Stuardessa bo lish uchun nima qilish kerak?

0
14.2K
Kasb 0 4
Styuardessa bo lish uchun nima qilish kerak? Buning uchun maxsus institutlar bormi yoki chet tillarini yaxshi bilish kerakmi.

4 ta javob

0
0

Har bir aviakompaniyaning styuardessalarga bo'lgan talablari turlicha bo'ladi, lekin ba'zi umumiy o'xshash talablar mavjud, ular:

  • Yosh - eng kamida 18 yoshga to'lgan bo'lish kerak, ba'zan bu ko'rsatkich 21 yosh bo'lishi ham mumkin;
  • Oliy ma'lumotli ekanligini tasdiqlovchi diplom (ba'zan o'rta-maxsus yoki akademik litseyniki ham qabul qilinadi);
  • Salomatlik yaxshiligi, xususan ko'z nurining;
  • Bo'y uzunligi - bu odatda 158-190 sm oralig'ida bo'ladi, qo'llarni ko'targanda umumiy uzunlik 212 sm ni tashkil etishi kerak, bu yuqori polkalarga qo'l yetishi va samolyotda xavfsizlikni ta'minlash uchun kerak;
  • Tana vazni bo'y uzunligiga mutanosib bo'lishi kerak;
  • Tananing ko'rinib turuvchi qismida tatuirovkalar va pirsing bo'lmasligi kerak. Ba'zi aviakompaniyalar tatuirovkaga ruxsat beradi, faqat ular plastir bilan yopilgan bo'lishi kerak;
  • Suzishni bilish. Mashg'ulotlarda 25 metrga suzish talab etiladi;
  • Sudlanganlik bo'lmasligi;
  • Chetga chiqishga ruxsat beruvchi hujjat;
  • Mijozlarga xizmat ko'rsatish ko'nikmasi - aviakompaniyaga qarab bu 6 oydan 2 yilgacha bo'ladi;
  • Ingliz tilida erkin so'zlasha olish - aviatsiyada asosiy gaplashish tili ingliz tili hisoblanadi.

Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lganda aviakompaniya saytida e'lon beriladi. Masalan O'zbekiston havo yo'llari saytidagi e'lon. Kerakli hujjatlar va boshqa talablar shu e'londa keltiriladi. Internetdan boshqa aviakompaniya saytlarini qidirib, ulardagi tenderlarni kuzatib borish mumkin. Styuardessa bo'lish uchun maxsus institutda o'qish shart emas. 

@Shahzoda mani yowim xam 14da man geografiya, ingiliz, rus va ozbek tillarini mukammal biliw kerak ekanligini ewitdim
Meni   kozimni zirinasi  pas stuardessa  bola olmaymanmi
@Anonim salom afsuski yoq. Bola olmaysz
Assalom alikum Men avgustda 18ga to'laman 11 iyun Insha alloh sefrga topshiraman stuardessa bo'lishim uchun nima qilishim va qaysi intitutga topshirishim kerak
Salom. Meni yoshim 15ta. Men rus maktabta oqiyman. engilsh rus koreys qozoq tillarini yaxshi bilaman . boyim 1.63 sm . men stuardessa bolaolamanmi. Javop uchun oldinnan raxmat.
0
0
Keyin tarixiy obidalar, taniqli joy va shaxslar haqida ham ma'lumotga ega bo'lish kerak, bu ham til qatori talab etiladi.
Asosiy tillari faqat ingliz tili va rus tilimi?
Asalomu alaykom men ham stuvardesa bolmoqchiman yoshim 14 da stuvardesa bolish uchun suzishni bilish shartmi
@Sevinch  men ham shu savolni bermoqchiman
Mening yoshim 28 da stuvardessa bolish uchun nima qilishi kerak
@AZIMA Ingliz va qozoq tili
0
0
Ingliz  rus tillarini bilish kere
Сколько расходов требуются стать стюардесса
0
0
Assalom alekum, yoshim 17 da ingliz tilini mukammal bilaman. Kursda o'qish uchun institutga kirish kerakmi avval?

O'xshash savollar

...