki fikrlar mavjud emas.
  2. Vosita vitamin qo'shimcha ekanligi keltirilgan (BFQ - biologik faol qo'shimcha). Ya'ni muayyan ta'sir qiluvchi farmakologik vosita emas. 
  3. Ishlab chiqaruvchi kompaniya haqida hech qayerda lom-mim deyilmagan.
  4. Jinsiy quvvatga ta'sir qiladi deyilgan, lekin aniq ta'sir mexanizmi haqida hech qanday ma'lumot yo'q. 
  5. Narxi 18.11.2019 holatiga ko'ra 140-150 ming atrofida (internet ma'lumotlariga ko'ra)

Shaxsiy amaliyotda qo'llab ko'rmaganman (ko'rmayman ham). Ishonchliligiga 10 ballik tizimda 3 baho qo'ygan bo'lardim.

@Zilola Dori adashmasam erkaklar uchun, Zilolaga balo bormikan bu yerda #facepalm. O'zingiz qo'llab ko'rdingizmi yoki? Sharmanda!
Хурматли Bobur.... Инсон танқидни тўғри қабул қила олиши керак.. Шунда у кучли инсон бўлишга қадам қўяётган хисобланади...
Нейрофорте капсулалари манга ижобий таъсир кўрсатди. Манда жинсий алоқа билан боғлиқ муаммолар йўқ эди, фақат асабийлашиш, тушкунлик холатлари анчагина авжланиб кетган эди. хозир дорини қабул қилаётганимга бир ой бўлмасдан ўзгаришлар аъло даражада, жинсий активлик хам олдингидан яхшироқ.... Ман бу ерда албатта дорини реклама қилмоқчимасман, Асосийси ихлос(инсоннинг ўзини ишонтириши) хам катта рол ўйнайди деб хисоблайман. Ушбу препарат бўйича ДОКТОР-Д нинг ю-туб даги канали орқали маълумот олишни маслахат берардим (пастда ссылка). хар холда чумуқ сўйилса хам қассоб сўйсин...
Bir tiyinga qimmat dori. Undan ko'ra isiriq tutatvorsa foydaliro boladi
(10)
Foydalanmasdan negativ berish bu bomagan gap yaxshisi man ozimda sinab koraman bir oy agar foydasi bolsa pozitiv xabar tashlayman agar foydasi bolmasa ham aytaman foyda bermadi deb lekin bu dorini qayerdan olaman aptekada yoq deyishyapti fargonada
@Alyorxon Bomediyamda, u bironta lisenziyaga ega emas hech qanaqa malumot yoq deb tepada yozilganku. Narxi 30-40 ming bolsa ekan ha bolsa boldi bolmasa bolmadi deb ishlatib korsa. Otni kallasidey narxi. Mayli man hech qanaqa yomon fikr dememan, lekin qiz bolla qayerdan bilasiz foydasi bor deb ozlari reklama qilishyapti. Bu kompaniyani sotib olingan kommentlari bolishi mumkin. Prosta lyuboy vrachdan sorang, boladimi shuni ichsam deb, ha desa ichavering umuman qizigi yoq hech kimga, lekin mana bunaqa arzon gaplarga uchib yuz minglab pullarni sarflab, yana zarar orttirvomang
...