Suv haqida maqollar

0
20.2K
Fan va ta'lim 0 5
Suv haqida maqollar, suv to'g'risida xalq orasida mavjud bo'lgan iboralar, gaplar to'plami kerak.

5 ta javob

+1
 
Eng yaxshi javob
1

Menimcha suv haqida maqollar ko'p bo'lmasa kerak, lekin shunday bo'lsada gapda "suv" so'zi bo'lgan maqollarni yozib ko'raman (ularning mohiyati suv bo'lmasligi ham mumkin):

  • Yer - xazina, suv - gavhar.
  • Yerni buzadigan ham suv, tuzadigan ham suv.
  • Oldingdan oqqan suvni qadri yo'q.
  • Suv - zar, suvchi - zargar.
  • Suvning ko'rinishi muloyim, bag'ri esa tosh.
  • Suvning ozi ham bir balo, ko'pi ham bir balo.
  • Do'st do'stga boqar, suv soyga oqar.
  • Oshning ta'mi tuz bilan, suvning t'a'mi muz bilan.
  • Suv - hayot manbai.
  • Suvni bersang elga, yasharsan ming yilga.
  • Har toycha o'zi suv ichgan bulog'ini maqtar.
  • Oqar suvning haromi yo'q.
  • Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar.
  • Ko'lmak suvga - sassiq alaf.
  • Ko'r ko'rni topar, suv - chuqurni.
  • Oy suluvi — nur, Soy suluvi — suv.
  • Birov suv topolmaydi ichgani, birov suv topolmaydi kechgani.
  • Suvni ming qaynatsa ham quyulmas.
  • Suv ichadigan qudug'ingga tupurma.
  • Suv ichganda, ariq qaziganni unutma.
  • Suvni ich, chashmani bulg'ama.
  • Yiroqdagi suv bilan chanqoqlik qonmas.
  • Suv ham qattiq yerda to'xtab turar.
  • Toshni siqqan bilan suv chiqmas.
  • Pismiq, telba farq qilar, tinch oqqan suv g'arq qilar.
  • Suvga suyanma, yovga sig'inma.
Do`stsiz najot
0
0
Suvsiz xayot bolmas
Suvsiz hayot bõlmas
@Anonim Suvsiz xayot bo‘lmas, Bilimsiz najot bo‘lmas
Meknatsiz rohat
Сув сиз хаёт булмас билимсиз нажод булмас
SALOM DOSTLAR
0
0
Suvsiz hayot bolmas mahlini davomi kerak
0
0
Gulsiz bog' bo'lmas
0
0

Без воды нет жизни

O'xshash savollar

0
0 ta javob 2.7K
anonim so'radi 29 Noyabr, 22 Fan va ta'lim
0
1 ta javob 3.9K
Райхона so'radi 02 Mart, 21 Fan va ta'lim
0
1 ta javob 2.1K
anonim so'radi 21 Oktyabr, 20 Fan va ta'lim
+2
24 ta javob 141K
...