Alisher Navoiy g'azallari to'plami

+2
16.3K
Fan va ta'lim 2 4
Barchaga hayrli kun (tun). Alisher Navoiy qalamiga mansub g'azallar kerak, imlo xatolarisiz varianti uchun alohida minnatdorchilik bildirib qolaman.

4 ta javob

0
0

Mumtoz g'azallardan biri:

Munojot

Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtim-u chektim yo’lida intizor,
Keldi jon o’g’zimg’a-yu ul sho’xi badxo’ kelmadi.

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro’zg’orimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.

Ul parvarash hajridinkim yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko’rganda kulgu kelmadi.

Ko’zlaringdin necha suv kelgay, deb o’lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’yida qadam,
Yo’lgakim, avval qadam ma’shuqa o’tru qilmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.

Yana bitta menga yoqadigan g'azal:

Oqara boshladi bosh-u... 

Oqara boshladi bosh-u to‘kula boshladi tish,
Safar yarog'ini qilg'ilki, tushti boshinga ish.

Yigitligim boribon, keldi boshima qarilig',
Fano yo‘lida bu yanglig' emish borish-u kelish.

Yuz ulki, qirqdin ellikka qo‘ydi yuz, qilsa,
Ming ishidin biriga yaxshiliq mahol ermish.

Erur hayotning o‘q yanglig' o‘lmakiga dalil,
Kishiki, yo kibi qadg'a asodin yetti kerish. 

Adudur olti jihatdin manga chu yetti falak,
Ne sud yoshim agar oltmish va gar yetmish.

Yigitlik o‘ldi bahor-u kuhulat o‘ldi xazon,
Degan bu so‘zni - qarilig'ni qishqa o‘xshatmish.

Ne qish nishoti manga qoldi, ne xazon, ne bahor,
Bahorima chu xazon qo‘ydi yuz, xazonima - qish.

Ne turfa ishki, birav chun toriqti umridin,
Desa uzun yasha, qarg'ishdur anga bu alqish.

Navoiyo, tutar ahli fano najot yo‘lin,
Erishmak istar esang ishda ham alarni erish.

0
0

Hanuz

O’zga bo’ldi yoru mehri manga boqiydur hanuz,
Notavon ko’nglumda ul oy ishtiyoqidur hanuz.

Garchi o’zga yor istar xotirim, bordur valek,
Jon anga manzil, ko’ngul oning visoqidur hanuz.

G’ayr ishqi ko’nglum evinda nechuk qilg’ay nuzul,
Kim xayoli maskani ko’zim ravoqidur hanuz.

Ishq ila may tarkin, ey nosiq, ne nav’ aylay qabul,
Kim ko’ngulga orzu ul turfa soqiydur hanuz.

Furqat o’ti dofii dog’ o’rtamakdur demakim,
O’rtagan jonim ul oy dog’i firoqidur hanuz.

Charx yolg’uz qilmadi Farhod qonin lolazor,
Lola qonin to’kkuchi oning nifoqidur hanuz.

Ey Navoiy, garchi meni mehrsiz der erdi yor,
O’zga bo’ldi yoru mehri menda boqiydur hanuz.

juda ham zo'r she'rlar  RAHMAT
Huda ham zor gazal elan
Yana g'azallar qo'ying
G'azallar uchun rahmat
Zo'r gap yoo
hammasi zur gap yuq
qushilaman gapizga
Zur gap yoq ĝazallar uchun rahmat
Ajoyib g'azallar rahmat kottakon
0
0

Qoshi yosinmu deyin…

Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?

Ko‘zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmir deyin?

Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?

Zulfi dominmu deyin, la'li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana biring adosinmu deyin?

Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko‘nglak uza gulrang qabosinmu deyin.

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?

Ey Navoiy, dema qosh-u ko‘zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?

zo'r ekan ğazallar yana ğazallar tashavor
Zur umuman gap yuq ingilizchalari yuqmi
0
0

Ajoyib rahmatyesyesyes

O'xshash savollar

0
2 ta javob 22.5K
0
1 ta javob 5.3K
0
2 ta javob 6.2K
0
0 ta javob 156
Mr hechkim so'radi 26 Oktyabr, 21 Fan va ta'lim
0
0 ta javob 81
Farxod so'radi 15 Dekabr, 22 Fan va ta'lim
...